Bob. Matematik hisoblashlarni oʻrgatuvchi mobil ilovalari tahlili va masalaning qoʻyilishi


Download 487.52 Kb.
bet3/15
Sana24.03.2023
Hajmi487.52 Kb.
#1293507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
UMIDJONGA

Imkoniyatlarning kengayishi va ta’limdan teng darajada foydalanishni ta’minlash. Mobil telefonlar narxlari doimiy pasayib bormoqda, shuning uchun koʻplab va koʻplab odamlar hatto eng kambagʻal hududlarda ham bunday qurilmalar sotib olish imkoniga ega va ulardan foydalana olishadi. Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda mobil texnologiyalardan foydalanish asosida zamonaviy oʻquv materiallarini mobil aloqa yordamida barcha hohlovchilarga taklif etadigan koʻplab loyihalar mavjud.
Ta’limni shaxsiylashtirish. Mobil qurilmalar qonun boʻyicha oʻz egalarining shaxsiy mulki hisoblanib, sozlash uchun koʻplab funksiyalarga ega. Va aynan shuning uchun mobil texnologiyalar statsionar texnologiyalarga qaraganda shaxsiylashtirishning kengroq imkonini yaratib beradi.
Javob olish va oʻqish natijalarini baholashning bir lahzada bajarilishi. Mobil texnologiyalar oʻqish natijalarini baholash jarayonini tezlashtiradi va oʻquvchilarga hamda oʻqituvchilarga erishilgan yutuqlarni tezroq kuzatib borish imkonini beradi.
Ta’lim hohlagan joyda va hohlagan vaqtda. Mobil qurilma vaqtning koʻp qismida oʻz egasi qoʻlida boʻlgani tufayli ta’limni hohlagan paytda hohlagan joyda amalga oshirish mumkin ilgari hatto orzu qilish ham mumkin emas edi. Mobil ta’lim ilovalari foydalanuvchiga tanlash imkonini beradi: u bir necha daqiqa talab etuvchi mashqlar ishlashi mumkin yoki toʻliq fikrini jamlab vazifa uchun bir necha soat ajratishi mumkin. Bunday moslashuvchanlik orqali darslar orasida katta tannaffus qilish yoki avtobusda kichik sayohatni amalga oshirish mumkin.
Vaziyatli ta’limni qoʻllab-quvvatlash. Dauditoriyalardagi odatiy oʻqish jarayoni bilan solishtirganda mobil qurilmalar bolani turli xil fanga doir mobil
ilovalar yordamida fanni maksimal tarzda oson tushunadigan muhitga olib kiradi. Misol uchun, shaharning muhim arxitektura obyetktlari, kompozitsiyalari, qurilishi va ma’nosi haqida soʻzlab beruvchi shahar boʻyicha ekskursovod mobil ilovalar; ma’lum bir joylarda oʻsuvchi oʻsimliklar haqida ma’lumot beruvchi mobil ilovalar va boshqalarni aytish mumkin.

Download 487.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling