Blackcurse
Хromosomalarning spirallanishi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
5.
Хromosomalarning spirallanishi.
Хromosomalar ikki xilda: tashqi spirallanish (interfazada xromosoma, xromatid yoki poluxromatidlarning buralishi natijasida vujudga keladi) va ichki spirallanish (profaza va metofaza oralig’ida bo’ladi, ya’ni alohida yoki ikkita kiz xromatidlarning ichida) bo’ladi. Ichki spirallanish meyozda yaxshi kuzatiladi. Хromosomada katta va kichik spiral bo’lib, katta spiral ma’lum diametrga yetgach, kichik spiral paydo bula boshlaydi. Har ikkala spiral xromosomalari ikkilanishini vujudga keltiradi va uni ikkilangan spiral deyiladi. Profazadan boshlab xromosomalar kuchli spirallana boshlaydi. Metofazada kic hik spiralning spirallanishi tufayli spiralning diametri kattalashadi va yugonlashadi. Anafazada spiral strukturasi o’zgarmaydi, telefozada spiral bushashadi, despirallashadi va interfaza holiga o’tadi. Ikki yoki undan ko’proq xromosoma iplarining o’zaro buralishidan ikki tip spirallar hosil bo’ladi. Paranemik spirallanishda iplar biri ikkinchisiga kirib turgandek bo’lib, ular bir-birlaridan oson ajraladi. Plektonemik spirallanishda iplar soch urilishi kabi bo’ladi va ularning bir-birlaridan ajralishi kiyin bo’ladi. Хromosomalarda uzunasi buylab kora belbog’lar ya’ni disklar joylashadi. Disklar oralig’ida okish zonalar bo’ladi. Disklar doimo intensiv bo’yaladi. Ayrim ikki kanotli xashoratlar lichinkasining ma’lum rivojlanish davrida disklar yugonlashib, o’lchami kattalashadi, ularni pufflar yoki Balbiyani halqasi deyiladi. Pufflar bitta diskdan yoki yonidagi disklardan ham hosil bo’lishi mumkin. Ularning ba’zilari lampa cho’tkasi tipidagi xromosomalarga o’xshash bir qator halkalarni hosil qilib yon o’simtalar berishi mumkin. |
ma'muriyatiga murojaat qiling