Bob. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari
Download 0.86 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. BO’LAJAK HARBIY TA’LIM O’QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI
I BOB BO’YICHA XULOSARespublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim – tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo shu erda. O’qituvchi o’quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak”14.- deb ta’kidlaydi. Ushbu fikrlardan xulosa chiqargan holda bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda quyidagi bir qator ko’nikmalarga ega bo’lishi lozimligi belgilab olindi. Bo’lg’usi harbiy rahbarlar o’z faoliyati jarayonida ibrat, namuna ko’rsatish bilan yoshlarning harbiy faolligini, his-tuyg’usini, hatti-harakatini rivojlantirishi va ta’sir eta olishi muhimligi aniqlandi; Har bir mashg’ulot uchun material tanlash, uni murakkablashtirish va oldingi hamda keyingilari bilan aloqasini ta’minlashni nazarda tutish, mashg’ulot o’yin,mehnat topshiriqlari va shu kabilarni chaqiriqqacha bo’lgan yoshlarning yosh imkoniyatlari,ularni tarbiyalash va rivojlantirish istiqbollarini hisobga olish tizimi aniqlandi; Harbiy pedagogik jarayonni harbiy rahbarlar jamoasi va alohida chaqiriqqacha bo’lgan yoshlar bilan ishlashni qamrab olib, ta’limiy-tarbiyaviy vositalar majmuidan foydalangan holda rejalashtirildi; O’z ish o’rnini tashkil etish, zarur qo’llanma va hujjatlarni tayyorlash, ularni berilgan talablar asosida yuritishi belgilab berildi. II BOB. BO’LAJAK HARBIY TA’LIM O’QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI1. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilari kasbiy kompetentligini shakllantirish tizimini amalga oshirish shakllariTayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko’nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan ular quyidagi kompetentlik turlariga bulinadi: 1. Yaxlit-mazmunli kompetentlik. Bu talabaning qadriyatli yo’nalishlari bilan bog’liq, uning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunish qobiliyati, mustaqil hayot yo’lini topa olishi, o’zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o’rnini anglab etishi, harakatlarni tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish malakasi, dunyoqarashi bilan bog’liq kompetentlik, u talaba uchun o’quv va boshqa vaziyatlarda o’zini aniqlash mexanizmini ta’minlaydi. Talabaning individual ta’lim yo’nalishi va uning hayotiy faoliyatining umumiy dasturi ana shu kompetentlikka bog’liq. 2.Ijtimoiy-madaniy kompetentlik. Talaba chuqur o’zlashtirishi zarur bo’lgan bilim va faoliyat tajribasining doirasi bo’lib, milliy va umuminsoniy madaniyatlar xususiyatlari, inson va insoniyat hayotining ma’naviy-axloqiy asoslari, oilaviy va ijtimoiy an’analarning madaniy asoslari, inson hayotida fan va dinning roli, ularning moddiy borliqqa ta’siri, turmush va dam olish borasidagi bilimlar, masalan, bo’sh vaqtni samarali tashkil etish usullarini bilishi. 3.O’quv-bilish kompetentligi, bu talabaning o’rganilayotgan aniq ob’ektlar bilan bog’liq mantiqiy, metodologik va ijtimoiy faoliyati elementlaridan iborat bo’lgan mustaqil fikrlash kompetentliklarining to’plami bo’lib, unga maqsadni ko’ra bilish, faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini tahlil qilish, refleksiya, faoliyatga shaxsiy baho berish borasidagi bilim va malakalari kiradi. O’rganilayotgan ob’ektlarga nisbatan talabalarni kreativ ko’nikmalari, ya’ni bilimlarni bevosita borliqdan olish, nostandart vaziyatlarda muammoni hal etishning harakat usullari va evristik metodlarini egallaydi. 4.Axborot olish kompetentligi. Audio-video ko’rsatuv vositalari va axborot texnologiyalari yordamida mustaqil izlanish, tahlil qilish va zarur axborotlarni tanlab olish, ularni tahlil etish, o’zgartirish, saqlash va uzatish mahorati shakllantiriladi. Ushbu kompetentlik talabaning o’quv fanlari asoslarini muhim axborotlar asosida o’zlashtirishini ta’minlaydi. 5.Kommunikativ kompetentlik. Ta’lim oluvchilar bilan o’zaro munosabatlar, ularning usullari, muloqot jarayonida ustuvor o’rin tutuvchi tilni o’zlashtirish, guruhlarda ishlash ko’nikmalari, jamoada turli xil manaviy-marifiy tadbirlarni tashkil qilish va o’tkazishni bilishni o’z ichiga oladi. 6.Ijtimoiy-faoliyatli kompetentlik fuqarolik (fuqaro, kuzatuvchi, saylovchi, vakil vazifasini bajaruvchi), ijtimoiy-mehnat sohasi (iste’molchi, xaridor, mijoz, ishlab chiqaruvchi huquqlari), oilaviy munosabatlar va majburiyatlar, iqtisod va huquq masalalari, kasbiy, shuningdek, shaxsiy mavqeini aniqlash borasidagi bilim va tajribalarni egallash(xususan, mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni tahlil qilish, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni ko’zlab, harakat qilish mahorati, mehnat hamda fuqarolik munosabatlarining odobini bilish)ni anglatadi. 7.Shaxsning o’z-o’zini takomillashtirish kompetentligi ma’naviy, motivatsion, intellektual va amaliy jihatdan o’z-o’zini rivojlantirish, irodaviy va xissiy jihatdan o’z-o’zini boshqara olish qaratilgan. Talaba shaxsiy manfaatlari va imkoniyatlariga ko’ra faoliyat usullarini egallaydi, bu unga o’zida zamonaviy mutaxassisga xos bo’lgan shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirish, texnik tafakkurini, madaniyati va hulqini shakllantirishga yordam beradi. Kasbiy kampetentning rivojlanishi – bu ijodiy rivojlanish, pedagog atrofda o’zgarishlarga tez moslasha olish va boshqarish, tez kirishish qobiliyati, jarayonning ijtimoiy – iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishi pedagogning kasbiy darajasiga bog’liq. Ma’lumotlarning zamonaviy tizimida bo’lgan o’zgarishlar, o’qituvchining malaka oshirishga va o’zining kasbiy kobiliyatlarini oshirishga majbur qiladi, bu degani o’zining kasbiy kompetentini oshirishiga majburligidir. Zamonaviy ma’lumotning asosiy maqsadi jamiyatning, davlatning, shaxsning zamonaviy tarbiyalarga mos bo’lishi, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash. Harbiy ta’lim o’qituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirishda pedagogik hamda texnik–texnologik muammoli vaziyatni pedagogik jarayonni hosil qilishga imkon beruvchi, sharoitlarning to’plami sifatida qayd etiladi. Pedagogik sharoitlar mazkur jarayonni yuzaga keltiribgina qolmay, balki uning mavjud holatini ham belgilaydi. Harbiy ta’lim o’qituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirish bosqichma-bosqich, pedagogik turkum fanlarining integratsiyasi, ya’ni didaktik sintezni va fanlararo aloqadorlik darajasida faoliyatida pedagogik hamda muammoli - vaziyatli topshiriqlarni echish orqali amalga oshiriladi. Harbiy ta’lim o’qituvchisi darsga tayyorlanayotganda har xil metod va usullarni qo’llab yangi materialni qanday bayon qilishni o’ylaydi. U o’quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tajribasi, jismoniy rivojlanishi va mehnat unumdorligiga ta’sir qiladigan boshqa faktorlarni hisobga olgan holda ish ob’ektlarini tanlaydi. Ma’lumki, hozirgi zamon ishlab chiqarishi juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. harbiy qurollar, texnologik protsesslar uzluksiz takomillashib bormoqda. Bu ma’lum darajada harbiy ta’limda o’z aksini topishi kerak. Demak, bo’lajak o’qituvchilar fan va texnika soxasidagi taraqqiyotni uzluksiz kuzatib borishi, ulardan ta’lim oluvchilarni tushunarli shaklda xabardor qilib turishi va o’z mahorati ustida ishlashi kerak. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining ta’lim va tarbiya berishida, mahorat turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ta’lim berish mahorati; ta’limning zamonaviy usullarini qo’llay olish mahorati; tarbiyalay olish mahorati; inson omilini ta’minlovchi fazilati; bilimlarni holisona baholash va nazorat qila olish mahorati; harbiy ta’lim o’qituvchisi pedagogik faoliyatini nazorat qilishda quyidagi jihatlarga: ta’lim – tarbiya ishining aniq maqsadga yo’naltirilganligini, ilmiy jihatdan asoslanganligini hamda uning mazmunini to’g’ri tanlanganligini aniqlash; mehnat va kasbiy faoliyatning natijasi sifatini aniqlash, rivojlanish bosqichlari, taraqqiyot darajasini belgilash hamda istiqboldagi yo’nalishlarini yoritish; Bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo’yiluvchi talablar nuqtai nazaridan kompetentlik talabalarning muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat usullari to’plamini maqsadga muvofiq qo’llash qobiliyatini anglatadi. Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o’quv fanlari darajasida tayanch kompetentlik aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan tayanch kompetentlik: yaxlit – mazmunli, ijtimoiy – madaniy, o’quv – bilish, axborot olish, kommunikativ, ijtimoiy faoliyatli, shaxsning o’z– o’zini takomillashtirish turlariga bo’linadi. Harbiy ta’lim o’qituvchisining kasbiy shakllanishi quyidagi tarzda namoyon bo’ladi: pedagogik tizim, jarayon va natija. Ijtimoiy qoidalar kasbiy shakllanish darajasini baholashda muhim asoslar sifatida aks etadi va ular, o’z navbatida, Davlat ta’lim standarti mazmunida qayd etiladi. Ta’lim tizimi faoliyatini baholashda uning samaradorligi hamda pedagogik tizim rivoji bilan bog’liq asosiy ko’rsatkichlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Aynan ana shu ko’rsatkichlar o’qituvchining kasbiy shakllanish darajasini baholash mantiqini asoslab beradi. Ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlarning harbiy ta’lim o’qituvchilarini kasbiy shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlariga ega ekanligi barchaga ma’lum. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning ko’proq pedagogik ongning nazariy darajasini rivojlantirishga yo’naltirilganligi aksariyat hollarda ko’pincha, talabalarning bilimlari og’zaki xususiyatga ega bo’lishiga olib keladi.Harbiy ta’lim o’qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda mustaqil ta’lim jarayonini tashkil qilish muhim o’rin tutadi. Talabaning mustaqil ishi uning auditoriyada va undan tashqarida, o’qituvchi rahbarligida yoki o’qituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil ish majmuini anglatadi. Mustaqil ish qanday sharoitlarda amalga oshiriladi: 1.Bevosita auditoriyada - ma’ruza amaliy mashg’ulot, yoki seminar ishlari bo’iicha vazifalar berish jarayonida; 2.O’qituvchi bilan dars jadvalidan tashqari paytlardagi bevosita muloqot chog’ida maslahatlar berishda, ijodiy muloqotlar jarayonida, yakka topshiriq bajarishda va boshqalar. 3.Axborot resurs markazida, uyda, talabalar uylarida, kafedralarda talaba tomonidan o’quv yoki ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida. Mustaqil ish bo’yicha test savollari, topshiriqlar va mashqlar ustida ishlash asosan mustaqil bajariladi. Bu ish natijalari esa auditoriyada (amaliy va laboratoriya) mashg’ulotlarida o’qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va baholanadi. Topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalarda sababiy - tashkiliy (o’quv faoliyatani mustaqil tashkil etishning qadriyatli yo’nalishlari, bilim, malaka va ko’nikmalari), mazmunli-protsessual (o’quv faoliyatining mohiyatini bilish va bu faoliyat muvaffaqiyatli bo’lishini belgalovchi shaxsiy sifatlarni rivojlantirish) va tekshirish-baholash (mustaqil bilim olishgda zarur sanalgan shaxs sifatlarini o’zi baholash) kabi ko’nikmalarning shakllanishi mustaqil bilim olish jarayonida majmuaviy ravishda shakllanib boradi. Mustaqil bilim olishga tayyorgarlikning tashkiliy asoslari: pedagogik- psixologik, texnik - texnologik tushunchalar hisoblanadi. Pedagogik-psixologik va texnik-texnologik tushuncha (kategoriya)lar sababiy va tekshirish-baholash tarkibiy qismlarining rivojlanishiga faol ta’sir ko’rsatadilar. Demak, mustaqil bilim olishga tayerlash jarayonida talabalarda nazariy (tushunchali) fikrlash qobiliyatini rivojlantirish zarur. Mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari ta’lim jarayonining har bir bosqichida namoyon bo’lsada, harbiy ta’lim yo’nalishidagi talabalarning auditoriyadagi va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim olish jarayonlaridagi shakllarini ilmiy asoslashga harakat qildik. a) auditoriyada tashkil etiladigan mustaqil ta’lim shakllari: 1a-shakl - ma’ruza tinglash va bayon etilganlarni daftarga qayd etish; 2a-shakl –ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni bajarish; 3a-shakl - texnik modellashtirish va loyixalash. v) auditoriyadan tashqarida tashkil etiladigan mustaqil ta’lim shakllari: 1v-shakl - o’quv adabiyotlari bilan ishlash; 2v-shakl - nazorat ishlariga tayyorlanish; . – harbiy ta’lim fanlaridan ma’ruzani tinglash, uni daftarda qayd etish jarayonida ma’ruza manbalari varaqning bir tarafiga, ikkinchi tarafiga joy qoldirilgan holda yoziladi. Ikkinchi tarafiga esa talaba tomonidan chiqarilgan xulosalar, texnik echimlar, mulohazalar, ularda paydo bo’lgan savollar, savollarga javob variantlari, faktlar va xar xil belgilar qo’yishni tavsiya etiladi. Bu maqsadda ba’zan keng hoshiyalar qoldiriladi. Ma’ruza tinglash – intellektual faoliyatning murakkab turidir. Uning muvaffaqiyati birinchidan, umumiy «tinglay olish» bilan, ikkinchidan, daftarga yozib borish bilan bir vaqtda materialni o’zlashtirib borish bilan bog’liqdir. Ma’ruzani yozib olish – undagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratishga, ma’ruza jarayonida eshitilgan ma’lumotlarni o’ylab ko’rishga, o’qituvchi tomonidan izohlanayotgan material ketma-ketligini mantiqiy nuqtai-nazardan tushunishga yordam beradi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling