Bob. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish tizimida siyosiy partiyalar faoliyatiga umumiy tavsif


Download 122.22 Kb.
bet2/14
Sana16.06.2023
Hajmi122.22 Kb.
#1503706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
asi

İSHİNİNG PREDMETİ siyosiy partiyalarning davlat boshqaruvini demokratlashtirishdagi o’rni ya’ni davlat organlarining shakillanishi va faoliyat yuritishida ishtiroki va uning konstitutsiyaviy-huquqiy xususiyatlarini tavsiflovchi nazariy va huquqiy asoslar ushbu mavzuning predmetinitashkil etadi.
İSHİNİNG MAQSADİ–O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi jarayonini tadqiq etish va davlat boshqaruvida siyosiy partiyalarning tutgan o‘rnini tahlil etishdan iborat.

İSHİNİNG VAZİFALARİ:


  • Siyosiy partiyalarning tushunchasi, mazmuni va mohiyatini ochib berish.

  • O‘zbekiston Respublikasida ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarining huquqiy asoslarini tahlil qilish;

  • O’zbekistonda davlat boshqaruvini yangilash demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning o’rni va rolini tahlil qilish;

  • siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o’rni va ahamiyatni ochib berish;

  • davlat boshqaruvida siyosiy partiyalarning roli oshib borayotganligini o‘rganish;

  • siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun hujjatlari va ilmiy adabiyotlarni ko‘rib chiqib, tahlil qilish;

  • siyosiy partiyalar fraksiyalarining Qonunchilik palatasi organlarini shakllantirishda, qonunchilik jarayonida, nazorat-tahlil funksiyasini amalga oshirishda, Bosh vazirni tayinlashdagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish.

Birinchidan, biz bugun ochiq demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etayotgan bir paytda, tadqiqot ishimiz siyosiy partiyalarning davlat hokimyatidagi rolini mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroga yetkazishda muhim rol o’ynaydi. Ikkinchidan, «Siyosiy partiya»,
«ko’ppartiyaviylik», «muxolif partiya», «o’ng va so’l partiyalar», “ko`ppartiyaviylik madaniyati” kabi tushunchalar to’g’risidagi bilimlarimizni
yanada oshiradi; uchinchidan, huquqiy davlat qurishda siyosiy partiyalarning rolini anglab yetishda yordam beradi; to’rtinchidan, bugungi kunda O’zbekistonda mavjud siyosiy partiyalarning maqsadlarini bilib olishimizda katta ahamiyat kasb etadi; beshinchidan, jamiyatimizda ko’ppartiyaviylik madaniyatini shakllantirish, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish omili ekanligini ilg’ab olishda ta’sirchan ahamiyatga egadir.

Download 122.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling