Bob. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish tizimida siyosiy partiyalar faoliyatiga umumiy tavsif


Download 122.22 Kb.
bet1/14
Sana16.06.2023
Hajmi122.22 Kb.
#1503706
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
asi


MUNDARIJA

KIRISH 3

  1. BOB. DAVLAT BOSHQARUVINI DEMOKRATLAShTIRISh TIZIMIDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATIGA UMUMIY TAVSIF.

    1. Siyosiy partiyalar va ularni davlat boshqaruvi tizimida tutgan o‘rni.

    2. Siyosiy partiyalar faoliyatini tartibga soluvchi xuquqiy asoslar..... .......

  1. BOB.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOSHQARUVINI DEMOKRATLASHTIRISHDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING TASHKILIY –HUQUQIY ASOSLARI.

    1. Siyosiy partiyalarni davlat organlarining faoliyatidagi ishtiroki 39

    2. O’zbekiston Respublikalasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini shakillantirish tizimida siyosiy partiyalarning o’rni 30

XULOSA 79
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 83

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi shundaki mamlakatimizda davlat boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida aholining turli qatlamlari manfaatlarini ifoda etishi lozim bo‘lgan ko‘ppartiyaviylik tizimi hamda keng tarmoqli jamoat tashkilotlarining vujudga kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat siyosiy partiyalarga katta mas'uliyat yuklaydi.
Ko‘ppartiyaviy tizimning qaror topishi va siyosiy partiyalarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy garovidir. Siyosiy partiyalarning demokratiyani rivojlantirishga bevosita ta'siri, avvalo, ularning jamoat birlashmasi sifatidagi tabiatidan kelib chiqadi, ya'ni siyosiy partiyalar xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishda, aholining muayyan qatlamiga oid ijtimoiy fikrni ifodalovchi yirik uyushma sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining boshqa sub'ektlaridan farqli o‘laroq, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda ishtirok etadi va uning saylab qo‘yiladigan organlaridan ko‘proq o‘rin egallash uchun kurashadi.
Shuningdek siyosiy partiyalar u yoki bu manfaatlarni ifoda etibgina qolmasdan, bu manfaatlarni shakllantirishda ham bevosita faol ishtirok etadi. Partiyalar fuqarolik jamiyatini davlat bilan uyg‘unlashtirib, murosasizliklarni yo’qotish yoki yumshatishni ta'minlaydi, qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyatlarining barqarorligini saqlashga o‘z hissasini qo‘shadi. Kuchli partiyalar davlatni kuchsizlantirmaydi, balki ular davlatni jamiyatning mahalliy organlari bilan mustahkam bog‘lab, siyosiy jarayonlarni nazorat qilishga yordamlashib, davlatni yanada kuchaytiradi.Aksincha partiyalarning kuchsizligi davlatning kuchsizligiga sabab bo’lishi mumkin.1

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisining “Bizning bosh
1Гаджиев К. С. Политическая наука. Учебное пособие. 2- изд . Москва, Междунар. отношсния, 1995, с. 143
— 145
maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” mavzusida qilgan ma'ruzalarida “kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” g‘oyasi bo‘yicha faoliyat yo‘nalishlarini belgilab berar ekanlar, siyosiy partiyalarning funksiyalarini quyidagicha ekanligini ko‘rsatib o‘tdilar: – jamiyatni demokratlashtirish uchun siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul qilishdagi roli va ta'sirini tubdan kuchaytirish zarur. Shu munosabat bilan partiyalar aholi o‘rtasida obro‘-e'tibor qozonish maqsadida izchil ish olib borishi, siyosiy tajriba orttirishi, siyosiy yetuklikka intilishi va eng muhimi, moliyaviy mustaqillikka erishish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va o‘zining doimiy saylovchilariga tayanishi uchun faol harakat qilishi kerak. Dasturi va yo‘nalishidan qat'iy nazar, shak-shubhasiz, barcha partiyalarimiz mana shunday yo‘lni bosib o‘tishi muhim ahamiyatga ega.2
Siyosiy partiyalar fuqarolarimizning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining xohish-irodasini ifoda etish, ularning markazda va joylarda davlat hokimiyatini shakllantirish masalalarida bevosita ishtirok etishini ta'minlash, fuqarolar tashabbuslarini shakllantirish, odamlarning ijtimoiy faolligini oshirish, turmushimizning ko‘pgina dolzarb muammolarini hal etishda muhim siyosiy kuch hisoblanadi.
Siyosiy partiyalarsiz mamlakatimizda vakillik demokratiyasini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki, aynan partiyalar yordamida fuqarolar o‘z vakillari orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshiradilar. O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi o‘z siyosiy irodasini o‘zi xohlagan siyosiy partiyaga a'zo bo‘lib, o‘sha partiya orqali ifoda etishi mumkin. Bunday erkinlik, o‘z navbatida, xalq siyosiy ongining o‘sishiga, mamlakatda har xil dunyoqarashga ega, o‘z vatanini istikloli va har tomonlama rivojlanishiga bor kuch-g‘ayratini sarflaydigan insonlarning ko‘payishiga olib keladi.
2 KarimovI. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlash tirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T.: «O’zbekiston”, 2005. b-40
Shuning uchun ham siyosiy partiyalar har doim o‘z faoliyatlarini jamiyat ehtiyojlari asosida qurishlari hamda davlat va jamiyat o‘rtasida haqiqiy ko‘prik vazifasini o‘tashlari lozim. Xususan Prezidentimiz I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida qilgan ma'ruzalarida ko‘rsatib o‘tganlaridek, – “hech shubhasiz, mening nazarimda, deputatlar korpusi, siyosiy partiyalar va nodavlat, nohukumat jamoat tashkilotlarining jamiyatda obro’-e'tibori ortib borishi, mavqei mustahkamlanishi bilan, ular davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining asosiy vositasiga aylanadi.”3
Jamoatchilik nazorati esa hamisha davlat boshqaruvini demokratlashtirishga hizmat qiladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda keng qamrovli demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va odil fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va ularni amalga oshirishda I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma'ruzasi dasturulamal bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
I.A.Karimov ma'ruzasida amalga oshirilgan islohotlar natijalari oltita ustuvor yo‘nalishlarga ajratilgan holda tahlil qilindi. Ana shu ustuvor yo‘nalishlarning “Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish” deb nomlangan birinchi ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifa va amaliy takliflar belgilab o’tilgan.

Ishining ob'ekti O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi,Oliy Majlis qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etishda siyosiy partiyalar ishtiroki, mamlakatniyanada demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish sharoitida parlament faoliyatini samarali tashkil etish bilan bog’liq mavjud ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tizimi bitiruv malakaviy ishining ob’ekti sanaladi.
3KarimovI. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlash tirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T.: «O’zbekiston”, 2005.b-41.

Download 122.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling