Bmt tashkilotining asosiy vazifalari va maqsadlari. Bmttd inson taraqqiyoti bo'yicha yillik hisoboti


O‘zbekiston Inson kamoloti indeksida ikki pog‘ona yuqorilab, 106-o‘rinni egalladi


Download 93.67 Kb.
bet4/4
Sana01.12.2021
Hajmi93.67 Kb.
#178571
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi 2

O‘zbekistonda Inson kamoloti indeksi.

O‘zbekiston Inson kamoloti indeksida ikki pog‘ona yuqorilab, 106-o‘rinni egalladi


BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTD) “Keyingi chegara — inson kamoloti va antropotsen” deb nomlangan 2020-yilgi Inson kamoloti hisobotining navbatdagi nashrini taqdim etdi. Unda O‘zbekiston dunyoning 189 mamlakati ichida 0,720 indeks (maksimal indeks qiymati 1,000) bilan 106-o‘rinni egallab, 2019-yildagi natijalariga nisbatan ikki o‘ringa ko‘tarildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Inson kamoloti to‘g‘risidagi ushbu hisobot BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan 1990-yildan boshlab nashr etib kelinayotgan bo’lib, O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari 1993-yildan buyon qayd etib kelinmoqda. Hisobotning Inson kamoloti indeksi inson taraqqiyoti yo‘lida 3 ta asosiy omillar — uzoq va sog‘lom hayot kechirish, bilim olish va munosib turmush darajasi bo‘yicha e’lon qilinadigan statistik ma’lumotlar to‘plami hisoblanadi.

Indeks hisoboti bo‘yicha O‘zbekistonning natijalari quyidagicha:


  • aholining tug‘ilganda kutilayotgan umr ko'rish davomiyligini belgilaydigan umr ko‘rish davomiyligi indeksi 71,7 yilni tashkil etadi (+0,1 yil o‘sish);

  • ta’lim indeksining ta’limning o‘rtacha davomiyligi 11,8 yil (+0,3 yil ijobiy o‘zgarish) va kutilayotgan ta’lim davomiyligi 12,1 yilni (+0,09 yil ijobiy o‘zgarish) tashkil etgan;

  • xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha aholi jon boshiga YaMD miqdori 7142 dollarni tashkil etib o‘tgan yilga nisbatan 680 dollarga o‘sgan.

  • Ma’lumot uchun, Inson kamoloti indeksining 2020-yilgi hisobotida 2019-yil yakunlari tahlil qilinadi.

Qayd etilishicha, COVID-19 inqirozidan so‘ng, Inson kamoloti indeksining keyingi 2021-yilgi hisobotida aksariyat mamlakatlar natijalari keskin pasayish kuzatilmoqda. Pandemiyaga qarshi kurashish uchun qabul qilingan cheklovlarga qaramasdan, joriy yilning yanvar—sentabr oylarida mamlakatda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 0,4 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ko‘plab boshqa rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan ijobiy natija hisoblanib, yil yakuniga borib iqtisodiy o‘sish 1,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilning 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O'zbekiston uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) belgilab olingan. Farmonga asosan, 2030-yilga borib mamlakat ushbu indeksda 0,82 ga yetishi kutilmoqda.



O‘zbekiston Gallup indeksida hayotdan mamnun yashayotgan davlatlar qatoridan o‘rin oldi

Amerikaning jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi Gallup instituti 2020-yil uchun eng ijobiy fikrlovchi aholiga ega mamlakatlar reytingi — Global Emotions Report’ni e’lon qildi.

Institut 2019-yilda odamlarning yaxshi dam olgani, hayoti qiziqarli kechayotgani, jilmaygani yoki kulgani, o‘ziga hurmat bilan munosabatda bo‘lishayotgani yoki bo‘lmasa kuchli stress, g‘azab, tashvishni boshdan o‘tkazayotganini aniqlash maqsadida suhbat shaklida so‘rovnoma o‘tkazgan. Unda 140 dan ortiq mamlakatdan 175 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.

Tadqiqotchilarning aytishicha, dunyo miqyosida odamlarning o‘zini qanday his qilayotgani katta kuch bo‘lib, u millat taqdirini aks ettiradi. Har yili e’lon qilinuvchi Global Emotions Report Gallup’ning navbatdagi reytingida odamlar COVID-19 pandemiyasi davrida o‘zini qanday his qilganini ko‘rish mumkin.



Xaritada davlatlar rangi qanchalik to‘q yashilga moyilroq bo‘lsa, odamlar kayfiyati ijobiy ekanligini bildiradi. Aksincha, xaritadagi ranglar yashildan oqqa qarab o‘zgarishi aholi kayfiyatida ijobiy taassurotlar kamligini anglatadi.

Afg‘oniston, Livan, Litva, Turkiya, Nepal, Tunis, Efiopiya, Shimoliy Kipr hududi, Bangladesh, Yaman, Serbiya va Misr kabi davlatlar aholisi ijobiy taassurotlar bo‘yicha eng quyi o‘nlikda joylashgan. Panama, Salvador, Gvatemala, Paragvay, Kolumbiya, Indoneziya, Meksika, Nikaragua, Xitoy, Kosta-Rika, Daniya va Gonduras aholisi esa ijobiy taassurot indeksining Top-10 taligida joylashgan. Bundan tashqari, xaritada Kanada, AQSh, O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrika Respublikasi ham bir muncha to‘qroq rangda ko‘rsatilgan. Lotin Amerikasi davlatlari ushbu reytingda 2017, 2018, 2019-yilda ham yetakchilik qilgan. Markaziy Osiyodagi O‘zbekistonga qo‘shni davlatlarda, Afg‘onistondan tashqari, O‘zbekistonga nisbatan bir muncha pastroq natijalar qayd etilgan. Gallup hisobotda barcha davlatlar reytingini e’lon qilmagan, faqatgina eng yuqoridagi 10 ta va eng pastdagi 10 davlat nomlarini sanab o‘tgan. Bundan tashqari, ushbu hisobot hech qanday rasmiy maqomga ega emas va butun aholining kayfiyatini ifoda etmasligi mumkin. Avvalroq O‘zbekiston World Happiness Report 2020 reytingida 153 ta mamlakat orasida 38-o‘rinni egallab, 2019-yilgi ko‘rsatkichlardan uch pog‘ona yuqorilagani, Legatum jahon mamlakatlari farovonlik reytingida 100 talikdan o‘rin olgani ma’lum qilingan edi.



Eng yaxshi pensiya tizimiga ega davlatlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston undan o‘rin olmadi

Tahlilchilar eng yaxshi va yomon pensiya tizimiga ega mamlakatlar reytingini tuzdi, deb xabar bermoqda Forbes. Reyting Mercer va CFA Institute konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan bo‘lib, unda dunyoning 39 ta davlati o‘rin olgan. Reyting mezoni va natijalari Bloomberg tomonidan taqdim etilgan. Reytingning dastlabki ikki pog‘onasini bir necha yildan buyon yetakchilik mavqeyini saqlab kelayotgan Gollandiya va Daniya egalladi. Tahlilchilar ushbu ikki mamlakat hukumatlarini inqiroz paytida aholisi pensiya jamg‘armasidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaganini maqtovga loyiq deb topgan. Chunki bu pensiyaga chiqqanidan keyin ularning ahvolini yomonlashtirishi mumkin edi. O‘z navbatida, Avstraliya va Chili aholisiga o‘zlarining jamg‘armalaridan muddatidan oldin foydalanishga ruxsat berilgan. Mercer va CFA Institute ekspertlarining fikricha, “bu qisqa muddatda fuqarolarning moliyaviy ahvolini yaxshilashi mumkin, ammo kelajakda ularning jamg‘armasini xavf ostiga qo‘yadi” va “ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy oqibatlarga olib keladi”. AQSh pensiya tizimi reytingning 12-pog‘onasidan o‘rin olgan. Mualliflarning qayd etishicha, AQSh pensiya tizimi ijobiy jihatlar bilan birga bartaraf etilishi lozim bo‘lgan jiddiy xavf va kamchiliklarga ham ega. Tadqiqotchilar mamlakat rasmiylariga kam ta’minlangan nafaqaxo‘rlarga pensiya miqdorini oshirishni va ijtimoiy ta’minot uchun mablag‘larni ko‘paytirishni tavsiya qilgan. Yaponiya pensiya tizimi “bartaraf etilishi kerak bo‘lgan jiddiy kamchiliklar borligi tufayli 32-pog‘onadan o‘rin olgan. Tahlilchilar Yaponiya hukumatiga pensiya yoshini oshirishni maslahat bergan, chunki mamlakatda umr ko‘rish davomiyligi oshib bormoqda. Reytingning oxirgi o‘rinlaridan joy olgan Tailand va Argentinaga esa mutaxassislar aholining kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishni va xususiy pensiya jamg‘armalarini boshqarishni takomillashtirishni tavsiya etgan. Tahlilchilarning qayd etishicha, koronavirus pandemiyasi sharoitida mamlakatlarning yarmidan ko‘pi o‘tgan yilga qaraganda salbiy natija qayd etgan. Jahon tanazzuli aksariyat davlatlarda pensiya to‘lovlari va investitsiyalardan tushadigan foydaning kamayishi hamda davlat qarzlarining ko‘payishiga olib keldi. “Bu pensiyalar kelajagiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ayrim kishilarning yana bir necha yil uzoqroq ishlashiga to‘g‘ri kelishini, boshqalarga esa pensiyaga chiqqanidan so‘ng pastroq darajadagi hayot tarziga ko‘nikib yashashga to‘g‘ri kelishini anglatadi”, — degan reyting muallifidan biri bo‘lgan Devid Noks. “Biz haqiqatdan ham borgan sari faqat o‘zimizga tayanishimiz kerak bo‘ladi”, — deb qo‘shimcha qilgan u. Ushbu reytingda O‘zbekiston, umuman olganda, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridagi pensiya tizimi ko‘rib chiqilmagan.
Download 93.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling