BOB.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOSHQARUVINI DEMOKRATLASHTIRISHDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING TASHKILIY –HUQUQIY ASOSLARI.
Siyosiy partiyalarni davlat organlari faoliyatidagi ishtiroki
Hozirgi kunda mamlakatimizda siyosiy partiyalar davlat organlari shakl- lanishi, ayni paytda, faoliyati demokratlashishi jarayonida faol ishtirok etmoqda. Bunda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonuni, shuningdek, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilib, qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida(78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)»gi qonuni orqali joriy qilingan me’yorlarni hayotga izchil tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 98-moddasiga «O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi» degan qoida kiritildi. Demak, Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylov jarayonida qaysi siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari va ularda belgilangan maqsad va vazifalar saylovchilar tomonidan ko‘proq qo‘llab- quvvatlansa, quyi palatada eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya hukumat rahbari, ya’ni Bosh vazir nomzodini taklif etish orqali o‘z dasturlari ijrosini ta’minlash imkoniga ega bo‘ldi. Bu mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonida siyosiy partiyalar faoliyatining bevosita ta’siri kuchaytirilganligidan dalolatdir.
«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish
to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi ta’sir kuchi yanada ortishiga qulay sharoit yaratib berilganini ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |