Bob. Marketing va uni rivojlanishining asosiy
Download 128.7 Kb.
|
1 maruza mar
«Kompaniyaning ishi = mijozlaming kutishlariga» Umumlashtirishning ancha past darajasida firmaning ancha aniqroq miqdoriy va sifatga oid maqsadlari haqida gapirish mumkin. Sifatga oid maqsadlar orasida firma nufuzining о sishiga olib keladigan, uning ijtimoiy ta sirini (vaznini) kuchaytiradigan quyidagi maqsadlar muhim hisoblanadi: iqtisodiy maqsadlar va о z mamlakatida ham, import qilinadigan mamlakatlarda ham ularga erishuvi; bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta sir etish; ta lim, madaniy, sport va boshqa aksiyalami qo llab-quvvatlash. Firmaning miqdoriy maqsadlari: foyda (daromad) hajmi; pul va natural ко rinishda ifodalanuvchi savdo hajmi; bitta ishlovchi hisobiga mehnat siyosati (MS); -bozor ulushining о zgarishi, firma tovarlari bilan bozomi egallashi. Marketingning asosiy deklaratsion maqsadi inson talablarining qon- dirilishini hisobga olib, «Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?» degan savolga ehtimol tutilgan javobning to rt muqobil variantlarini ко zda tutish mumkin: maksimal darajada yuqori iste molga erishish; maksimal darajadagi iste mol qimmatliklarini ко rsatish (iste molchi tovardan oladigan va unga sotib olishdagi xarajat orasidagi foydani taqqoslash); maksimal darajada keng tanlov imkonini yaratish; hayot tarzi sifatini maksimal darajada oshirish. Hayot tarzi sifati uchta tarkibiy qismdan tashkil topadi: Tovaming miqdori, sifati, assortimenti (turi), qulayligi va qiymati. Inson yashaydigan tabiiy muhitning sifati, insonning madaniy muhiti sifati unumdorligi. Bozorning firma tovarlari bilan shug ullanuvchi ulushi о zgarishi. Bozomi soddalashtirish va miqdoriy maqsadlar ahamiyatiga qarab, tartibga solish uchun tijorat doiralarida «firma maqsadini tanlash bu bugungi foydaning yuqori ulushi bilan ertangi bozoming yuqori ulushi orasidagi tanlovdir». Marketingning funksional jihatdan ко p ma noliligi uning tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyati bu masalalami hal qilishni yanada murakkab- lashtiradi. Marketingning funksiyasi ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy-texnik ta minlash va logistika, moliyaviy, buxgalteriya hisobi va boshqa funksiyalar bilan bir qatorda tadbirkorlik funksiyasi sifatida ham nomoyon bo ladi va о zida marketing faoliyati jarayonida amalga oshiriladigan alohida yoki kompleks turdagi ixtisoslashtirilgan turlami aks ettiradi. Marketing funksiyasining boshqa firmalar funksiyalaridan farqi shundaki, uning funksiyasi firma va uning mijozlari, iste molchilari orasida almashuv jarayonlarini tashkil etishga mo ljallangan. Shu munosabat bilan marketingning funksiyasi doimiy о zgarib turadigan talabga mos holda talabni yaratish, shakllantirish va rivojlantirishga mas ul hisoblanadi. Marketing funksiyasining klassik tushunchasida mahsulotni sotish (o tkazish) va realizatsiya qilish jarayonlariga yordamlashish harakatlari ham kiradi. Yuqorida keltirib о tilgan marketing konsepsiyalarini amalga oshirish uchun marketingning bir qancha funksiyalari bajarilishi kerak. Bu funksiyalar firmaning boshqa funksiyalari bilan bir qatorda bajarila- di. Marketing funksiyasi ко proq tadbirkorlik funksiyasi sifatida shakllanib, ma lum bir maqsadga yo naltirilgan vazifalami bajarish uchun tadbirlar majmuasidan iborat. Marketingning funksiyalari marketing tizimidagi almashuv vositasida xaridorlaming talablarini qondirish bilan bog liq faoliyat (tadbirlar)laming ma lum turlaridir. Marketingning analitik (informatsion) funksiyasi uchta eng muhim yo nalish bo yicha keng ко lamli marketing tadqiqotlari о tkazish: bozor konyunkturasini kompleks tadqiq etish va uni bashoratlash, iste molchilami о rganish va segmentatsiya о tkazish, tovaming iste mol xossalarini tahlil qilish, raqobatchilar, ish bo yicha sheriklar pozitsiyalarini tahlil qilish; firmaning ishlab chiqarish savdo (o tkazish) imkoniyatlari tahlili tovar assortimenti, ishlab chiqarish quwati, moddiy-texnik ta minlash tizimi, kompaniyaning ilmiy-texnik va kadrlar potensiali, uning moliyaviy imkoniyatlari, savdo va tovaming bozorda harakat- lanishi tizimlari tahlili; olingan informatsiyalar asosida SWOT tahlil о tkazish korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyatlar va tahlillarini va marketing maqsadlari shakllanishini va ularga erishish strategiya- larini baholash. Marketingning analitik funksiyasi informatsiyalami yig ish va ularga ishlov berishning keng va amalda harakatlanuvchi tizimi mavjud bo lgandagina realizatsiya qilinishi mumkin. Odatda bozomi doimiy kuzatish ba zi-ba zida о tkaziladigan maqsadga yo naltirilgan tadqiqot- lar (masalan, reklamalaming sotish hajmiga ta sirini aniqlash) bilan qo shib olib boriladi. Ко pchilik firmalarda ushbu informatsion ishlaming katta qismi maxsus bo limlar tomonidan о tkaziladi yoki mustaqil tadqiqot institutlariga topshiriladi. Rejalashtirish funksiyasi kompaniyaning mos keluvchi bo limlari tomonidan tovar, narx, savdo, kommunikatsion va kadrlar siyosati rejalarini ishlab chiqishi va marketing dasturlarini tuzishini bildiradi. Marketingning ishlab chiqarish savdo funksiyasi marketing faoliyatini amaliy jihatdan amalga oshirilishni ко zdatutadi: tovarlar siyosati (mahsulotning ma lum turini ishlab chiqarish, yangi tovarlar ishlab chiqarish, tovar sotilgandan keyingi xizmat ко rsatish, uskunalami yangilash va b.); maqsadli siyosatlar (tovar birligi uchun narx darajasini va tovaming hayot sikli davriga ко та bog liq ravishda narxlar dinamikasini belgilash, firma narxini bozorning har bir segmentidagi raqobatchilar narxiga nisbatini aniqlash va b.); savdo siyosatlari (savdo vositalarini yaratish, bozorga chiqish vaqtini belgilash, tovami harakatlanish tizimini belgilash va b.); kommunikatsion siyosatlar (bozorda tovaming harakatlanishi bo yicha choralami amalga oshirish: reklama kompaniyalarini о tkazish, vositachilar va iste molchilarga mos keluvchi imtiyoz va chegirmalar berish (ко rsatish), mahsulot sotish bilan shug ullanuvchi о z xodimlari- ni rag batlantirish, ко rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish va b.); kadrlar siyosati (kadrlar tanlash (yig ish), xodimlami tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlar motivatsiyasi bo yicha tadbirlami amalga oshirish va b. Marketingning nazorat funksiyasi hamma marketing ishlari davo- mida amalga oshiriladi: mablag lami asossiz sarflanishidan qochish uchun marketing tadbirlarining ehtimoliy samaradorligini oldindan baholash maqsadida navbatdagi marketing dasturining boshlang ich bosqichida, marketing dasturlarini realizatsiya qilish jarayonida rejalashtirilgan marketing chora-tadbirlari va ulaming kompleksliligingi amalga oshirish uchun joriy nazorat, bu maqsadga erishish uchun marketing strategiyasi va taktikasiga ma lum asoslangan tuzatishlar kiritish imkonini beradi. Shunday qilib, marketing funksiyasining tahlili marketingni boshqa- rishning hamma jarayoni izchil amalga oshiriladigan bosqich ко rinishda tasawur qilish imkonini beradi. Marketing funksiyalarini kim bajaradi: ■S Ishlab chiqaruvchilar S Iste molchilar ^ Marketing mutaxassislari Marketing funksiyalarining firma funksiyalaridan farqi shundaki, u asosan firma mahsulotini mijozlar bilan ayirboshlash vazifasiga yo nalti- rilgan. Keng ma noda marketing funksiyasi firma mahsulotiga bozorda talabni shakllantirish va xaridorlami ко proq о ziga jalb qilishdan iborat. Potensial talabni о rganish va yangi taklif bilan bozorga chiqish firmaning kundalik faoliyatining bir qismidir. Firmalarda marketing funksiyasi bilan marketing faoliyatining funksiyalari chambarchas bog liq. MARKETING funksiyasi quyidagilami о z ichiga oladi. Marketing tadqiqotlari. Rejalashtirish. Narxni shakllantirish. Tovami taqsimlash. Tovami harakatga keltirish. - jadval Marketing funksiyasi tarkibi
Download 128.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling