Blackcurse
Mustahkamlash uchun savollar
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-MA’RUZA JINSIY KO’PAYISh SIТOLOGIYaSI. MEYOZ
- Jinsiy hujayralarning rivojlanishi
- Spermatogenez.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Mitozning mohiyati nimadan iborat? 2. Mitotik sikl nima? 3. Mitozning qanday xillari bor? 4. Amitoz nima?
1.
Mitoz 2.
Mitotik apparat 3.
Mitozga tayyorgarlik 4.
Interfaza xillari
5. Mitoz xillari
6. Endomitoz
7. Amitoz Adabiyotlar 1.
Yu.S. Chensov. Obhaya sitologiya M. izd. MGU 1984 2.
K. Svensov i dr. Kletka. M. izd. “Mir”1980Т. 3.
Boyqobilov v.d. Sitologiya. Тoshkent o’kituvchi 1980 4.
I. Sottiboyev v.b. O’simlik hujayrasi. Т.O’qituvchi 1991 yil
REJA
1. Jinsiy hujayraning rivojlanishi 1.1 Spermatogenez 53 1.2 Ovogenez 2. Meyoz
2.1 Yetilishining birinchi bo’linishi 2.2 Yetilishining ikkinchi bo’linishi 3. Meyozning biologik ahamiyati 4. Adabiyotlar 5. Тayanch iboralar.
Хayvon va o’simliklarning ko’payishi jinsiy bo’lishi mumkin, ya’ni u mutaxassislashagan jinsiy hujayralar: tuxum va spermatozoidlar tomonidan amalga oshiriladi yoki vegetativ yo’l bilan, ya’ni somatik hujayralar gruppasi tomonidan amalga oshadi. Jinsiy ko’payish yoki sitogoniya ko’p hujayrali xayvon va o’simliklarga ham, ko’pchilik sodda hayvonlarga ham xos. Birlamchi jinsiy hujayralarning somatik hujayralardan ajralishi, ko’pchilik hayvonlarda, odatda embrional taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida bo’ladi. Sung hujayralar jinsiy bezga yigiladi. Shunday qilib birlamchi jinsiy hujayralardan va somatik hujayralardan iborat - jinsiy bezning ko’rtagi - boshlangichi hosil bo’ladi. Ba’zi tuban hayvonlarda (bulo’tlar, kovak ichlilar) somatik hujayralar jinsiy hujayralarga aylanishi qobiliyatiga ega; umurtqalilarda bu topilgan emas. Jinsiy hujayralar jinsiy bezlarda rivojlanadi. Spermatozoidlar urug’donlarda, tuxum hujayralar esa tuxumdonlarda rivojlanadi.
Spermatozoidlarning rivojlanish sikli spermatogenez (sperma-urug’, genesis- rivojlanish, kelib chiqish) deb aytiladi. Spermatogenez birlamchi jinsiy hujayra spermato-geniydan boshlanadi va to’rt davrga bo’linadi: 1- ko’payish, 2- o’sish, 3- yetilish, 4- shakllanish yoki spermiogenezlarga bo’linadi. Spermatogoniylar xromatini yirik ancha intensiv bo’yalgan bo’lakchalar holida bir tekisda tarqalgan, nisbatan katta yadroli odatdagi hujayralardir. Ko’payish davrida spermatogoniylar mitotik yo’l bilan intensiv bo’linadi. Bu ularning mikdorini birmuncha ortishiga olib keladi. Spermatogoniylarning bo’linish soni turli hayvonlarda turlicha bo’ladi. Spermatogoniylarni qobiqlari yupqa va oson o’tkazuvchan bo’ladi va ular orqali kiruvchi ozik moddalar hujayralarning intensiv bo’linishi uchun energiya manbai bo’lib xizmat qiladi. Spermatogoniylarni ko’payishi urug’donni ko’payish zonasida bo’ladi. Bir qancha ketma-ket mitotik bo’linishlardan so’ng o’sish davri keladi, bu davrda jinsiy hujayralar bo’linmaydi. Shimiladigan ozik moddalar sitoplazma tomonidan assimlyatsiya qilinadi va hujayralarning intensiv o’sishiga sabab bo’ladi. Jinsiy xujaylar- birinchi tartib spermatotsitlar bo’lib qoladi. o’sish davrida ularning yadrosida turli o’zgarishlar ruy beradi; Bu o’zgarishlar urukdonning o’sish zonasida yuz beradi. Yetilish davri hujayraning 2 marta birin-ketin bo’linishi bilan harakterlanadi. 1 - bo’linishda hosil bo’lgan hujayralar 2 - tartib spermatotsitlar deb nomlanadi. Yetilishning 2
|
ma'muriyatiga murojaat qiling