Bob. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli


Download 71.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana05.04.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1274370
1   2   3
Bog'liq
Xalqaro moliya

 
Xalqaro moliya 
Xalqaro moliya 
bozorlari 
Xalqaro moliyaviy 
menejment 
Xalqaro soliqqa 
tortish 
Xalqaro hisob-
kitoblar 
Jahon moliyaviy muhiti 


13 
Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy 
subyekt hisoblanadi.
Markaziy banklar – bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solish organlari bo‘lib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul 
muomalasi, kredit va valyuta kursini tartibga solish, valyuta zaxiralarini 
saqlash vazifalari biriktirilgan. 
Xalqaro tashkilotlar – ular xalqaro shartnoma asosida tashkil 
etilgan bo‘lib, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organlarga ega bo‘lgan holda 
jahon 
xo‘jaligi 
birliklarining 
iqtisodiy, 
ijtimoiy 
rivojlanishiga 
yordamlashish vazifalarini bajaradi.
Xalqaro 
valyuta-kredit 
va 
moliya 
tashkilotlari 
– 
jahon 
iqtisodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va moliya-
kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo kelishuvlar 
asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlardir.
Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va 
transmilliy banklar kabi subyektlar faol rol o‘ynaydi. 
1.3. 
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya 
munosabatlarining roli va ahamiyati 
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya 
munosabatlarining rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. 
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo‘jaligining shakllanishi 
jarayonida alohida o‘rin tutadi. 
Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo‘jaligining 
tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya 
munosabatlarini jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan 
mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin.
Jahon xo‘jaligi – bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga 
bo‘ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o‘zaro bog‘liq milliy 
iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir. 
Jahon xo‘jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy 
iqtisodiyotlar holati muhim o‘rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar 
jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi.


14 
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan 
aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi 
ishtiroki 
muhim 
o‘rin 
tutadi. 
Mamlakatning 
xalqaro 
moliya 
munosabatlaridagi 
ishtirokining 
kuchayishida 
xalqaro 
moliya 
munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda tashkil 
etish bilan uzviy bog‘liqdir. 
Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti 
ikkita muhim tarkibiy qismni o‘ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro 
moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. 
Ma’lumki, mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro moliya munosabatlari 
muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro tashkilotlar 
tomonidan belgilangan me’yoriy normalar, davlatlararo darajadagi 
shartnoma va bitimlar, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro qabul qilingan 
kelishuvlarga amal qilinadi.
Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va 
ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, 
rezolyutsiya va konventsiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni 
rivojlantirishga 
qaratilgan 
yo‘l-yo‘riqlarni 
amalga 
oshirishni 
muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi. 
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo‘jaligi tizimida tez-tez 
takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir 
mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va subyektlari, alohida 
tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘z ichiga oladi. 
Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni 
o‘rganishni taqozo etadi: 
– xalqaro valyuta munosabatlari; 
– xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar; 
– xalqaro savdo munosabatlari; 
– investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati; 
– mamlakatlar to‘lov balanslarini boshqarish; 
– xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; 
– xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq. 
Xalqaro moliya munosabatlarining obyektiv asosini xalqaro 
mehnat taqsimoti va jahon xo‘jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar 


15 
tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi milliy iqtisodiyotlar 
yig‘indisidan iborat bo‘lgan global iqtisodiy tizim bo‘lib, bozor 
iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, 
ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda 
o‘zgarib boradi. 
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga 
ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon bo‘ladi: 
• Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi 
o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi: 
– mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish; 
ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning 
global bozorlarini barpo etish; 
– jahon xo‘jalik aloqalarining global infratuzilmasini yaratish; 
– xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning 
qoidalarini universallashtirish; 
– yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish 
tarmoqlarini vujudga keltirish. 
• Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil 
topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan 
holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi.
• Xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda 
faoliyat 
ko‘rsatayotgan 
moliya 
institutlarining 
jahon 
moliya 
bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi. 
• Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, 
milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o‘rin egallash uchun 
yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida 
vujudga keladi. 
• Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining ortib 
borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni 
kuchayishi, ya’ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga 
tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar faoliyatining rivojlanishi, ular 
tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali yuzaga keldi. 
• Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. 
Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik 


16 
darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya munosabatlarining 
ishtirokchilari uchun muayyan shart-sharoitlarning yaratilishi, xususan, 
xalqaro savdoda bojlarning pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb 
etishga qaratilgan qulay investitsiya muhitining yaratilishi hamda 
valyuta cheklovlarining bekor qilinishi kabi tadbirlar amalga oshirilishi 
muhim o‘rin tutadi. 
• Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me’yoriy-huquqiy 
bazasini qabul etilishi. 
• Mamlakatlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro 
jihatdan tartibga solish va nazorat qilish tizimini tashkil qilinishi. 
Alohida 
olingan 
milliy 
iqtisodiyotning 
xalqaro 
moliya 
munosabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan 
tavsiflash mumkin: 
– eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga 
nisbatan foizda hisoblanadi; 
– import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga 
nisbatan foizda hisoblanadi; 
– tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylanmasi 
hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi. 
Mazkur ko‘rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning xalqaro 
moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin. 
Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan o‘zgarishlar xalqaro moliya 
munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tendensiyalarini belgilab berdi: 
– xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama 
munosabatlardan ko‘p tomonlama munosabatlarga o‘tish; 
– jahon xo‘jaligida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; 
– xalqaro savdo munosabatlarining an’anaviy tovarlar savdosidan 
milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko‘rsatish 
vositasiga aylanib borishi; 
– kapital migratsiyasining globallashuvi; 
– hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada kengayishi 
va jadallashuvi. 
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida kapitalning xalqaro 
harakati, ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar shaklida u yoki 

Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling