Bob. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari
Download 0.86 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rta daraja
Yuqori daraja – kasbiy kompetentlikni oshirish, fuqarolik burchi kabi tayanch tushunchalarning mohiyatini chuqur anglaydilar, kasbiy kompetentligi tushunchasi uning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligi hamda yuksak darajadagi mahoratga ega bo’lishligi bu yo’lda amaliy harakatlarni tashkil eta bilishligi va unga to’la rioya eta oladilar.
O’rta daraja – kasbiy kompetentlikni oshirish, fuqarolik burchi kabi tayanch tushunchalarning mohiyatini etarlicha anglaydilar, kasbiy kompetentlikni oshirish davr talabi ekanligini tushunsalar-da, biroq, ushbu sifatlarni o’zlarida shakllantirish ehtiyojini doim ham namoyon etavermaydilar. Qolaversa, o’zlarida kasbiy mahoratni shakllantirish yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Quyi daraja – kasbiy kompetentlikni oshirish, fuqarolik burchi kabi tayanch tushunchalarning mohiyatini deyarli anglamaydilar, kasbiy mahorat davr talabi ekanligini tushunsalar-da, biroq, ushbu sifatlarni o’zlarida shakllantirish ehtiyojiga ega emaslar, shuningdek, o’zlarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etmaydilar. Shunday qilib, Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosi bo’yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi ta’minlandi. Unga ko’ra tajriba guruhlariga biriktirilgan sinaluvchi-talabalarda kasbiy kompetentlikni nazorat guruhlaridagi tengdoshlaridan farqli ravishda sezilarli darajada shakllantirishga erishildi. III BOB BO’YICHA XULOSABo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish omillari muammosi bo’yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi quyidagicha belgilandi: 1.Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish omillari bilan bog’liq nazariy va amaliy tadqiqot natijasida «Kasbiy kompetentlik» tushunchasi mazmuni va uni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlari aniqlandi, bu muammoni harbiy pedagogik tayyorgarlikka nisbatan qo’llash shart-sharoitlari belgilandi. 2.Bizning nazariy qarashlarimiz asosida harbiy pedagogika fanining metodik ta’minoti shartlari aniqlandi va bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish imkoniyatlari belgilandi. 3.Tarbiya nazariyasi va amaliyoti taxlili shuni ko’rsatdiki, bo’lajak harbiy rahbarlarni tayyorlashning ayrim bosqichlarida maxorat, bilimni egallashda ijodiy xususiyat hosil bo’ladi. Bu xususiyatlarning har biri aloxida farqlanuvchi belgilari, harbiy pedagogik rahbarlik strukturasi va shartlariga mos keluvchi tomonlariga ega bo’ladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling