Blok sarlavhasi xesh-kodi – bu blokcheyn zanjiridagi oldingi blokni keyingisi bilan bog’laydigan narsadir. Ommaviy blokcheyn


Download 19.31 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi19.31 Kb.
#1096036
Bog'liq
Atamalar lug\'ati


Blokcheyn (ingl. blockchain – bloklar zanjiri) – ma’lum qoidalarga ko’ra tuzilgan uzluksiz ketma-ket, axborotdan iborat bloklar zanjiri (bir-biriga bog’langan ro’yxat).
Blok sarlavhasi xesh-kodi – bu blokcheyn zanjiridagi oldingi blokni keyingisi bilan bog’laydigan narsadir.
Ommaviy blokcheyn – ochiq, to’ldirib boriladigan ma’lumotlar bazasi. Blokcheynning bunday turi Bitcoin kriptovalyutasida ishlatiladi. Har bir ishtirokchi ma’lumotlarni yozib va o’qiy oladi.
Blokcheyn texnologiyasi asosi - markazsizlantirish va anonimlik emas, balki kriptografiyaning o’zidir.
Kriptografiyaning asosiy vazifasi – axborotni o’zgartirishlardan va uni saqlash hamda yuboruvchidan oluvchiga uzatish jarayonida sanksiyasiz kirishdan himoya qilishdir.
Kriptografik kalitlar – belgilarning muayyan qoidalar bo’yicha tartibga solingan tasodifiy ketma-ketligidir. Har bir kalit noyob bo’lib, belgilar ketma-ketligi hech qachon takrorlanmaydi. Kalit bitta foydalanuvchiga yoki foydalanuvchilar guruhiga qarashli bo’lishi mumkin.
Maxfiylik siyosati (konfidensiallik) – maxsus algoritmlar va shifrlash usullari (simmetrik va asimmetrik), abonentlarning o’zaro autentifikatsiyasi (parollar bilan almashish), raqamli sertifikatlar va imzolar, va hokazolardan foydalanish hisobiga erishiladi.
Uzatiladigan ma‟lumotlar yaxlitligi va haqiqiyligishifrlash orqali saqlanadi, elektron imzo bilan tasdiqlanadi.
Autentifikatsiya – tizimning faqat qonuniy ishtirokchilari o’rtasida aloqani o’rnatish, buzib kirishlardan himoya. Tizimga kirishga ruxsat olish uchun abonent tekshiruvdan o’tib, o’zining foydalanuvchi huquqlarini tasdiqlashi lozim.


Ma’lumotlarni shifrlash – shunday fundamentki, unda ma’lumotlarni himoya qilishning butun tizimi quriladi. SHifr – bu dastlabki ma’lumotning uni taqdim etishning boshqa shakliga o’zgarishidir, lekin barcha dastlabki ma’lumotlarni saqlagan holda. Shifrsizlantirish – dastlabki xabarni shifrlash kaliti yordamida tiklash.
Xesh-funksiya (ingl. hash – «aralashma‖) – muayyan algoritm bilan bajariladigan, ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma’lumotlari massivini belgilangan uzunlikdagi chiqish satriga o’zgartirishni amalga oshiradigan funksiya.
Hisoblash murakkabligi. Odatda elektron hujjat xeshi dastlabki hujjat hajmiga qaraganda ko’p marta kichik hajmda qilinadi, va xesh hisoblash algoritmlari elektron raqamli imzo algoritmlariga qaraganda ancha tezroqdir. SHu sababli xesh hujjatni shakllantirish va imzolash hujjatning o’zini imzolashdan ancha tezroq bo’ladi.
Moslik. Ko’p algoritmlar bit ma’lumotlar satrlari bilan faoliyat yuritadi, ammo ba’zilari boshqa taqdimotlarni ishlatadi. Xesh-funksiyani ixtiyoriy kirish matnini to’g’ri keladigan formatga o’zgartirish uchun qo’llash mumkin.
Yaxlitlik. Xesh-funksiyadan foydalanmasdan katta elektron hujjatni elektron raqamli imzo qo’llash uchun ancha kichik bloklarga bo’lish kerak. Hujjatning haqiqiyligini tekshirishda barcha bloklar olinganligi va ular to’g’ri tartibdaligini aniqlab bo’lmaydi.
CRC32 – aynan nazorat summalarini yaratish uchun qo’llaniladi. Ushbu funksiya kriptografik emas. Hosil bo’lgan xesh kerakli uzunligiga qarab, CRC dan keyingi raqam hoil bo’ladigan xesh uzunligini bitlarda bildiradi. Funksiya juda sodda bo’lib, uncha ko’p xotirani egallamaydi. SHu bois ma’lumotlar uzatishning turli protokollarida paketlar yaxlitligini tekshirish uchun qo’llaniladi.
MD5 – allaqachon kriptografik bo’lgan algoritmning eski, ammo hozirgacha juda mashhur versiyasi bo’lib, u 128 bit uzunlikdagi xeshni yaratadi. Uning kriptochidamliligi bugungi kunda uncha yuqori emas. SHunga qaramasdan, u baribir nazorat summaning yana bir varianti sifatida, masalan, tarmoqdan fayllarni yuklashda, qo’llaniladi.
SHA-1 – 160 bayt uzunlikdagi xesh-summani shakllantiradigan kriptografik funksiyadir. Saytning ma’lumotlar bazasida parollar xeshlarini saqlash uchun ham ishlatiladi.
HashTab – kompyuterdagi har qanday fayllar uchun xesh hisoblab chiqish.
Download 19.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling