Bob. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish tizimida siyosiy partiyalar faoliyatiga umumiy tavsif


SİYOSİY PARTİYALAR FAOLİYATİNİ TARTİBGA SOLUVCHİ XUQUQİY ASOSLAR


Download 122.22 Kb.
bet7/14
Sana16.06.2023
Hajmi122.22 Kb.
#1503706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
asi

SİYOSİY PARTİYALAR FAOLİYATİNİ TARTİBGA SOLUVCHİ XUQUQİY ASOSLAR

Bugungi kunda demokratik huquqiy davlatni siyosiy partiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatda siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular bevosita davlat faoliyatining ustuvorligi yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davomidagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi uchun huquqiy asos yaratilganini ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi hamda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonunlarning qabul qilinishi bunday siyosiy institutlarnin
rivojlanishiga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Tabiiyki, mamlakatdagi siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirishga doir islohotlar natijasida ularning jamiyatdagi o‘rni ancha oshdi. Siyosiy partiyalarning demokratik prinsiplar asosida faoliyat ko‘rsatishlarini ta'minlash maqsadida ularning qonunchilik asoslari yanada rivojlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy asoslari 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bo‘lsada, lekin unga qadar qabul qilingan “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi qonunlarning dastlabkisi hisoblanadi. 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan ushbu qonunning 1-moddasida “o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniylikni birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning hohish irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari ilmiy texnikaviy, ma’daniy – ma’rifiy, fizkultura-sport va boshqa ko‘ngilli birlashmalar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi”26 deb ko‘rsatib o‘tilgan.
Asosiy qonunimizda siyosiy partiyalar tashkiliy huquqiy asosining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, uning siyosiy partiyalar huquqiy maqomi belgilanishi bilan bir qatorda, fuqarolarning siyosiy partiyalarga uyushishi huquqlari ham belgilangan (34-modda)”.27
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan siyosiy partiyalar «jamoat birlashmalari» sifatida e’tirof etiladi. Bosh Qomusimizning 58- moddasi bilan esa davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari



26 O’zbekistonRespublikasi “Jamoatbirlashmalarito’g’risida”giQonuni.(O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2014 y., 50-son, 588-modda)
27 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent .: O’zbekiston, 2014y. 13 bet.
faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi Konstitutsiyaviy me’yor joriy qilingan.
Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi Konstitutsiyamizning 60-moddasida ifodasini topgan. Unga ko‘ra, siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydi va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadi. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning jami 13 ta moddasida partiyalarga doir qoidalar keltirilgan. Asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyada siyosiy partiyalarga doir bu qadar e’tibor respublikamizda siyosiy partiyalarni muhim konstitutsiyaviy institut ekanligidan dalolat beradi.
Siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli hamda ular faoliyatining bunday konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan mustahkamlanishi zamonaviy konstitutsiyaviy qonunchilikda quyidagi bir necha yondashuvlar mavjud ekanligini ko‘rsatadi:

Download 122.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling