Bob. Boshlang’ich


Download 292.06 Kb.
bet8/12
Sana09.06.2023
Hajmi292.06 Kb.
#1466308
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu: Mulohazalar.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:O’quvchilarga mulohazalar haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilar orasida do‘stona muhitni yaratish, bir-birlarini o‘zaro hurmat qilishga , tadbirkorlikka o`rgatish,mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: mustaqil fikrlash qobiliyatlarini,mulohazalarni to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini topa olish malakalarini rivojlantirish;

Tayanch kompetensiyalar:


TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;
TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Fanga oid kompetensiyalar:


FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish
Dars tipi: Yangi bilim beruvchi;
Darsning metodi: Guruhlarda ishlash, mustaqil ish, ko`rgazmali, ta’limiy o`yin ,, Detallardan model yarat”
Darsning jihozi: darslik, AKT slaydlar, tarqatmalar, test topshiriqlari , didaktik ko`rgazmalar;

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism:

Darsga hozirlik ko'rish. Darsning maqsadi aytib o'tiladi.
Bahor fasli , bahorda nishonlanadigan bayramlar haqida suhbat o`tkazish.O`quvchilardan onalar, Navro`z haqida she’rlar so`rash.

2021-yil qanday nomlanadi?


Shu sababli bugungi darsimizda 2 guruhga bo`linamiz.

  1. guruhimiz ,,Mohir dizaynerlar” --- Ko`ylaklar va yangi ko`rinishdagi liboslarni yaratish bo`yicha dizayner qizlar guruhi

  2. guruhimiz ,, Mohir mashinasozlar” --- Mashina detallarini ishlab chiqaruvchi mashinasozlar o`qil bolalar guruhi.

Dars davomida matematik topshiriqlarni yechish orqali yangi modellar yaratasizlar va korxonangiz iqtisodini boyitib , jahon bozoriga chiqishga harakat qilasizlar.
Har bir guruh nimani ixtiro qilmoqchi ekanligi so`raladi. O`quvchilar yangi model loyihalarini izohlab berishadi.

  1. Download 292.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling