Bob. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli


-rasm. Xalqaro moliya munosabatlari va xalqaro qayta ishlab


Download 71.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.04.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1274370
1   2   3
Bog'liq
Xalqaro moliya

 
1.1-rasm. Xalqaro moliya munosabatlari va xalqaro qayta ishlab 
chiqarish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi 
Xalqaro moliya yaxlit tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadi va uning 
elementlariga quyidagilar kiradi: 
Xalqaro moliya 
munosabatlari 
Jahon iqtisodiyoti 
Jahon 
iqtisodiyotida 
kapital va 
investitsiyalar 
harakati 
Xalqaro savdo 
Jahon iqtisodiyoti 
Xalqaro savdo 
Jahon 
iqtisodiyotida 
kapital va 
investitsiyalar 
harakati 


10 
Jahon valyuta tizimi – milliy va zaxira valyutalar, xalqaro 
jamoaviy valyutalar, o‘zaro konvertirlash shartlari, valyuta pariteti, 
valyuta kursi, valyuta kurslarini tartibga solishning milliy va xalqaro 
mexanizmlaridan tashkil topgan. 
Xalqaro hisob-kitoblar – moliyaviy instrumentlar, ishlab chiqarish 
omillari, tovarlar harakati, shuningdek, xalqaro hisob-kitoblar bilan 
bog‘liq barcha operatsiyalarni aks ettiruvchi to‘lov balansiga xizmat 
qiladi. 
Xalqaro moliya bozorlari va muayyan moliyaviy instrumentlar 
savdosi mexenizmlari – valyuta, kredit, qimmatli qog‘ozlar. 
Xalqaro soliqqa tortish – pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish 
metodi sifatida. 
TMKlarning xalqaro moliyaviy menejmenti, bunda transmilliy 
moliyalashtirish, risklarni boshqarish, xalqaro investitsiyalash jarayoni 
asosiy o‘ringa chiqadi.
1.2. 
Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya 
munosabatlarining tutgan o‘rni 
Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar 
va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlik 
asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi.
Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori 
ishtirokchisi bo‘lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o‘ziga tegishli 
bo‘lgan 
xorijiy 
valyutalarning 
harakat 
jarayonini 
tavsiflovchi 
fundamental iqtisodiy kategoriyadir. 
1970- yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli o‘zgarishlar sodir 
bo‘ldi va mazkur o‘zgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon valyuta-moliya 
tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimidagi o‘zgarishlar va 
xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi ko‘p jihatdan trasmilliy 
korporatsiyalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular tomonidan butun 
dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish hamda 
barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan global strategiya 
amalga 
oshirildi. 
Shuningdek, 
xalqaro 
moliya 
munosabatlari 


11 
rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko‘p sonli xorijiy 
filiallarga ega bo‘lgan transmilliy banklar muhim rol o‘ynadi.
Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o‘zgarishi bilan 
bog‘liq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning 
oxirgi yo‘nalishi nafaqat xalqaro ayirboshlash sohasi, (mahsulotlar, 
xizmatlar va boshq.) balki ishlab chiqarish sohasi ham bo‘ldi. Bu holat, 
birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb etishni, shuningdek, 
moliya-kredit xizmatlari majmuasini rivojlantirishni talab etardi.
1970- yillarda xalqaro kreditni to‘lov balansining taqchilligini bevosita 
yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar. Xususiy 
firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat 
tashkilotlari va korxonalar hamda xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga 
keldi.
Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar to‘lov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro 
kapital bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining 
oshishi nafaqat yevrokreditlarning o‘sishi hisobiga, balki xorijiy 
kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga ham sodir bo‘ldi. Yaponiya 
milliy valyutasi “iyena” hisobiga xorijiy kreditlar bozori hajmining 
oshishi natijasida Tokioda iyenadagi xorijiy obligatsiyalar emissiyasi 
hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya iyenasi 
yevrovalyuta bozorida keng qo‘llanila boshlandi.
1970- yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator omillar 
ta’sir ko‘rsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va likvidligi oshib 
bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan 
kechirdi va neft narxining birdaniga keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. 
Mazkur holat natijasida neft eksport qiluvchi mamlakatlarda yirik 
valyuta ortiqchaligi, neft import qiluvchilarda esa, jumladan ko‘plab 
rivojlangan mamlakatlarda joriy hisoblar bo‘yicha taqchillik yuzaga 
keldi. Bu taqchillik asosan retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, 
yevroobligatsiyalar bozori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga 
qoplandi.
Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan boshqa muhim o‘zgarishlar ham 
xaqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan 


12 
sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu o‘zgarishlar jumlasiga, jahon va 
hududiy 
valyuta 
tizimlaridagi 
o‘zgarishlar, 
valyuta 
tizimi 
tamoyillarining 
o‘zgarishi, 
qarzdorlik 
inqirozlari, 
mamlakatlar 
tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzilishi, xalqaro va 
mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy 
korporatsiya va banklar faoliyatining kengayishi, jahonda ro‘y bergan 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin. 
Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moliyaviy 
muhitida birlashadi. 
Jahon moliyaviy muhiti – investorlar va korporatsiyalar moliyasi, 
banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir ko‘rsatadi 
hamda jahon moliya bozori o‘sishi sharoitini aniqlaydi. 
1.2-rasm. Xalqaro moliyaning tuzilmasi 
Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari sifatida quyidagilar 
ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro 
tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy 
banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro moliya munosabatlari turli 
mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida, davlat va 
boshqa mamlakatlar hukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o‘rtasida, 
davlat va korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari o‘rtasida yuzaga 
kelishi mumkin. 
Jahon valyuta tizimi 

Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling