Servis xojalikinitashkil etish fanidan mustaqil ish
Download 17.36 Kb.
|
Servis xojalikinitashkil etish fanidan mustaqil ish
Servis xojalikinitashkil etish fanidan mustaqil ishMavzu;Iste’molchining talab va uning huquqlariReja: 1. Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish tushunchasi. 2. Iste`molchilarning tovar to`g`risida ma`lumot olish huquqi. 3. Iste`molchilarga sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish oqibatlari. 4. Iste`molchilaring huquqlarini sud tomonidan himoya qilinishi. Tayanch iboralar: Iste`molchi, Iste`molchi huquqi, tovarning sifati, Iste`molchi huquqini himoya qilish, sifatsiz mahsulot chiqarish oqibati. Iste`molchilarning tovar (ish va xizmat) to`g`risida ma`lumot olish huquqi. 1996 yil 26 aprelda O`zbekiston Respublikasining «Iste`molchilarning huquqlarini himoya kilish to`g`risida»gi qonun qabul kilindi. Xo`sh, ushbu qonunning qabul qilinishidan ko`zlangan asosiy maqsad nimadan iborat? Eng avvalo ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan sotilayotgan tovarlarni normativ hujjatlarga asosan tayyorlanishi, tovarlarning xavfsizligini, ya`ni tovarni iste`mol qilish, undan foydalanish, saqlash, tashash yoki utilizatsiya (tovarni yaroqsiz deb topish) qilinishi, shuningdek, ish yoki xizmat natijalaridan foydalanishda Iste`molchilarning hayoti, sog`ligi yoki mol-mulkiga, atrof muhitga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bog`lik xavf-xatarning yo`qligini ta`minlash kabi iste`molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Iste`molchi kim, kimlarni iste`molchi deb hisoblash mumkin. Iste`molchilar – foyda chiqarib olish bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy iste`mol yoki xususiy xo`jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi, yohud shu niyatdagi fuqarolardir. Demak, biz kundaltik hayotimizda ehtiyojimizni qondirish maqsadida, savdo do`konlaridan iste`mol tovarlarni sotib olishimiz bilan Iste`molchi nomini olamiz. Boshqacha qilib aytganda ushbu jarayonni oldi-sotdi shartnomasi deb hisoblash mumkin. «Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun»da belgilangan huquq va majburiyatlarga amal qilmaslik, ayrim sotib olingan tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlarning iste`molga yaroqsizligiga e`tibor bermaslik bir qator huquqiy muammolarni keltirib chiqaradi. Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonunning IV- moddasida iste`molchilarning asosiy huquqlari berilgan. Ushbu qonunga ko`ra iste`molchilar quyidagi huquqlarga ega: Qonunning 6-moddasiga ko`ra ishlab chiqaruvshi (ijrochi sotuvchi) iste`molchiga realizatsiya qilayotgan tovarlar haqida o`z vaqtida zarur, to`g`ri va tushunarli ma`lumot berishi shart. Demak, tovar to`g`risidagi ma`lumotlarda quyidagilar ko`rsatilishi lozim: - tovarning majburiy talablarga muvofiq kelishi shart bo`lgan normativ hujjatning nomi. - Tovarning asosiy iste`mol hususiyatlari, shu jumladan o`ziga xos xususiyatlari ro`yxati. - Bahosi va sotib olish shartlari. - Ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi, tayyorlovchining kafillik majburiyatlari, tovardan samarali hamda xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlari, tovarning xizmat muddati, ushbu xizmat tugagandan keyin iste`molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bulgan oqibatlar to`g`risidagi ma`lumotlar, ishlab chiqaruvchining nomi va mulkchilik shakli, ro`yxatga olish va litsenziya guvohnomasining raqami. Tovarning sifati. Fuqarolik kodeksining 402-moddasiga ko`ra sotuvchi iste`molchiga sifatli oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan tovarni topshirishi shart. Shartnomada tovarning sifati to`g`risidagi shartlar ko`rsatilmaganda sotuvchi iste`molchiga belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo`lgan tovarni topshirishi shart. Iste`molchilar uchun tovarning sifati uning sifatiga berilgan kafolat muddati bilan bir qatorda tovarning yaroqlik muddati ham muhim kasb etadi. Sotuvchi yaroqlik muddati belgilangan tovarni iste`molchiga shunday mo`ljal bilan topshirishi kerakki toki iste`molchi undan yaroqlilik muddati tugagunga qadar o`z vazifasi bo`yicha foydalanishi mumkin bo`lsin. Tovarning yaroqlilik muddati tovar tayyorlangan kundan boshlab foydalanish uchun yaroqli bo`lgan davr bilan yoki tovar foydalanishi uchun yaroqli bo`lib turadigan sana bilan belgilanadi. (Fuqarolik kodeksi 406-modda). 2023 yil 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni riovjlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzuida konferensiya o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan. Mazkur konferensiyada dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar reklamasi, undagi muammo hamda yechimlar, mahsulot va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga yetkazishda reklama va to‘g‘ri marketing yondashuvining ahamiyati, Moliyaviy xizmatlarda iste’molchilarning huquqlari: Yevropa amaliyoti mavzularida konferensiyada fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbirda O‘zbekiston hamda xalqaro tashkilotlar rahbar va mas’ul vakillarining sohadagi yangilik, muammo va yechimlar yuzasidan taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, konferensiyada “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkillashtirilgan “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasi g‘oliblari hamda jamoatchilik nazoratida faol bloger va shaxslar ham taqdirlanishdi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi, xususan yoshlarning huquqiy bilimi va savodxonligini oshirishdir. 2022-yilda iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarining 40,1 foizi uy-joy kommunal, xizmat ko'rsatish, qurilish va transport sohasi, 37,4 foizi savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohasi, 17,2 foizi ijtimoiy va moliya xizmatlar, shuningdek aloqa xizmatlari sohasi, 5,3 foizi esa reklama munosabatlari va boshqa sohalarga to‘g‘ri kelgan.[6] 2022-yilda kelib tushgan 25 mingdan ziyod murojaatlarni ko'rib chiqilishi va o'tkazilgan 257 ta tizimli o‘rganishlar natijasida 2,1 million iste'molchilarning huquqlari tiklanishiga hamda ularga 60,6 milliard so‘m (5,5 million AQSH dollari) qayta hisob-kitob qilib berilgan.[7] Murojaatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha Agentlik tadbirkorlik subyektlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi. Tadbirkor tomonidan Agentlik ko‘rsatmalariga rioya qilmagan hollarda, keyingi majburiy bosqich sud bo‘lib, Agentlik dastlabki to'lov sifatida to'langan mablag'larni iste'molchilarga qaytarish bo'yicha da'vogar sifatida ishtirok etadi. Download 17.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling