Bob. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish tizimida siyosiy partiyalar faoliyatiga umumiy tavsif


O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik


Download 122.22 Kb.
bet5/14
Sana16.06.2023
Hajmi122.22 Kb.
#1503706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
asi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995 yil 18



20 Jumaev R. Davlat va jamiyat: demokratlashtirish yo’lida. – Toshkent: Sharq, 1998. – B. 37.
21O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 2014. – 2-3-son. – 64-modda.
fevralda o‘zining birinchi ta'sis Qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda uning dasturi va Ustavi qabul qilingan. Ta'sis qurultoyida avvalgi saylovlarda saylangan tashabbuskor guruhning 47 deputati ishtirok etib, ular “Adolat” sotsial – demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasini tashkil etdilar.
Partiyaning maqsadi inson mafaatlari eng oliy qadriyat ekanligini e'tirof etish bilan birga O‘zbekiston Respublikasida barcha millat va elatlarning umumiy manfaatiga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yetuk, demokratik tamoyillarga asoslangan, adolatli fuqarolik jamiyati qurishda faol ishtirok etishdan iborat. U ijtimoiy adolat, erkinlik, birdamlik g‘oyalarini ilgari suradi. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining g‘oyaviy negizini sotsial demokratiyaning quyidagi uchta asosiy tamoyili tashkil etadi. Bular siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolat tamoyillaridir.
Ushbu partiyadan Oliy Majlisga birinchi chaqiriqda 47 ta, ikkinchi chaqiriqda 11 ta deputatdan iborat fraksiya faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2004-2009 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 10 nafar deputatdan iborat fraksiya faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 20 nafar deputatdan iborat partiyaning fraksiyasi ro‘yxatga olingan.
Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri bu O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995 yil 3 iyunda birinchi ta'sis Qurultoyida tuzilgan.
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy an'analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat22.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” demokratik partiyasining umumiy maqsadlari uyg’unligi sababli 2008 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy masala O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy



22 O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining Dasturi. – Toshkent. 2014.
demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilib, ikkala partiyaning birlashishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Birlashgan partiya 2009 yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylovlar yakuniga ko‘ra ushbu partiyaning 31 ta deputatdan iborat fraksiyasi Qonunchilik palatasidan o’rin egallagan bo’lsa, 2104-yilda bo’lib o’tgan saylovlarda 36 ta o’rin egalladi.
O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining (O‘zLiDeP) Nizomi va dasturi uning 2003 yil 15 noyabrda bo‘lib o‘tgan Ta'sis Qurultoyida tasdiqlangan.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi mamlakatimizda tadbirkorligi, tashabbuskorligi, o‘z ishini tashkil qilish, g‘oya va loyihalarini amalga oshirish evaziga shaxsiy, oilaviy farovonlikka hamda umuman jamiyat farovonligiga intiluvchi barcha fuqarolarni birlashtiradi.
2004 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda partiya a'zolaridan 41 kishi deputat etib saylandi va parlamentda eng yirik fraksiyani tashkil etishga muvaffaq bo‘ldilar. 2009 yilgi saylov natijalariga ko‘ra Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 53 ta deputatdan iborat fraksiyaga ega bo’lgan bo’lsa 2014 yilgi saylovlarda ushbu partiya 52 ta deputatdan iborat fraksiyasini tuzishga muvaffaq bo’ldi.
Siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi va davlat boshqaruvidagi roli sekin asta ortib bormoqda. Va albatta uning huquqiy asosi ham ham qonunchilikda mustahkamlab borildi. Masalan: “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyaviy Qonunini23ni qabul qilinishi siyosiy partiyalarni davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini yanada kuchaytirishga, ularning funksiyalarini bajarishda samaradorligini oshirishga, jamiyat siyosiy hayotida fraksiyalarning faoliyatini ta'minlash, aholining manfaatlarini bevosita fraksiyalar orqali qonunchilik darajasiga ko‘tarishga hizmat qildi.
Ushbu qonunga tayangan holda davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning o‘rni va rolini quyidagi omillar orqali ko‘rsatish mumkin:

Download 122.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling