bob. Kontseptsiya va tasniflash tarmoqlari Kompyuter tarmog'ining maqsadi
Download 64.25 Kb.
|
buvadan nilu (2) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qalamlar” mashqi
Guruhlarda ishlashni o‘rganamiz
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jahon ta'lim sohasiga kirib borishga mo‘ljallangan yangi ta'lim tizimining shakllanish jarayoni kechmoqda. Ushbu davr o‘quv-tarbiya jarayonining pedagogik nazariya va amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar bilan kechmoqda: o‘qitishning mazmuni o‘zgaryapti, bilim berish jarayoniga boshqa yondashuv taklif etilyapti, boshqacha munosabatlar va o‘zini tutish tamoyillari shakllanyapti. Bularning barchasini bizning davrimiz – XXI asr – yangi texnologiyalar va insonlar o‘rtasidagi yangicha munosabatlar asri taqozo etmoqda. Bog’ch va maktablar esa har qanday davrda jamiyatning ijtimoiy buyurtmasini bajarib kelgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg’ulotlarning o’tish jarayoni o‘ziga nafaqat murakkab bilimlar tizimini o‘zlashtirishni, ko‘pgina o‘quv va intellektual ko‘nikmalarni shakllantirishni, balki bilib olish jarayonlarini: e'tibor, xotira, fikrlash va qobiliyatni rivojlantirishni ham kiritadi. Va agar muvaffaqiyatli bilim berishning yakuniy natijasi sifatida bilim va ko‘nikmalarning o‘zini ko‘radigan bo‘lsak, natijada tarbiyachining har bir yangi, yanada yuqori bosqichida bola yangi materialni o‘zlashtirishda yanada katta qiyinchiliklarga duch keladi. Demak, bunday qiyinchiliklarning asosiy sababi bilib olish jarayonlarining o‘zi rivojlanmaganligidan iborat bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, bolalarning bilish qobiliyatlari muayyan rivojlanishi uchun tarbiyachiilar nima qilishlari, ishlashning qanday shakllarini qo‘llashlari, bolalarga qanday sharoitlarni yaratishlari kerak? Bola umumiy rivojlanishi uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratib beradigan bunday shakllardan biri hamkorlik qilish, boshqa odam bilan birgalikda harakat qilishni nazarda tutadi. Bu o‘quv hamkorligi sanalib, uning maqsadi bolalarni maktabga tayyorlash o‘zini bilishga o‘rgatishdan iboratdir. Hamkorlikda o‘qitish yoki kichik guruhlarda saboq berish pedagogikada gumanistik yo‘nalishdagi texnologiyaga mansub bo‘ladi. Bunday texnologiyaning asosiy maqsadi – bolalar uchun turli o‘quv vaziyatlarda faol birgalikdagi o‘quv faoliyatini yuritish uchun sharoitlar yaratib berishdan iborat. Hamkorlikda o‘qishning asosiy g‘oyasi – bir nimalarni birga bajarishgina emas, balki birgalikda o‘qishdir! Guruh bo‘lib ishlashning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi: Bilim olish bo‘yicha vazifani (muammoli vaziyatni) qo‘yish; Maqsadlariga muvofiq bo‘lgan guruhlarga bo‘lish; Didaktik materialni tarqatish; Guruhdagi ishni rejalashtirish; Topshiriqni individual ravishda bajarish, natijalarni muhokama qilish; Guruhning umumiy vazifasini muhokama qilish (e'tirozlar, qo‘shimchalar, aniqlashtirishlar); Guruh ishining natijalari to‘g‘risida xabar berish; Guruhlar ishlari va qo‘yilgan vazifaga erishish to‘g‘risida umumiy xulosa chiqarish. “Qalamlar” mashqi Mashqning ta’rifi. Mashq masqsadi qalamlarni yoki qalpoqchalar bilan yopilgan avtoruchkalarni yoningizda turgan ishtirokchilar bilan birgalikda barmoqlaringiz orasiga saqlab qolishdqn iborat. Dastlab ishtirokchilar tayyorlanish topshirig’ini bajaradilar: Guruh doira shaklida turadi. Ikki qalamni ko’rsatkich barmoqlarining uchlari bilan ushlab qolishga harakat qiladilar. Qollarini yuqoriga-pastga , orqaga-oldinga harakatlantirish, cho’kkalab o’tiring, turing topshirigi beriladi. Mashqni bajarish vaqtida ishtirokchilardan, bir-birini noverbal idrok etish asosida birgalikda harakatlarni aniq muvofiqlashtirish talab etiladi. Agar har bir ishtirokchi faqat o’zining harakati to’grisida o’ylagan bo’lsa, mashqni deyarli bajarib bo’lmaydi. O’z harakatini sheriklar harakatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim. 2.2. Innovatsion yondashuv asosida hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari sohasida olib borilgan ishlar tahlili. Innovatsiya biror yangi narsani, yangi tartib qoidani kiritishni anglatadi. Yangilik ko‘pincha yangi metodlar, vositalar, yangi konsepsiyalar, yangi o‘quv dasturlari kiritishni hamda qo‘llanishga xosdir. Innovatsiyaning turli ta’riflari mavjud: innovatsiya (lotincha inovatis)-bu yangilik, yangi tartib qoida, o‘zgarish degan ma’noni anglatadi. Download 64.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling