Bob. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari


Download 0.86 Mb.
bet24/39
Sana08.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1254183
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Test so’rovi metodi. Test so’rovi metodi bir qator afzalliklarga ega. Shu sababli tajriba-sinov ishlarini olib borishda undan unumli foydalanishga e’tibor qaratildi. Metodni qo’llashda muammo mohiyatini to’la ochib berish va asosiy maqsadga erishishga xizmat qiladigan savollarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Testlar asosan bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini oshirishga oid maxsus dasturdan o’rin olgan mashg’ulot va tadbirlarni o’tkazish oldidan hamda ularning yakunida tashkil etildi. Buning natijasida tajriba-sinov ishlari davrida qo’lga kiritilgan ma’lumotlarning yanada ishonchli va asosli bo’lishi ta’minlandi.

  • Matematik-statistik metod (Styudent metodi). Bizga yaxshi ma’lum, pedagogik yo’nalishda olib borilayotgan tadqiqot ishlarida matematik-statistik metod o’ziga xos o’rin tutadi. Chunki tadqiqot muammosi bo’yicha olib borilgan sinov ishlarining samaradorligi, tadqiqotning natijalanganligi haqidagi yakuniy xulosaga tajriba natijalari matematik-statistik jihatdan qayta ishlangandan so’ng kelinadi.

    Harbiy ta’lim kafedralarida YOCHQBT metodikasi fanini o’qitishda bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlik sifatlarini o’zida aks ettirgan o’qitishning samarali vositalaridan foydalanish yordamida talabalarning bilim va ko’nikmalarini samarali shakllantirish maqsadida YOCHQBT metodikasi fanidan tajriba-sinov ishlarini o’tkazishda, dastlab harbiy ta’lim kafedralarida tahsil olayotgan talabalar yangi pedagogik texnologiyalardan qanday foydalanilayotganligini bilish maqsadida ular bilan tadqiqot maqsadiga erishish uchun tajriba-sinov ishlarini tashkil etish jarayonida anketa-so’rovnoma, test so’rovi metodlari orqali mashg’ulotlar tashkil etildi va boshqa ta’lim shakllaridan foydalanildi.
    Tadqiqot davrida bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosi bo’yicha tashkil etilgan tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli kechishi tajriba maydonlarida quyidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning mavjudligiga bog’liqligi aniqlandi:
    1. Sub’ektiv omillar:

    1. bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish masalasining zamonaviy sharoitda asosiy, muhim pedagogik vazifalardan biri sifatida e’tirof etilganligi;

    2. tadqiqot muammosi bo’yicha yo’lga qo’yiladigan tajriba-sinov ishlari uchun sinaluvchi sifatida tanlangan bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish ehtiyojiga ega ekanliklari;

    v) bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishda ta’lim muassasalarining ijtimoiy tashkilotlar bilan mustahkam aloqa o’rnata olganligi, shuningdek, shu mavzuda o’quv mashg’ulotlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ular bilan o’zaro hamkorlikda tashkil etishi;
    j) bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatning tizimli, uzluksiz va izchil amalga oshirilishi va hokazolar.
    2. Ob’ektiv omillar:

    1. bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga imkon beradigan pedagogik shart-sharoitlar (mavzuga doir maxsus adabiyotlarning etarli ekanligi, talabalarning ular bilan etarlicha ta’minlanganliklari, o’quv mashg’ulotlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ta’lim muassasalari, ijtimoiy tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik asosida tashkil etilayotganligi va boshqalar)ning mavjudligi;

    2. bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish bo’yicha ma’lumotlarni internetdan o’quv adabiyotlaridan foydalanishi.

    Tajriba sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi:
    Har bir bosqichning o’ziga hos maqsadi va vazifalari belgilab olindi.
    Birinchi bosqich asoslovchi tajriba jarayonida asosiy vazifa sifatida bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish va mustaxkamlash.
    Talabalarda «Kasbiy kompetentlik», «Kasbiy mahorat», «Kompetentsiya» kabi tushunchalarni mohiyatini anglaganlik darajasini aniqlash maqsadida ularga quyidagi anketa so’rovnomalari tavsiya etildi.

    Download 0.86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling