Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
56 beradi. Yetilishni birinchi bo’linishi profazasi oltita stadiyaga bo’linadi: proleptonema, zigonema, paxinema, diplonema va diakinez.
Proleptonema stadiyasi mitozning ertaki profazasiga to’g’ri keladi. Хromosomalar xaddan tashqari ingichka bo’lib kiyinlik bilan farqlanadi. Ular orasida faqat jinsiy xromosomalargina yaxshiroq ajralib turadi.
Leptonema xromosomalar uzun va ingichka ip shaklida bo’lib, unda juda ko’p burtmalar- xromomeralar joylashadi. Хromosomalari soni kam bo’lgan hujayralarda iplarni sanash mumkin va ular diploid sonda (2n) bo’ladi. Leptonema xromosomalari ko’pincha qutblangan bo’lib, sentromerasi bilan bir tomonga yunalgan bo’ladi. Хromosomalarni bunday o’ziga xos joylashishi “buket” deb nom olgan.
Zigonema juft gomologik xromosomalarni konyugatsiyasidan- juftlashishdan boshlanadi. Ba’zan dastlab xromosomalarni qutbiy uchlari birikadi va karama-qarshi tomonlarga tarqaladi, boshqa hollarda esa, konyugatsiya xromosomani turli qismlarida bir vaqtda bo’ladi, (lokal konyugatsiya). Konyugatsiya juda annik va o’ziga xos amalga oshadi: gomologik xromosomalarni xar birining ma’lum qismlari ikkinchisining xuddi shu qismiga to’g’ri keladi, xattoki bir xromosomadagi xromomera ikkinchasidagiga to’g’ri keladi.
Paxinema stadiyasida xromosomalar konyugatsiyasi tugaydi. Ular qisqarib ancha yugon iplarni hosil qiladi. Maxsus metodlar orqali bu vaqtda har bir xromosomani juft strukturalar ekanini aniqlash mumkin. Shu stadiyaning taxminan o’rtasida, yadroda yarim sondagi xromosomalar bo’lgandek ko’rinadi, chunki har bir birlik tikasiga birikkan gomologik xromosomalardan tashkil topgan bivaleit yoki «holida» tetrada bo’ladi.
Gomologik xromosomalarning har biri uz sentromerasiga egaligi tufayli bivaleitda ikkita sentromera bo’ladi. Paximena stadiyasining o’rtasida har bir gomolog konyugatsiya tekisligiga perpendikulyar holda tikasiga yoriladi. Shunday qilib har bir bivaleit endi 4 tadan xromatidadan tashkil topadi. Har bir gomologik xromosomalarni xromatidalari kiz xromatidalar deb ataladi.
Хromosomalarni tikkasiga yorilishi bilan bir vaqtda ajralishi va gomologik xromatidalar ularni almashtirishi yuz berishi mumkin. Хromatidalarni qismlari joylarini almashtirib xromatidaning qolgan qismi bilan quyilishib ketadi. Bu protsessni chatishish yoki krossingover deb ataladi. Diplonema stadiyaisida tig’iz birikkan xromosomalar bir- birini itarishib tarqala boshlaydi. Ammo, bu bo’linish to’liq bo’lmaydi, chunki ular krossnigover yuz bergan nuqtada, ya’ni xiazmada o’zaro birikkan holda qoladi. Хiazma deyarli barcha o’simlik va hayvonlar hujayralarida topilgan. Har bir bivalentda kamida bitta xiazma hosil bo’ladi, ba’zilarida u ko’proq bo’lishi mumkin.
Diakinez stadiyasida xromosomalarning qisqarishi kuchayadi, shu bilan birga terminalizatsiya, ya’ni xiazmani sentromeradan xromosomaning uchlari tomon siljishi yuz beradi, bir vaqtni o’zida orliq xiazemalar soni kamayadi. Хromatidalar metofaza boshlanguncha terminal xiazmalar orqali birikkan holda kolaldi.
Prometofaza 1 da xromosomalarning spirallanishi maksimumga yetadi. Keyinchalik yadro qobig’i yuk bo’lib ketadi va Metofaza 1 ni boshlanishiga xromosomalar ekvatorga joylashadi. Bu stadiyada gomologik xromosomalar sentromeralari bilan karama-qarshi qutblarga qaragan holda joylashadi. Sentromeralar bir-biridan borgan sari uzoklashadi va xromosomalar ajralib ketishga tayyor holga keladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling