Bob. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari
Download 0.86 Mb.
|
II BOB BO’YICHA XULOSABo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kampetentligini shakllantirish – bu ijodiy rivojlanish, pedagog atrofda o’zgarishlarga tez moslasha olish va boshqarish, tez kirishish qobiliyati, jarayonning ijtimoiy – iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishi pedagogning kasbiy darajasiga bog’liq. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirishda pedagogik hamda texnik–texnologik muammoli vaziyatni pedagogik jarayonni hosil qilishga imkon beruvchi, sharoitlarning to’plami sifatida qayd etiladi. Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o’quv fanlari darajasida tayanch kompetentlik aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan tayanch kompetentlik: yaxlit – mazmunli, ijtimoiy – madaniy, o’quv – bilish, axborot olish, takomillashtirish turlaria bo’linadi. Topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalarda sababiy - tashkiliy (o’quv faoliyatani mustaqil tashkil etishning qadriyatli yo’nalishlari, bilim, malaka va ko’nikmalari), mazmunli-protsessual (o’quv faoliyatining mohiyatini bilish va bu faoliyat muvaffaqiyatli bo’lishini belgalovchi shaxsiy sifatlarni rivojlantirish) va tekshirish-baholash (mustaqil bilim olishda zarur sanalgan shaxs sifatlarni o’zi baholash) kabi ko’nikmalarning shakllanishi mustakil bilim olish jarayonida majmuaviy ravishda shakllanib boradi. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy kompetentligini shakllantirishda axborot – metodik ta’minot muhim axamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalaridan masofaviy ta’lim tizimi hamda o’qitish vositalaridan samarali foydalanishi ta’lim sifati va samaradorligigi oshirishda bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda asosiy omillardan xisoblanadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling