Bob. Matematik hisoblashlarni oʻrgatuvchi mobil ilovalari tahlili va masalaning qoʻyilishi


Download 487.52 Kb.
bet4/15
Sana24.03.2023
Hajmi487.52 Kb.
#1293507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
UMIDJONGA

Toʻxtovsiz ta’limning rivoji. “Bulutli” xotira orqali ta’limning samaradrligini oshirish mumkin. ma’rifiy resurslarni kompyuterning qattiq disklarga emas balki “bulutli” xotirada saqlash mumkin, shu sababli oʻquvchilar turli qurilmalarda ham oʻsha materiallardan foydalanishlari mumkin. Zamonaviy dasturiy ta’minot ma’lumotlarni bir necha qurilmalarda sinxronlashtirishga imkon yaratadi, shu sababli oʻquvchilar oʻz ishlarini kompyuterda toʻxtab qolgan joyidan mobil telefonida davom ettirishi mumkin va aksincha.
Rasmiy va norasmiy ta’lim orasidagi bogʻliqlikni saqlash. Mobil qurilmalar yangi bilimlarni olishda rasmiy va norasmiy ta’lim oʻrtasidagi chegaralrni oʻchiradi. Mobil qurilmalar yordamida oʻquvchilar sinfda yoki auditoriyada aytilgan ilmiy materialni chuqurroq oʻrganish uchun qoʻshimcha materiallarni ham osonlik bilan topishlari mumkin. Masalan, til oʻrganish uchun mobil telefonning dinamiklari va mikrofoni oraqali oʻquvchilarni “eshituvchi” va ularga “gapiruvchi” koʻplab ilovalar mavjud. Ilgari bunung uchun pedagog zarur edi, endi boʻlsa mobil ilova oʻrnatilgan mobil qurilmaning oʻzi yetarli.
Imkoniyatlari cheklangan oʻquvchilarga yordam. Tekstni kattalashtirish soʻzlarni matnga aylantirish, matnlarni ovozli oʻqish kabi texnologiyalari yordamida mobil qurilmalar jamiyatning yaxshi ta’minlangan sinfida ham kam ta’minlangan sinfida ham imkonoyatlari cheklangan oʻquvchilarning oʻqish sifatini oʻstiradi.
Mobil ta’limning koʻzga koʻrinuvchi afzalliklari bir qatorda qator muammolar va qiyinchiliklar mavjud, aynan:
Texnik muammolar: mobil qurilmalarda ekran va tugmachalarning kichikligi;
internet tarmogʻi bilan bogʻliq muammolar; mobil qruilmalarning faqat batareya orqali ishlashi; mobil qurilmalarda mavjud boʻlgan xotira hajmi; axborot xavfsizligi
bilan bogʻliq muammolar; mobil platformalar bilan aloqada yagona standartning mavjud emasligi va boshqalar.
Sotsial va ma’rifiy muammolar. Hamma oʻquvchining mos mobil qurilma sotib olishga qurbi yetmasli; mobil texnologiyaning juda ham tez rivojlanishi; mobil ta’lim uchun pedagogik nazariyaning toʻliq ishlanmaganligi; electron ta’lim va mobil ta’lim oʻrtasidagi konseptual farq; shaxsiy axborot bilan boʻliq boʻlgan muammolar va boshqalar. Mobil ta’limni turli xil yoʻllar orqali amalga oshirish mumkin, bu mobil ta’lim boshqaruv tizimlari yordamida mobil ta’lim tashkiloti boʻlishi mumkin (mobil kurslar uchun platformalar yaratish), masalan: Litmos, Learning Cart, Saba, Blackboard Mobile Learn (mobil versiya Moodle). Mobil qurilmalarni ta’limda ishlatishning boshqa usuli bu mobil ilovalar hisoblanadi.

Download 487.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling