Bob. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari


Download 0.86 Mb.
bet23/39
Sana08.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1254183
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Kirish bosqichi - (2012 yil) tadqiqotning dolzarbligi, muammoliligi, mavzusi aniqlandi, mavzuga asosnoma-reja tuzildi, tajriba-sinov dasturi ishlab chiqildi, tajriba-sinov ob’ekti va maydonlari belgilab olindi;
O’rganuvchi-tasdiqlovchi (dastlabki) bosqich - Oliy ta’lim
muassasalarida bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilari bilan harbiy ta’lim fanlarini o’qitishda an’anaviy o’qitish usulidan foydalanganligi aniqlandi, Oliy ta’lim muassasalarida YOCHQBT metodikasi fanini o’qitish bo’yicha uslubiy tavsiyanomalar, me’yoriy hujjatlar, o’quv uslubiy majmualarga bo’lgan ehtiyoji o’rganildi, YOCHQBT metodikasi fanini o’qitish orqali bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish muammolari, zaruriyati va o’ziga xos jihatlari o’rganildi, talabalar, o’qituvchilar va ishlab chiqarish ustalari uchun testlar va so’rovnomalar ishlab chiqildi, muhandis-pedagoglar, vasiylik kengashi mutaxassislari bilan suhbat va uchrashuvlar o’tkazildi.
Ta’limiy-shakllantiruvchi (asosiy) bosqichda – nazorat va tajriba-sinov guruhlarida o’qitishning pedagogik texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirish, tajribalar o’tkazishga kerakli material va vositalar tayyorlandi, tajriba-sinov va nazorat guruhlari va tajriba maydonlarida kuzatishlar o’tkazildi, tayyorlangan ishlanma sinovdan o’tkazildi, o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari yordamida mavzu mazmuni bo’yicha talabalar bilimlarini o’zlashtirish va ko’nikmalarining shakllanganlik darajalari aniqlandi;
Tajribaviy-umumlashtiruvchi (yakuniy) bosqich – olingan natijalar qayta ishlandi, umumlashtirish va xulosalash, materiallarni uslubiy tavsiyanomalar, maqolalar, ilmiy ma’ruzalar tarzida tayyorlash va chop ettirish amalga oshirildi.
Tajriba-sinov ishlari quyidagi metodlarga tayanilgan holda amalga oshirildi:

  1. Anketa so’rovi. Tajriba-sinov ishlarini yo’lga qo’yishda bu metoddan samarali foydalanish bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga xizmat qiladigan ob’ektiv va sub’ektiv omillari, ta’lim jarayonining imkoniyatlari haqidagi boshlang’ich va yakuniy ma’lumotlarni to’plashga xizmat qiladi. Tadqiqot davrida anketa so’rovnomasidan ochiq savollarning o’rin olishiga alohida e’tibor berildi. Buning sababi sinaluvchi-o’quvchilardan tadqiq etilayotgan muammoni ijobiy hal qilishga yordam beradigan zarur ma’lumotlarni imkon qadar ko’proq olishdir. Tajriba davrida anketa so’rovlari sinaluvchi-o’quvchilar o’rtasida ikki marta, ya’ni, asoslovchi va ta’kidlovchi tajriba vaqtida tashkil etildi.


  2. Download 0.86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling