Falastin qochoqlari
Falastin qochoqlariga yordam berish ishlarini 1949 yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam va Ishlarni tashkil etish bo`yicha Yaqin Sharq agentligi olib bormoqda. Bugungi kunda agentlik ro`yxatga olingan 3 milliondan ortiq falastin qochoqlariga sog`liqni saqlash, maorif, favqulodda yordam va ijtimoiy xizmat sohalarida asosiy ko`mak berib keladilar. 1993 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining Koordinatori - Birlashgan Millatlar Tashkiloti yo`li bilan G`azo va G`arbiy sohildagi Falastin aholisiga taraqqiyot sohasida beriladigan barcha yordamlar ustidan nazorat olib boradi.
Iroq bo`yicha Dastur Boshqarmasi
1966 yilda muvaqqat chora sifatida Bosh kotib Iroq bo`yicha Dastur Boshqarmasini ta`sis etgan edi. Iroq tomonidan Xavfsizlik Kengashining bu mamlakatga nisbatan sanksiya joriy etgan qator rezolyutsiyalari bajarilguniga qadar Boshqarma o`zining "neft o`rniga oziq-ovqat" dasturi asosida Iroq aholisining insonparvarlik talablarini qondirib turadi.
Taraqqiyot maqsadida BMT nimalar qilmoqda?
Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy vazifalaridan biri yanada yaxshiroq hayot tarzini, ish bilan to`liq bandlikni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va rivojlanish uchun sharoitlarni ta`minlashdan iboratdir. Bu vazifa ijrosi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining 70 foiz faoliyati mashg`uldir. Ushbu faoliyat asosida - qashshoqlikni bartaraf etish va hamma joyda insonlar farovonligi darajasini oshirish - butun dunyoda mustahkam tinchlikni ta`minlash sharoitini yaratish yo`lidagi zarur qadamlarga ishonch yotadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot ishini rag`batlantirish borasida noyob afzalliklarga ega. Uning faoliyat doirasi butun dunyoni qamrab oladi, keng ko`lamli mandati esa ijtimoiy, iqtisodiy va favqulodda ehtiyojlarni qondirishni ko`zda tutadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti allakimlarning tor doiradagi milliy yoki tadbirkorlik manfaatlarininggina ifodachisi emas. Muhim strategik qarorlarni tayyorlashda barcha mamlakatlar, boy va kambag`allar qatnashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |