Bob. Boshlang’ich


Download 292,06 Kb.
bet4/12
Sana09.06.2023
Hajmi292,06 Kb.
#1466308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
6-masala. Yugurish bo`yicha musobaqada 5 ta o`quvchi: Ahmad, Botir, Vali, Salim va Davron ishtirok etdi. Musobaqalar natijasi haqida Muhlisa dugonasiga quyidagilarni aytdi: Vali marraga Ahmaddan keyin, lekin Salimdan oldin keldi. Botir Ahmaddan oldin keldi, lekin birinchi bolmadi. Bolalardan har biri qaysi o`rinlarni egallaganligini aniqlang?
Yechish. Masala modelini quramiz. Bu holda to`g`ri chiziq “vaqt chizig`i”ni ifodalaydi. O`quvchilar bilan bolalarni to`g`ri chiziqda ularning bosh harflari ko`rsatilgan nuqtalar bilan, hamda ulardan oldin kelganini to`g`ri chiziqda chaproqda, keyin kelganini esa o`ngroqda belgilashga kelishib olamiz.



  • Vali Salimdan oldin kelgan, demak V nuqta S nuqtadan chapda joylashadi.

  • Vali Ahmaddan keyin kelgan bo`lsa, u holda Ahmad Validan oldin kelgan bo`ladi, ya’ni

A nuqta V nuqtadan chapda joylashadi.

  • Botir Ahmaddan oldin kelgan, demak B nuqta A nuqtadan chapda joylashadi.

  • Davronni egallagan o`rnini aniqlaymiz, ya’ni D nuqtani

to`g`ri chiziqda belgilaymiz. Botir birinchi bo`lib kelmaganligi uchun D nuqta BA
, AV, VS kesmalarga tegishli emas. Demak Davron birinchi bo`lib kelgan, ya’ni D nuqta B nuqtadan chapda joylashadi. To`g`ri chiziqda nuqtalani joylashishidan bolalar quyidagi tartibda: Davron, Botir, Ahmad, Vali, Salim marraga yetib kelishganligini aniqlaymiz. To`plamlar o`rtasida o`zaro bir qiymatli moslikni o`rnatishga doir mantiqiy masalalarni yechish usullari
Ma’lumki X to`plamning har biri elementiga U to`plamning yagona elementi mos keltirilsa va U to`plamning har biri elementi X to`plamning faqat bitta elementiga mos kelsa X va U to`plamlar orasidagi moslik o`zaro bir qiymatli moslik deyiladi. Shuning uchun bu turdagi masalalarni yechish uchun to`plamlar elementlari o`rtasida talab etilgan moslikni to`g`ri o`rnatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Top’lamlar elementlari o`rtasida o`zaro bir qiymatli moslikni o`rnatishga doir vaziyatlarni xulosalar zanjirini qurish yo`li bilan, graflar yordamida yoki jadvallar tuzish yo`li bilan modellshtirish mumkin. Shuning uchun ham bu turdagi masalalarni:

  1. xulosalar zanjirini qurish yo`li bilan yechishda uning shartida berilgan bog`lanishlar alohida-alohida xulosalar shaklida ifodalanadi va har bir xulosa natijasi (oxirgidan tashqari) keyingi xulosani keltirib chiqarish uchun asos bo`ladi va h.k.

  2. graflar yordamida yechishda berilgan to`plamlar elementlarini nuqtalar bilan belgilanadi, ular o`rtasidagi moslik kesmalar bilan tutashtiriladi; agar to`plam elementlari orasida qaralayotgan moslik o`rinli bo`lmasa(inkori bo`lsa), shtrix chiziqlar bilan tutashtiriladi.

v) jadvallar tuzish yo`li bilan yechishning ta’limiy ahamiyati masala shartida berilgan bo`g`lanishlar va ulardan keltirib chiqariladigan xulosalar zanjirini qurish ko`rgazmali holda sistemalashtiriladi.

Download 292,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling