bob. Lizing mohiyati va lizing operatsiyalari turlari Lizing operatsiyalari rivojlanishi bo’yicha xorij mamlakatlari tajribasi


Download 193.17 Kb.
bet7/14
Sana10.11.2023
Hajmi193.17 Kb.
#1761990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Lizing korxonalarida lizinga berish muomalalari hisobi. Kurs ishi B.Salaxutdinov

Lizing bozori ishtirokchilari - 2014 yil yakunlariga koʼra, lizing bozorining katta ulushi lizing kompaniyalariga toʼgʼri kelib, 71,7 foizga teng boʼldi. Lizing kompaniyalari tomonidan tuzilgan bitimning umumiy miqdori 592,6 mlrd. soʼmdan iborat. Yangi tashkil etilgan kompaniyalar soni 5 tani tashkil etdi hamda 2 nafar lizing beruvchilar Oʼzbekiston lizing beruvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda faoliyat koʼrsatadigan boʼldi.

2019 yil boshiga kelib, lizing beruvchilar soni 88 tani (24 ta tijorat banklari va 64 ta lizing kompaniyalari) tashkil etmoqda. Lizing bitimlarini asosiy vositalarga koʼra taqsimlash lizing xizmati bozori taraqqiyoti dinamik surʼatda tahlil qilinar ekan, asosiy vositalar turi boʼyicha bitimlar diversifikatsiyasi holati yuzaga kelayotganini qayd etish mumkin. 2015 yildan boshlab, qishloq xoʼjaligi texnikasi ulushi kamayib, texnologik uskunalar ulushi oʼsayotgani maʼlum boʼladi. 2016 yil yakunlariga koʼra, lizingga berilgan mulkning tarkibiy qismi oʼrganilganida, narxi boʼyicha yuqori oʼrinlarni egallab kelayotgan lizing obʼekti qishloq xoʼjaligi texnikasi ulushiga toʼgʼri keladi.
Lizingga berilgan qishloq xoʼjaligi texnikasi umumiy qiymati 280 mlrd. soʼmdan ortiqni tashkil etdi ( bozordagi ulushi – 34,2 foiz). 2013 yilga nisbatan qishloq xoʼjaligi texnikasi ulushi 2,8 foizga qisqardi. Bu esa 2014 yil I yarim yilligida TTZdan qishloq xoʼjaligi texnikasining yetkazib berilishi bilan bogʼliq vaziyatlar tufayli yuzaga keldi. Texnologik uskunalarning ulushi biroz oʼsdi va 27,7 foizni tashkil qildi, 2013 yil bilan solishtirganda (22,4 foiz).
Texnologik uskunalarni lizingga taqdim etishda yetakchilikni qoʼlga kiritayotgan lizing kompaniyalari orasida «Oʼzbek Lizing Interneshnl А.O.» АJ QK (60 mlrd. soʼm), «Oʼzmeliomashlizing» DLK (25,4 mlrd. soʼm) va «Ipoteka-bank» АTIB (13,5 mlrd. soʼm)lar bor. Bitimlarning hududlar kesimidagi holati Respublikada lizing operatsiyalarining hududlar kesimidagi holati bir maromdadir. Аvvalgi yillardagidek, bitim eng koʼp, aniqrogʼi, amaldagi lizing operatsiyalarining toʼrtdan bir qismi tuzilgan hududlar sirasiga Toshkent shahri va Toshkent viloyati kirmoqda (11,13 foiz). Shuningdek, 2014 yil yakuniga muvofiq, lizing bozori Sirdaryo viloyatida ham faollashgan. Natijada Sirdaryo viloyati kuchli uchlikdan oʼrin egalladi (7,26 foiz).

2-Bob. Buxgalteriya hisobida lizing operatsiyalarini aks ettirish tartibi

Download 193.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling