bob. Lizing mohiyati va lizing operatsiyalari turlari Lizing operatsiyalari rivojlanishi bo’yicha xorij mamlakatlari tajribasi
Buxgalteriya hisobida lizing operatsiyalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom
Download 193.17 Kb.
|
Lizing korxonalarida lizinga berish muomalalari hisobi. Kurs ishi B.Salaxutdinov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizingga beruvchida lizing operatsiyalarining hisobi
Buxgalteriya hisobida lizing operatsiyalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli “Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil 17-son, 197-modda) muvofiq ishlab chiqilgan va buxgalteriya hisobida lizing va ijara operatsiyalarini aks ettirishning yagona uslubiy asosini belgilaydi. Lizingga beruvchida lizing operatsiyalarining hisobi - Lizing obyektlarini sotib olish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) lizing obyektlari uni sotib olish bilan bog‘liq egri soliqlar va yig‘imlarni qo‘shgan holda (agar ular qoplanmasa) kirim qilinganda: debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800); kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” yoki 6120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar” yoki turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoki boshqa tegishli schyotlar; b) lizing obyektlarini sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar: debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800); kredit 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”, 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar”, 6120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar; v) lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizingga oluvchi tomonidan qoplanadigan lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar: debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800); kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar; g) lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizingga oluvchi tomonidan qoplanmaydigan lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar: debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti; kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar; d) mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa xizmat ko‘rsatgan korxonalar oldidagi qarzlarning to‘lanishi (qoplanishi): debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”, 6120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar; kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar. Agar lizing shartnomasining sharti bo‘yicha lizing obyekti sotuvchi tomonidan lizingga beruvchini chetlab bevosita lizingga oluvchiga yetkazib berilsa, lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida lizing obyektining kirimi va chiqimi lizing obyektining harakatini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Agar lizing shartnomasining sharti bo‘yicha lizingga beruvchi tomonidan lizing obyekti sotib olingan bo‘lsa, lekin lizingga oluvchi qator sabablarga ko‘ra uni qabul qilishdan bosh tortsa, mazkur lizing obyekti, undan foydalangunga yoki chiqib ketgunga qadar kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800) da hisobga olinadi. Agar minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati lizing obyektining joriy qiymatidan past bo‘lsa, lizing lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha tan olinishi kerak. Agar minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati lizing obyektining joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, lizing lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida lizing obyektining joriy qiymati bo‘yicha tan olinishi kerak. Lizing obyektlari lizingga berilganda, lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan uning balans qiymati o‘rtasidagi farq kechiktirilgan daromad (xarajat) sifatida aks ettiriladi va lizingga beruvchining daromadi hisoblanishiga qarab bir me’yorda (oyma oy) asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (boshqa operatsion xarajatlari) ga olib boriladi. Agar lizing obyekti lizingga berilgunga qadar lizingga beruvchi tomonidan qayta baholangan bo‘lsa, lizing obyektini lizingga berish vaqtida kechiktirilgan daromad (xarajat) lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan uning balans qiymati o‘rtasidagi farq sifatida rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda qayd qilingan lizing obyektining qayta baholash natijasi (qoldig‘i) ni, ya’ni mazkur lizing obyektini oldingi baholashlardagi qiymat ko‘payishi summasining oldingi baholashlardagi qiymat pasayishi summasiga nisbatan ortgan summasini hisobga olgan holda aniqlanadi. Lizing obyektlarining lizing shartlariga muvofiq lizingga berilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) lizing obyektlarini lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymati bo‘yicha lizingga berilishi: debet 0920 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti; kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; b) lizing obyektlarining balans qiymati hisobdan chiqarilganda: debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; kredit kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800); v) lizing obyektining qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga: debet 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”; kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; g) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berishda kechiktirilgan daromadlar yuzaga kelganda: debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; kredit 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti; d) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berishda kechiktirilgan xarajatlar yuzaga kelganda: debet 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti; kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti; Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berilishida vujudga kelgan kechiktirilgan daromadlar va kechiktirilgan xarajatlarni hisobdan chiqarish quyidagicha aks ettiriladi: a) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berilishida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi o‘tkazilganda: debet 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti; kredit 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti; b) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berilishidagi kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi moliyaviy natijalarga o‘tkazib hisobdan chiqarilishi: debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti; kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti; v) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berilishida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi o‘tkazilganda: debet 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti; kredit 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti; g) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektlarini lizingga berilishidagi kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi moliyaviy natijalarga o‘tkazib hisobdan chiqarilishi: debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti; kredit 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti. 10. Mulkni lizingga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalar, joriy davrga tegishli bo‘lgan lizingga beruvchining hisoblangan daromadi summasi (lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi: debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti; kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti. Mulkni lizingga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalar, joriy davrga tegishli bo‘lgan lizingga beruvchining hisoblangan daromadi summasi (lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi: debet 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti; kredit 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar” schyoti. Mulkni lizingga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda lizingga oluvchidan lizing to‘lovlari kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq lizing bo‘yicha olinadigan uzoq muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda: debet 4810 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyoti; kredit 0920 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti; b) lizing shartnomasi bo‘yicha lizingga oluvchidan pul mablag‘lari kelib tushganda: debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar; kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyoti; kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti; v) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq to‘lov muddati kelmagan lizing to‘lovlari bo‘yicha lizingga oluvchidan bo‘nak kelib tushganda: debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar; kredit 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti; g) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq to‘lov muddati kelganda lizingga oluvchidan oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashishga) olinganda: debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti; kredit 4810 “Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyoti; kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti. Download 193.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling