Bob. Metallurgiyada shixta tayyorlash jarayonlari
Download 407.08 Kb.
|
Suyuq yoqilg’i. Rangli metallurgiyada ishlatiladigan suyuq yoqilg’ining asosiy turi neft haydash jarayonining qoldig’i bo’lgan mazut hisoblanadi. Neft va
mazut turli uglevodorodlarning aralashmasi hisoblanadi. Mazut moylash materiallari olish uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. SHuning uchun hozirgi vaqtda yokilgi sifatida uni ishlatish cheklangan. Mazutni yoqish maxsus forsunkalar yordamida amalga oshiriladi. Ularda siqilgan havo bilan mazutni aralashlirishadi. Mazutni yaxshi changlanishi uchun yoqishdan oldin uni 80°C gacha qizdirishadi. Toshko’mir. Toshko’mir o’simlik qoldiqlarining tabiiy mineralizatsiyalanish mahsuloti hisoblanadi. Mineralizatsiyalanish darajasiga ko’ra toshko’mirlar tarkibida erkin uglerod, uglevodorodlar, kul va bitumlar bo’lishi bilan farqlanali. Rangli metallurgiyada qoidaga ko’ra, tarkibida kuli kamroq (15% dan ko’p emas) va uchuvchan birikmalar - uglevodorodlar (>25%) ko’p bo’lgan yuqori sifatli toshko’mirlar ishlatiladi. Toshko’mir ko’mir kuli ko’rinishida yoqiladi. Buning uchun ko’mir maydalanadi, 70-80 mkm gacha yanchiladi, so’ngra qurililadi. Ko’mir kuli maxsus gorelkalarda, siqilgan havo bilan aralashtirib yoqiladi. Koks. Koks sun’iy yoqilg’i turlariga kiradi. U maxsus navli toshko’mirni 900-1000°C haroratda zich yopilgan kameralar - koksli batareyalarda quruq xaydash yo’li bilan olinadi. Kokslash vaqtida engil komponentlarni gaz va bug’ ko’rinishida haydash bilan toshko’mirni termik parchalanishi boradi. Engil komponentlar sovutgichga yuboriladi, u erda bir qator qimmatli komponentlarni kondensatsiyalanishi boradi. Tozalangan gaz esa sovutgichdan chiqarilib, marten pechlarini qizdirish uchun yoqilg’i sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Koks eng qimmat va tanqis yoqilg’i turi hisoblanadi. U bo’lakli va mustahkam materiallarni qayta ishlaganda (misol uchun, shaxtali pechlarda) ishlatiladi. 3.14-rasmda koksning ko’rinishi berilgan. 3.14-rasm. Koksning ko’rinishi Download 407.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling