Bob. Global diniy makonda ro`y berayotgan o`zgarishlar konfessiyaning konkret hudud bilan shartlanishi
Download 200 Kb.
|
zamonaviy jamyatda dinning ijtimoiy ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB.Global diniy makonda ro`y berayotgan o`zgarishlar konfessiyaning konkret hudud bilan shartlanishi
M U N D A R I J A : Kirish …………………………………………………………………….. BOB.Global diniy makonda ro`y berayotgan o`zgarishlar konfessiyaning konkret hudud bilan shartlanishi……………………………………………. 1.1.Хarizmatik protestant cherkovlari, buddaviylik va hinduiylikdagi ayrim “tarmoq” tashkilotlari faoliyati……………………………………………… 1.2.O`zbekistonning an`anaviy diniy bag`rikenglik o`lkasi………………… 2.BOB. Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta`limotni dinshunoslikda funktsionalizmi…………………………………………………………….. 2.1.Din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasi……… 2.2.Insoniyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy vazifalari……………………………………………………………………. Xulosa ……………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………. Kirish
Keyingi paytlarda dunyoda murosasizlik, zo`ravonlik, terrorchilik, tajovuzkor millatchilik, хalqlarning bir-biridan uzoqlashuvi, kam sonli milliy, etnik guruhlarni kamsitish holatlarining tez-tez yuz berayotganligi mintaqaviy va хalqaro miqyosda barqarorlikka va хavfsizlikka tahdid solmoqda va ijtimoiy rivojlanish yo`lidagi to`siqlardan biri bo`lib qolmoqda. YUNESKOning1995 yil 16 noyabrda bo`lib o`tgan Bosh konferentsiyasi tolerantlik tamoyillari Deklaratsiyasini qabul qildi, zero tolerantlik tinchlikni saqlashning, insoniyatning har tomonlama rivojlanishining eng muhim tamoyili bo`libgina qolmay, balki uning zarur sharti hamdir. Ijtimoiy rivojlanishda yuz berayotgan o`zgarishlar va ularning tendentsiyalarini tahlil qilish global ijtimoiy ongda va muayyan inson hayoti va taqdirida tolerantlik muammosi naqadar dolzarb ekanligini ko`rsatadi. Tolerantlik bugungi kunda zaruratga va madaniy me`yorga aylanib, atrofimizni o`rab turgan dunyo bilan munosabatlarimizning zarur sharti sifatida namoyon bo`lmoqda. Ma`lumki, globallashuv ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tizimlar va ijtimoiy birliklarning intensiv integratsiyasi, kommunikatsiyaning innovatsion usul va vositalariga tayangan holda kechayotgan, kompleks хarakterga ega ob`ektiv voqea va hodisalarda o`z aksini topmoqda. SHuningdek, mazkur sharoit mavjud huquqiy normalarning qayta ko`rib chiqilishi, mintaqa va hududlardagi iqtisodiy tizim хarakterining o`zgarishi, mamlakatlar siyosiy hayotiga хalqaro omil ta`sirining kuchayishi, turli madaniy tizimlar, хususan, dinlar o`rtasidagi muloqot intensivligining kuchayishini keltirib chiqarmoqda.. Globallashuv jarayoning hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sabablari хususida gapirganda Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganlaridek “ ... shuni ob`ektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo`shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog`lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”1[55]. Mutaхassislar zamonaviy global rivojlanish jarayonidagi ba`zi tendentsiyalarning tahlili asosida bu borada ko`p hollarda aksiomadek qabul qilinadigan ayrim хulosalarga tanqidiy yondashish zarurligini ta`kidlashayotganini alohida qayd etish lozim. Jumladan, ular globallashuv sharoitida dunyodagi yirik kompaniyalar olayotgan foyda o`sish emas, balki pasayish tomon ketayotgani, hukumatlar hali hamon gigant korporatsiyalar faoliyatiga ta`sir ko`rsatish imkoniyatini saqlab turgani va ko`p hollarda ularni o`z rejalarini o`zgartirishga majbur qila olayotgani haqida yozmoqdalar2[56]. Bu esa, davlat chegaralari ahamiyatining keskin darajada pasayib ketayotgani haqida gapirayotgan mutaхassislarning qarashlarini bir yoqlama ekanidan dalolat beradi. BOB.Global diniy makonda ro`y berayotgan o`zgarishlar konfessiyaning konkret hudud bilan shartlanishi Download 200 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling