Bob. Investitsiya


Download 497.38 Kb.
bet26/28
Sana06.05.2023
Hajmi497.38 Kb.
#1433297
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Investitsiya jarayonini moliyalashtirish manbalari 03 02 2023

Ikkinchi bob bo 'yicha qisqa xulosalar:

  • xorijiy kreditlarni mamlakat iqtisodiyotiga turli shakllarda jalb qilish mumkin. O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy kreditlar xorijiy banklarning kredit liniyalari shaklida kirib kelmoqda. Respublikamizda kredit liniyalari Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (ETTB), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB), Germaniyaning Rivojlanish kredit agentligi (KfW), Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) va xorijiy davlatlarning ko'plab banklari tomonidan ochilib, ularning asosiy maqsadi tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kichik biznes loyixalarini

moliyalashtirish uchun mablag'lar ajratishdir. Har bir kredit liniyasining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga qabul qilishi uchun asosiy mezonlar va shartlari mavjud;

  • 2018 yilda jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlar 2017 yilga nisbatan 2,7 martaga ortgan yoki 2016 yilga nisbatan 2 mlrd. AQSh dollari miqdorida ko'p xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan. Bu esa, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish nuqtai nazaridan ijobiy holat hisoblanib, mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhiti yaratilganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga mamlakatimizga (O'zbekistonning investitsiyaviy salohiyatidan kelib chiqib) xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish holatining sustligini ham ko'rsatadi, ya'ni 2018 yilda mamlakatimizga

  • jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlarning jami investitsiyalar tarkibidagi ulushi 21,2 foizni tashkil qilib, 2007 yilga nisbatan 3,2 f.p.ga pasaygan, bunday holat, o'z navbatida, xorijiy investitsiya va kreditlarni o'sish sur'atlarining jami investitsiyalarning o'sish sur'atlaridan ortda qolayotganligini va ichki investitsiyalarning faol rivojlanayotganligini tasdiqlaydi. Shuningdek, investitsiya loyihalarini iqtisodiy va moliyaviy tahlili va ularni baholash, loyihani moliyalashtirishni tashkil etish va amalga oshirish, investitsiya loyihasini monitoringini tashkil etish va kreditni foizlari bilan qaytarib olishda bir qator muammolar ham mavjud;

  • xorijiy banklarning kredit liniyalari korxonalarni moliyalashtirishning qo'shimcha

manbai bo'lish barobarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, amaliyotda zamonaviy menejmentni qo'llashga ham sharoit yaratadi. Mazkur kreditlar, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning ilg'or usullarini, import o'rnini bosuvchi va eksportga yo'naltirilgan tovarlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, tabiiy boyliklarni jadal o'zlashtirish, ishchi kuchi zich joylashgan hududlarda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga yo'naltiriladi;
mahalliy tijorat banklari orqali Xitoy taraqqiyot banki, Koreya eksport-import banki, Turkiya T.C. Ziraat Bankasi A.S. banki, FMO fondi (Gollandiya), Landes Bank Berlin (Germaniya) banki hamda "Kommertsbank" (Germaniya banki) kredit liniyalarini o'zlashtirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi taraqqiyotini ta'minlash etakchilik qilmoqda.

  • keyingi vaqtlarda xorijiy banklarning kredit liniyalari mablag'larini o'zlashtirish doirasida tijorat banklari faoliyatida investitsiyaviy loyihalar bilan ishlashning "loyihaviy moliyalashtirish" degan nom olgan yangi shakli tobora keng ommalashmoqda. Binobarin, kreditlash turli tarmoqlar bo'yicha amalga oshirilmoqda, qarz mablag'lari esa ham milliy valyutada, ham xorijiy valyutada taqdim etiladi. Bunda import asbob-uskunalari va texnologiyalari xaridlarini moliyalashtirish; ishlab chiqarishni kengaytirish (asosan engil va oziq-ovqat sanoati sohasida); ham qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tayyorlash va ularga birlamchi ishlov berish; asosiy vositalarni, shu jumladan, mashina va asbob-uskunalar, mehnat qurollari, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, furniturani xarid qilish; hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilikni tashkil etish; turizm, servis xizmati va aholiga maishiy xizmat ko'rsatish, ayniqsa, qishloq joylarda ularni rivojlantirish loyihalari amalga oshiriladi;

  • xorijiy banklarning kredit liniyalari mablag'lari hisobidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish - bu mamlakatdagi banklarning xorijiy banklardan mablag'larni jalb etish bilan bir paytning o'zida bu jarayonga oid barcha mas'uliyat va xavf-xatarlarni o'z zimmasiga olib, ularni milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlariga samarali joylashtirish va uni nazorat qilishdan, shuningdek mavjud qarzdorlikni o'z vaqtida qaytarish majburiyatlaridan iboratdir;

  • tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalari moliyalashtirilganda ba'zi bir xususiyatlar e'tiborga olinishi lozim. O'zbekistonda, odatda, bankdan so'raladigan kredit summasining miqdori qarz oluvchining xususiy mablag'lariga nisbatan ancha balanddir (ko'pincha qarz mablag'lari - 75%, xususiy mablag'lar -25%). Xuddi shu o'rinda, G'arb tajribasiga ko'ra, talab qilinayotgan investitsiyalarning hajmi xususiy kapitalning 10-20% ini tashkil etishi kerak. G'arb dunyosi uchun qarz oluvchini loyihani amalga oshirishda xususiy kapital ulushining balandroq bo'lishi odatiy holdir. Bizda esa, shunday holatlar bo'ladiki, qarz oluvchi investitsiya loyihalari uchun moliyalashtirish manbalarini so'rab,

  • bunda o'z mablag'larini yo'naltirishga umuman harakat ham qilmaydi. Shuning uchun investitsiya loyihalariga nisbatan "qattiq" (mahalliy qarz oluvchining nuqtai nazaridan qaraganda) talablarning qo'yilishi, umuman olganda, to'g'ri bo'lib chiqadi. Chunki kredit berish xavfining o'zi yuqori, investitsiya loyihalarining moliyalashtirish xavfi esa - yanada yuqoridir.




Download 497.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling