Blits so’rov


Qaznoqlarni silliq barabanli volchokda ishlov berish uchun dastlab hо‘l qaznoqlarni


Download 162.24 Kb.
bet5/5
Sana11.03.2023
Hajmi162.24 Kb.
#1258972
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ochiq dars 2021 Pilla chuvish sexida hosil boladigan chiqindilar

Qaznoqlarni silliq barabanli volchokda ishlov berish uchun dastlab hо‘l qaznoqlarni 15 kg dan porsiya qilib teshik-teshikli uzunligi 1000 mm, eni 780 mm va balandligi 920 mm bо‘lgan alyumin qutichalarga solinib, bug‘lash kamerasiga joylanadi. Bug‘lash kamerasini 2 eshigi zich yopiladi.
Silliq barabanli volchokda g‘umbakdan tolalar quyidagicha ajratib olinadi: Qaznoq porsiyasi 500-550 g dan qilib baraban yuzasiga yaqinlashtiriladi. Bunda qaznoqdagi tolalar barabanga о‘raladi, g‘umbakni esa pichoq bilan ushlanib qoladi. G‘umbakni kо‘p qismi qaznoq qobig‘idan ajratiladi, stolga berilib, sо‘ng maxsus qutiga olib tashlanadi. 5-6 porsiya qaznoqga ishlov berilgandan sо‘ng baraban tо‘xtatiladi, о‘ralgan tola qatlami kesiladi va xolst kо‘rinishida olinadi (rasm).
rasm. Silliq yuzali volchok.
Hо‘l xolstni о‘rtacha massasi 500-600 g quruq bо‘lsa 150-200 g bо‘ladi. Silliq borabanli volchokdan olingan mahsulot, xolst birinchi о‘tim deyiladi. Undan tushgan chiqindi tolalar yana qayta ishlanib ikkinchi o’tim xolst olinadi. Qaznoqlarni potok liniyada ishlov berilishida quyidagi kamchiliklar bor: xolstlarni butun g‘umbaklar, shuningdek mayda bо‘lakchalari va qurt pо‘sti (mahsulot umumiy massasidan 15 % dan ortiq bо‘lmagan) katta iflosliklar mavjudligi.
Qisman buni qaznoqdagi ipakdorlikni kо‘pligi pillalarni yetarli darajada chuvalmasligi va pilla qobig‘ini chuvaluvchanligini kamligi sabab bо‘lishi bilan tushuntirish mumkin.
Chuvalmaydigan pillalar quyidagi sxema bо‘yicha ishlov beriladi:
- 80-900 C li sodali eritmada 8-10 soat davomida ivitiladi;
- yuviladi va sentrofugada siqiladi;
- qoziq tishli baraban volchogida ishlov beriladi;
- ikkinchi marta ignali garnitura bilan tortilib volchokda ishlov berish;
- xolstlarni quritish va joylash.
Chuvilmaydigan pillalardan olingan tola tarkibida 2-3 % yog‘, g‘umbak qoldiqlari bilan ifloslanganligi esa 10 % gacha bо‘lishi talab etiladi. Bu yerda shuni ta’kidlamoq kerakki, qoziq tishli barabanli volchokda tolalardan iflosliklarni tо‘liq ajratib bо‘lmaydi. Taxminan 2 dan 4 % gacha chiqindilarda tolalar qoladi. Tolalarni chiqindilardan ajratishda ularni qozonlarda qaynatib, keyin ignali baraban volchogida ishlov berib va jadal yuvish usulida bajariladi.
Xom ipak uzuqlarida 0,5 %dan kо‘p bо‘lmagan paxta ipi va 10 % dan kо‘p bо‘lmagan kalta xom ipak (100 mm uzunlikda bо‘lgan) qirqimlari, 50 kg dan kо‘p bо‘lmagan vaznda, 11 % dan kо‘p bо‘lmagan namlikda toylarga joylanadi. Toy о‘lchami: mm, uzunligi 850, eni 750.
Agarda ipak massasi pishirish va chuvish jarayonida taxminan 2,7-2,8 % seritsin va yog‘, mumli moddalar erish hisobiga bо‘lsa, va qolgan yо‘qolish qaznoqni yig‘ish vaqtida va qaznoqlar chuvalmagan pillalar va turli kо‘rinishdagi uzuqlar qayta ishlash paytida sodir bо‘ladi, shu bilan birga silliq volchokda ishlov berishdan keyin birinchi va ikkinchi о‘tim tolalar olingandan sо‘ng kelgan jigallanish ipak tolalar miqdori 2-4 foizga yaqin bо‘lishi mumkin. Bor imkoniyatlardan foydalanib, chiqindilarni yо‘qolishini kamaytirish va ipak miqdorini oshirish xalq xо‘jaligida ahamiyati katta.
Nazorat savollari
    • Tabiiy ipak chiqindilarini hosil bo‘lishi va tasnifi?
    • Saralash stolidan chiqadigan chiqindilarni qayta ishlash?
    • Nuqsonli pillalarni chiqish ulushlarini ayting?
    • G‘umbakdan sanoatda qanday foydalaniladi?
    • Chuvishga yaroqsiz bo‘lgan pillalardan qanday foydalaniladi?
    • Chuvishga yaroqsiz pillalarni qayta ishlash texnologiyasi to‘g‘risida ma’lumot bering?
    • Xolst olish texnologiyasi to‘g‘risida ma’lumot bering?

Download 162.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling