Bob. Boshlang’ich
Download 292.06 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika o‘qitish jarayonida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish
1-masala. Sinfda o`tkazilgan shashka musobaqasida Ahmad, Botir, Vali va Sohib ishtirok etdi. Ahmad birinchi o`rinni ham, oxirgi o`rinni ham egallamaganligi, Sohib ikkinchi o`rinni egallaganligi, Botir esa birinchi o`rinni egallamaganligi ma’lum bo`lsa, ishtirokchi bolalarning har biri qaysi o`rinni egallagan?
Yechish. a) Bu turdagi masalalarni yechishning dastlabki bosqichida o`quvchilarda xulosalar zanjirini qurish ko`nikmalarini tarkib toptirishning quyidagi uslubini qo`llash samaralidir: o`qituvchi tomonidan masala shartida berilgan bog`lanishlar alohida-alohida xulosalar zanjiri sifatida ifodalangan kartochkalar tuzilib, har bir o`quvchiga tarqatiladi va ular ochiq qoldirilgan joylarni to`ldiradilar. Masalan, yuqoridagi masalani yechishda o`qituvchi quyidagi mulohazalar zanjiri ko`rsatilgan kartochkalarni: “Ahmad birinchi o`rinni ham, oxirgi o`rinni ham egallamagan, demak, u 2- o`rinni, yoki 3- o`rinni egallashi mumkin. Sohib 2- o`rinni egallagan. U holda Ahmad 2- o`rinni egallagan. Botir birinchi o`rinni egallamagan bo`lsa, u holda u 2- o`rinni egallagan. Demak Vali 2-o`rinni egallagan” o`quvchilarga tarqatib, ochiq qoldirilgan joylar ular tomonidan to`ldirilgach doskada javoblarni muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Bu topshiriqlar o`quvchilarda masalalarni xulosalar zanjiri qurish yo`li bilan yechish ko`nikmalarini tarkib toptirishga ko`maklashadi, ularda mulohaza yuritishning faqat tarkibi ko`rsatilgan bo`lib, xulosalar esa o`quvchilar tomonidan mustaqil keltirib chiqariladi. 1.2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika o‘qitish jarayonida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishHozirgi paytda maktablarda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo‘yicha bilimlar berish bilan birga ularga o‘rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo‘lishini ta‘minlash, ularni qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Masalalar yechish matematika o‘qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Masalalar yechishning boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o‘zlashtirish jarayonida muhim rolni va o‘quvchilarni fikrlash qobilyatlarini o‘stiradi muhim ro‘l o‘ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so‘z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qo‘llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani echish bilan amalga oshadi. Arifmetik amallarning mazmunini amallar orasidagi bog‘lanishlarni amal komponentlari bilan natijalar orasidagi ochib berishda, har xil miqdorlar orasidagi bog‘lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi. Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur, bo‘ladigan bilimlar malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib odatda o‘z ichiga ayrim bilimlarni oladi. Bu bilimlarni qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Matematik masalalar sodda va murakkab masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan echilishi mumkin bo‘lgan masalalarga sodda masalalar deyiladi. Bir nechta sodda masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amallar yordamida echiladigan masalalarga murakkab masalalar deyiladi. Masalan: daraxt shoxida 6 ta qush bor edi. Ulardan 2 tasi uchib ketdi? Bu masalaga 2 ta teskari masala tuzish mumkin. 1)Daraxt shoxida bir nechta qush bor edi. 2 ta qush uchib ketgandan so‘ng daraxt shoxida 4 ta qush qoldi. Daraxt shoxida nechta qush qoldi? 2)Daraxt shoxida 6 ta qush qo‘nib turgan edi, bir nechta qush uchib ketgandan so‘ng 2 ta qush qoldi. Nechta qush uchib ketdi. Kechib o`tishga doir masalalarda daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga suzish vositasi (qayiq)dan foydalanib, o`tkazish ko`rilib, bunda muammo bu vositalarning yetishmasligi, ular ko`tara oladigan yuk massasi chegaralanganligi, passajirlar soni va ularning tarkibi bilan bog`liq bo`ladi. Bu turdagi masalalarni yechimini jadval ko`rinishida ifodalash maqsadga muvofiqdir. Bunda jadvalning o`rta ustuniga kechib o`tayotganlar, birinchi va oxirgi ustuniga kechuv davrida mos ravishda bir qirg`oqda hamda ikkinchi qirg`oqda qolganlar yoziladi. Jadvalni to`ldirishda quyidagilarga qat’iy rioya etish zarur: bitta satrda har bir kechib o`tuvchi yo markaziy ustunda, yoki birinchi ustunda, yoki oxirgi ustunda faqat bir marta yoziladi. Masalani yechish jarayonida o`quvchilar yo`l qo`yadigan asosiy xatoliklar ham shundan iborat bo`ladiki, ular kechib o`tuvchilardan birortasini yozishni esdan chiqaradilar yoki ikki marta yozib qo`yadilar. Bu turdagi masalalar ko`p hollarda bir nechta yechimga ega bo`ladi. Shuning uchun o`quvchilar bilan birgalikda ularning hech bo`lmaganda ikkitasini ko`rib o`tish, ularni taqqoslash va farqini ko`rsatish maqsadga muvofiqdir. Download 292.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling