Bob. Marketing va uni rivojlanishining asosiy


Marketing korxonaning uzoq muddatli natijaviylikka yo naltirilganligini


Download 128.7 Kb.
bet12/21
Sana21.04.2023
Hajmi128.7 Kb.
#1368442
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
1 maruza mar

Marketing korxonaning uzoq muddatli natijaviylikka yo naltirilganligini ко zda tutadi. Marketing tadbirlarini rejalashtirish va realizatsiya qilish faoliyatining uzoq davrini talab qiladi. Avval savdo bozori sinchiklab tahlil qilinadi, keyin mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi, bozorga joriy etiladi. Ushbu uzoq davr mobaynida korxona­lar bozorda muvaffaqiyat qozonish va kelgusida foyda (daromad) umidi- da kapital qo yadilar va bozor yangilikni qabul qilgandan keyingina, foyda kelib tusha boshlaydi. Yangi mahsulot haqidagi g oyaning paydo bo lishi va uning bozordagi muvaffaqiyatiga qadar yillar о tishi mum­kin.

  • Bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta minlovchi marketing prinsiplaridan biri - firmaning hamma xodimlari uchun marketingga xos fikr-mulohazalarning zarurligidir. Firma rahbariyati shunday tashkiliy madaniyatni shakllantirishi kerakki, unga ко ra firmaning hamma ishchilari о zaro kelishgan holda mehnat qilishlari, kompaniyaga nisbatan rivojlangan vatanparvarilk tuyg usiga ega bo lishlari, jamiyat- ning muhim muammolarini yechishdagi uning rolidan faxrlanishlari, mijozlarni hurmat qilishlari zarur. Ayrim kompaniyalarning о z xodimlariga nisbatan quyidagi murojaatlari mavjud: Iste molchi qirol, shoh, biz, tovar ishlab chiqaruvchilar esa ishonchli tobelarmiz. Unut- mang, mijozlar sizga ish haqi to laydi. Tovar xarid qilgan ellikta iste molchiga bitta shikoyat qiluvchi mijoz to g ri keladi .

    Marketing prinsiplari:

    1. Bozor konyunkturasi, talab dinamikasi holatini hamda iste mol qarorini qabul qilish hisobi (bozorga kirish).

    2. Bozor talablariga maksimal darajada ishlab chiqarishni tashkil etish uchun sharoit yaratish (bozorga moslashish).

    3. Iste molchilarga aynan shu tovarlarni sotib oldirish maqsadida ularga ta sir о tkazish (bozorga, iste molchilarga ta sir о tkazish).

    1. Marketing funksiyalari va faoliyati mazmuni

    Marketingning maqsadi firma maqsadiga erishish uchun vosita hisoblanadi. Marketingning asosiy maqsadi - ayirboshlash jarayonini muntazam shakllantirish va rivojlantirishdan iborat, bu о z navbatida uning ishtirokchilariga о zaro manfaat keltiradi.
    Marketing maqsadlari ma lum iyerarxik ketma-ketlikda amalga oshirilib, iqtisodiy va psixografik maqsadlarni ham о z ichiga oladi. Birinchi maqsadlar guruhi to g ridan to g ri korxona foydasi, rentabel- ligi ко rsatkichlarining yuqori bo lishiga olib keladi.

    • Professor E.P. Golubkov marketing faoliyatining quyidagi maqsadlar strukturasini taklif etgan:

    • Samarali marketing siyosatini yuritish orqali kompaniya maq- sadlariga erishish.

    • Alohida bozorlar va tovarlar guruhiga yo naltirilgan maqsadlar.

    • Marketing kompleksining alohida elementlariga yo naltirilgan maqsadlar, narx, sotishni tashkil qilish, iste molchiga samarali yo liar bilan yetkazib berish.

    Keng ma noda marketing maqsadi talab va taklifhi tartibga solish uchun zarur bo lgan barcha tadbirlami amalga oshirish, ya ni yangi g oyalami tovar yaratishga tatbiq etish, ishlab chiqarish, samarali tarqa- tish kanallarini minimal xarajatlar bilan amalga oshirish, iste molchi- laming о sib borayotgan zamonaviy talablarini qondirish.
    Наг qanday firmaning asosiy maqsadi - bozomi egallash, raqobat- bardosh bo lish, iste molchilami о ziga jalb etishdir va shu orqali о z rentabelli faoliyatini ta minlashdir. Firmaning marketingda qo llani- ladigan asosiy umumlashgan maqsadini F.Kotler original tarzda quyida- gicha shakllantirgan:

    1. - jadval

    Korxonaning asosiy maqsadlari


    Download 128.7 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling