Bob. Turkiy tillarning leksik taraqqiyoti Leksikologiya, leksik sath haqida umumiy ma'lumot


Turkiy tillarning leksik taraqqiyot


Download 45.2 Kb.
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi45.2 Kb.
#1049254
1   2   3   4
Bog'liq
kuuuur ishi

Turkiy tillarning leksik taraqqiyot
Ma’lumki, qiyosiy-tarixiy metod qardosh tillarda bir-biriga teng bo‘lgan faktlarni solishtiradi va ularning tarixiy shakllarini shikllantiradi. Qiyosiy-tarixiy metod asosida qarindosh tillarning qiyosiy fonetikasi, qiyosiy marfologiyasi, so‘z yasalishi o‘rganilgan. Lekin qiyosiy leksika, semantika va sintaksis sohalarida (rajada) ko‘p tadqiqotlar olib borilmagan. Shuning uchun bu sohada qiyosiy-tarixiy metodning o‘ziga xos muammolari mavjud. 1. Qayta tiklangan so‘z yoki uning biror qadimiy formasi qaysi davrga oidligi ma’lum emas. 2. Tiklangan turlanishi va tuslanish sistemalarini o‘tmishdagi birorta tilga mansub deb bo‘lmaydi. 3. Qiyosiy tarixiy metod asosidagi etimologiyalar, odatda, munozarali bo‘ladi. N.Ba’zi faktlar barcha qarindosh tillarda uchramaydi. Natijada o‘sha so‘zning qadimgi holatini taklab bo‘lmaydi. Turkiy tillar leksikasining tarixiy taraqqiyoti boshqa tillarda bo‘lgani kabi alohida so‘zlar tarixi bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Ya’ni: yangi so‘zning payda bo‘lishi, ma’no taraqqiyoti (arxanzmga aylanib qolish, mustaqil ma’nosini yo‘qotib yordamchi so‘zga va yoki affiks holiga kelib qolishi) dagi o‘zgarishlar nazarda tutiladi. Turkiy tillar leksikasiga xos eng muhim xarakterli jihitlardan biri fonetik o‘zgarishga kam uchragan. (Ba’zi istisnolarni aytmaganda). Aksariat so‘zlar qadimgi yodgorliklarda qanday qo‘llangan bo‘lsa, hozirgi turkiy tillarda ham shunday qo‘llaniladi. Faol leksikaning ko‘p qismi ifodalagan tushunchalarni saqlab qolgan. Ammo so‘zdagi o‘zgarishlarning sabablarini ochib berishi eng ahamiyatli masala hisoblanadi. Negaki, leksika taraqqiyotidagi qonuniyatlar alohida olingan bir umumiy semantikaga bog‘liq so‘zlar guruhini tadqiq etish yo‘li bilan ochib beriladi. Bu yo‘nalishda A.M.Shcherbak (Turkiy tillardagi uy va yovvoyi hayvon nomlari), E.R.Tenishev, A.A.Yuldashev, L.A. Pokrovskaya, N.Z.Gadjieva, N.K.Dmitriev, I.Ismoilov v.b (O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari leksikasidan tadqiqot) A.Xamitova (Turkiy tillarda so‘z ma’nosining analitik yo‘l bilan kuchaytirish), S.Ibrohimov (Farg‘ona shevalarining kasb-hunar leksikasi) kabilarning tadqiqotlari mavjud. Qiyosiy-leksika ning o‘rganilishi qardosh tillarni qiyosiy o‘rganish ma’lum tilga oid bilimlarni yanada chuqurlashtirishga, tillararo mushtarak hamda o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlashga, mavjud nazariy fikrlarni to‘g‘ri hal etishga yordam beradi. Shuningdek, ilmiy-qiyosiy grammatikaning yaratilishiga zamin, yaratadi. Hanuzgacha turkiy tillar leksikasiga xos so‘zlarni tematik guruhlarga ajratilib qiyosiy landa o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar unchalik ko‘p emas. Shunga qaramasdan, turkiy tillarda sohalar leksikasiga xos nomlarni qiyosiy tillarda sohalar leksikasiga xos nomlarni qiyosiy-tarixiy jihatdan o‘rganish bo‘yicha N.Ismoilov va boshqalarning “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari leksikasidan tadqiqot” nomli asari mavjud ekanligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ishda turkiy tillarda uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi, mevali daraxt nomlari, poliz ekinlari nomlari ningo‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman tilidagi ifodalanishi qiyosiy planda tadqiq etilgan. Masalan, uy-ro‘zg‘or buyumlari: a)oshxonaga oid uy-ro‘zg‘or buyumlari; 1. O‘choq- uch tomoni yopiq, ichiga o‘t yoqiladigan, ovqat pishirish uchun ustiga qozon o‘rnatiladigan maxsuz qurilma. Qadimiy so‘z bo‘lib, turkiy tillarning yozma manbalarida otčuq, očuq, očaq (DTS) ochaq (MK) ochaq (Attuhfa), ojak, yrak, oshak tarzida ifoda . Ba’zi tarxiy lug‘atlarda o‘choq ma’nosi iodalovchi sachoq so‘zi qo‘llangan. Qiyoslangan turkiy tillarda quydagi shakllarda ifodalangan. O‘choq (o‘zb), ochaq (uyg‘), o‘shaq (qoz), ochak (qirg‘iz), oshak (qq.) ojak (turkm). O‘choq so‘zi kuzatilgan tillarda ko‘chma ma’nolarda ya’ni biror narsa paydo bo‘lgan, amalga oshadigan tarqaladigan joy, manba markaz ma’nosida, (bilim o‘chog‘i o‘zbekchada), qoraqalpoq tilida oila, turkman tilida avlod ma’nolarida qo‘llangan. O‘choq so‘zining etimologiyasi haqida turli fikrlar mavjud.
Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatlardan biri leksik tarkibning bir-biriga yaqinligi hamda grammatik qurilishning mushtarakligidir. Shuning uchun chuvash va yoqut tillaridan boshqa hamma turkiy tillar bir-biriga tushunarlidir. Tildagi barcha so‘zlar uning lug'at boyligini tashkil etadi. Tilning lug'at bovligi ikki manba — ichki va tashqi manba orqali ortib boradi. Boshqa tillardan so'z olish natijasida turkiy tillarda ham o ‘z qatlam va o'zlashgan qatlam farqlanadi. 0 ‘z qatlam. 0 ‘z qatlamga turkiy tillarga oid. shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy boMgan so'zlar kiradi. Turkiy tillar lug‘at tarkibida umumturkiy so'zlar asosiy miqdomi tashkil etadi: tosh, tog', yer, bosh, suv, til, qo 4, kishi, bola; oq, qora, qizil, ко ‘к, sariq, yashil, yaxshi, yomon; bir, ikki, uch, besh, olti, yetti, yuz, ming: men, sen, u, biz, siz, bu, shit; kel, ol, bor, tur, qara; ildam, erta, indin, ilgari. Turkiy tillarning bevosita o'ziniki bo'lgan qatlam tilning ichki imkoniyatlari asosida hosil bo'lgan so'zlardan iborat. Bunda uch holat kuzatiladi: 1) asli turkiy so'zlardan shu tildagi affikslar yordamida yasalgan so'zlar: qatnashchi, terimchi, og'machi, birlashnw, 2) boshqa tildan o'zlashgan so'zlarga turkiy qo'shim cha qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan so'zlar: a) arabcha so'zlardan: aqlli, mashhurlik; b) forscha- tojikcha so'zlardan: mardlik, go'shtli; d) ruscha-baynalmilal so'zlardan: limonli, sportchi. 3) o'zlashgan so'zga o'zlashgan qo'shimchani qo'shish natijasida hosil bo'lgan so'zlar ham ichki imkoniyat asosida yasalgan so'z hisoblanadi: kitobxon, doimiy, adabiyotshunos.
Turkiy tillar leksikasining umumiy xususiyatlari quyidagicha: 1. 0 ‘zak aksariyat o ‘rinlarda cv (undosh + unli) qolipida boTadi. 2. Turkiy so‘zlarda ot-fe’l omonimligi ko‘p uchraydi: to 'y, tut, yoz. Turkiy tillarda omonimiyani yuzaga keltiruvchi hodisa - qadimgi turkiy til so‘zlariga xos turkum sinkretizmi o 'z ifodasini topgan. E.V.Sevortyan tomonidan “fe’l-ot asoslar” deb nomlangan bu hodisa turkiy tillarning boshlang'ich taraqqiyot bosqichlarida bir bo'g'inli leksik asosning ayni bir lug‘aviy m a’noga ega boTgani holda ism sifatida ham, fe’l sifatida ham ishlatilishini ifoda etadi. E.V.Sevortyan o ‘z qarashlarida “fe’l-ot omonimligi”, “fe’l-ot omoformalar” terminlarini qo'Ilagan. Shu bilan bir qatorda, bu hodisani “leksik-morfologik sinkretizm” deb qarash to'g'riroq ekanligini e’tirof etgan.36 Hozirgi o'zbek tilidagi yoz, tut, shish, to ‘y kabi so'zlarda turkum sinkretizmi xususiyatlari namoyon bo'ladi. 3.Turkiy so'zlarda tarixiy fonetik o'zgarishiar sezilib turadi: yigocyagac; jil-yil, jilan-yilan -ilan; sal jilmoq-siljimoq. 4.Tana a’zolari nomlari, asosan. turkiy qatlamga oid: koz, qidoq, til, has, qas. 5.Tub fe’llar turkiy hisoblanadi: her, bil, qac, kir, qoy, tol, bur, ayt. 6.Sonlar (bes, yetti), olmoshlar (men, siz) turkiy qatlamga mansubdir. 7.Turkiy tillarda so'z tartibi quyidagicha: asos+so ‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qo ‘shimcha. qo‘y + chi + lar + imiz Qadimgi turkiy til davri turkiy tillarning umumtaraqqiyot bosqichiga xos xususiyatlarning to'Ialigicha namoyon bo'lishi bilan xarakterlanadi. Bu davr tiliga oid tadqiqotlarda turkiy tillarning fonetik, leksik, grammatik taraqqiyotiga xos umumiy jihatlarning kuzatilishi qayd etilgan.37 XV asrning leksik xususiyatlari aks etgan nomalarda qadimgiturkiy tilga mansub bir qator so'zlarning mavjudligi kuzatiladi.38 Navoiy asarlarida 1400ga yaqin qadimgi va eski turkiy til so'zlari qo'llangan.39 “Boburnoma”da qadimgi turkiy til davrida keng iste’molda bo'lgan 1700dan ortiq umumturkiy so‘z uchraydi. Eski turkiy til va eski o'zbek tili harbiy leksikasining semantik-funksional, tarixiy-etimologik, strukturgrammatik tahlili ko'pgina harbiy terminlar X I-X V asrda arabcha, forscha-tojikcha, ayniqsa, m o'g'ulcha o'zlashmalar bilan ifodalana boshlaganini ko‘rsatsa-da, eski o'zbek adabiy tili harbiy leksikasi asosini qadimgi turkiy so'zlar tashkil etgan. Eski o'zbek tili manbalariga doir tadqiqotlar ham shu fikrni tasdiqlaydi. X I-X IV asrlarda yaratilgan qo'lyozm a manbalar tilida iste’mol qilingan 700ga yaqin ijtimoiy-siyosiy terminlarning 640dan ortig'i Navoiy asarlarida kuzatilishi ta'kidiangan.40 Qadimgi turkiy til olmoshlari ayrim fonetik o'zgarishlar bilan eski o'zbek adabiy tilida saqlangan.41 Qadimgi turkiy til so'zlarining aksariyati eski o'zbek adabiy tili davrida hech qanday o'zgarishlarsiz, ayrimlari fonetik yoki semantik o'zgarishlar bilan qo'llangan.42 Qadimgi turkiy tilga xos xususiyatlarning hozirgi turkiy tillarda kuzatilishi tadqiqotlarda qayd etilgan.43 A.M.Sherbak, E.Tenishev, A.Pokrovskaya, N.Gadjiyeva, A.Koklyanova, F.ls'hoqov. A.Yuldashevlaming izlanishlari qadimgi turkiy til davriga xos so'zlarning hozirgi turkiy tillarda nomlash (ot), ifodalash (harakat - f e ’l), ko'vsatish (olmosh), belgilash (sifat) vazifalarida ishlatilayotganligini ko'rsatadi. Turk xoqonligi davriga xos so'zlarning asosiy qismi hozirgi turkiy tillarda qo'llanadi.44 E.Begmatov DTSga tayangan holda, qadimgi turkiy tilga xos 2500 dan ortiq so'zning hozirgi o'zbek adabiy tilida qo'llanishini ta’kidlaydi. Bu so'zlar turli yo'nalishdagi tushuncha ifodalari bo'lib, .yigirmaga yaqin leksik-semantik guruhga mansubdir.45 Ijtimoiy sohaning turli ko'rinishlariga oid tushimchalarni ifodalovchi qadimgi so'zlar hozirgi turkiy tillarda ishlatiladi. O'zlashgan qatlam. Turkiy tillardagi у u none ha, arabcha, forschatojikcha, xitoycha, m o'g'ulcha, ruscha so'zlar o'zlashgan qatlamni tashkil etadi. Turkiy tillardagi o'zlashgan qatlamning asosiy qismi arab, fors-tojik, rus tillaridan kirgan so'zlardan iboratdir. Arabcha so'zlar diniy terminlar va turli soha nomlaridir. Arabcha so'zlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1. (vjf h harflari ishtirok etgan so'zlar, asosan, arabcha: vazir, fih; hosil. 2.’(tutuq belgisi) ishtirok etgan so'zlar arab tiliga mansub: m a’no, ta ’limot, na ’ra va b.; 3.Arabcha so'zlar siniq ko'pligiga ega, ya’ni ko'plik so'z tarkibini o'zgartirish bilan hosil qilinadi: hol-ahvol, xabar-axbor, ruh-arvoh, xulqaxloq, she 'r-ash ’or va h.k.; 4.Arab tili konsonant hisoblanib, arabcha so'zlarda o'zakdoshlar leksema tarkibidagi undoshlar yordamida hosil qilinadi: hukm-hokimhakam-mahkama-hokimiyat; fikr-tafakkur-mutafakkir; kitob-maktabkutubxona-maktub; sinf-tasnif; hurmat-ehtirom-marhamat-muhtaram. Turkiy tillardagi arabcha so'zlar: kitob, maktab, xalq, maorif shoir, та ’no, ilhom, san 'at, tanqid, madaniyat, kashf, a ’lo, odob, xat, savod, amal, oila, inson, husn, nutq, soat, avlod, savol, sin f millat, hikoya, maqol, hayot, shamol, qadr, dohiy, mag'rur, xafa va h.k. Forscha-tojikcha so'zlar. Forscha-tojikcha so'zlar turkiy tillar lug‘at tarkibida qadimdan mavjud bo'lib kelgan. Forscha-tojikcha so'zlar quyidagi xususiyatlarga ega: a) ch, 1 ,g, z undoshlari bilan boshlanadigan so'zlar, asosan, forschatojikcha hisoblanadi: lola, gul,chaman; b) -xo ‘r, -noma, -do % -xon, -namo. -shunos, -boz, -bon, -dor, be-, noser- kabi qo‘shimchalar forscha-tojikchadir. Turkiy tillardagi forscha-tojikcha so'zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, gul, xona, mirob, dasta, bemor, g'isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, sharobxo'r, serob, shirin, mard, mehribon. jonajon, kamtar, kam, chala, go'sht, non, sozanda, sabzavot, reja, dard, ombur, dugona, do ‘st, peshona, kaft va h.k. M o'g'ulcha so'zlarning o'zlashish omillari tadqiqotlarda qayd etilgan.46 V.I.Rassadin fikricha, Chig'atoy va uning vorislari hukmronligi davrida eski o'zbek tiliga yuzga yaqin m o'g'ulcha so'z o ’zlashgan. Hozirgi turkiy tillarda m o'g'ulcha so'zlar miqdorining bundan ko'proq ekanligi qayd etilgan. Jumladan, oltoy tili shevalarida 830 dan ortiq m o'g'ulcha so'z ishlatilishi aniqlangan.47 Eski o'zbek tilida ishlatilgan m o'g'ulcha so'zlar shaxs otlari: (qorovul, chag'dovul, chig'dovul, yasavul, shig‘avul, kuragon, dorug'a); harbiy kiyim-kechak nomlari: (dubulg ‘a, ко ‘ha, о ‘pchin); harbiy harakatga doir terminlar (burong'or, javong'or, g ‘o ‘l// qo'l, shiba kabilar)dan iborat. M o'g'ulcha so'zlarning 97%i harbiy terminlardir. -vul affiksi orqali yasalgan hiravul, eravul, bakavul, yasavul, jangdavul, chag ‘davul singari harbiy terminlar eski o'zbek tilida faol qo'llangan. Qadimgi turkiy til manbalarida eravul o'rnida yezak, “ilg'or qism”, ya'ni “avangard boshlig'i” m a’nosini ifodalovchiyesak basi, “ayg'oqchi otryad” m a’nosidagi tutgaq so'zlari ham qayd etilgan. Izohlarda tutgaqning, asosan, tunda harakat qilishi ta’kidlangan (DLTind,288). Eski turkiy til obidalarida xonni muhofaza qiluvchi (faqat tunda emas, umuman) shaxs jatgaq deyilgan (DLTind,l 19); yatgaq, tutgaq “(tungi otliq otryad” (DTS.592); bilgiici “razvedkachilar (DTS,98); yortug “jang kunlarida yoki biror yerga borishda xonning atrofida boradigan soqchilar” (DLT,III,48) m a’nosidagi turkiy terminlar keyingi davr o'zbek tili manbalarida, deyarli, uchramaydi. Bu so'zlar m o‘g‘ulcha terminlar o‘zlashishi sababli iste’moldan chiqqan. T u rk iy tillar leksikasi taraqqiyotida leksemalaming semalari doirasida 0‘zgarish kuzatiladi. Semantik o'zgarishlar, asosan, m a’no kengayishi va m a’no torayishi bilan izohlanadi. Masalan, ogul / oglan, qiz ogul / qiz oglan. Hozirgi turk tilida kiz oglan; turkman tilida giz oglan. 45 B a’zi turkiy leksemalarning hozirgi qo'llanishida semantik torayish kuzatiladi. Bu holat tilning tarixiy taraqqiyoti jarayonidagi ichki qonuniyatlar hamda shu tushunchani ifodalovchi boshqa yasama leksik birlikning shakllanishi yoki boshqa tilga oid leksik birlikning o‘zlashishi bilan izohlanadi. Oglaq so‘zi ulaq shaklida ham uchraydi, ogul bilan asosdosh. Bu so‘z yoqut tilida uol shaklida “o‘g‘il” m a’nosi bilan birga “nevara” m a’nosida ham ishlatiladi. L.Bernshtam yoqut tiliga asoslanib, ogul so'zi umuman avlodni bildirishini ta’kidlagan.48 A. Kononov ogul “ona” m a’nosildagi og va kichraytiruvchi -ul affiksidan iborat, degan fikrni aytadi (qiyos: siyil).*9 Singil/sirjil o ‘rxun-enasoy vodgorliklarida ham uchraydi. Siyil chulim turklari tilida “erning ukasi yoki jiyani” m a’nosida ishlatiladi. Eng qadimgi davrlarga xos bo'lgan aka so‘zi “Boburnoma”da ayollarga nisbatan qo'llangan. Maxfi kisilar banb aktim bila yarja bilti, Payanda Sultanbeglmni "aka" deredim (BN, 146,1); "Воburnоma"ning 1960-yildagi nashrida ham, Gulbadanbegim asarida ham oka shaklida keltirilgan. Gulbadanbegim onam o ‘rnida okam hazratlari birligini ishlatgan.50 Bu so‘z Eyji Mano matnida aka shaklida berilgan51. M.Salve tarjimasida ham aka ishlatilgan52. Ayollarga nisbatan ishlatilgan aka so‘zi o ‘zbek tilidagi lug‘atlarda uchramaydi. Pave de Kurteyl lug'atida “ona” m a’nosidagi m o'g'ulcha so‘z, deb izohlangan.53 Chuvash tilida aka so‘zi akka shaklida “opa”, “ota tomonidan buvining opasi” m a'nolarida qo‘llanadi. Chig‘atoy tilida agaca, akacd so'zlari “begim”, “opa” m a’nolarida ishlatilgan. Bu so'zlarda -cha jinsni ifodalashga xizmat qilgan va ayollarga nisbatan qo'llangan. Turkiy tillar leksikasi taraqqiyotida m a’no ko'chishi turli usullar yordamida yuzaga kelgan. Masalan. metonimiya asosida qabila nomlariodamlarga nisbatan ishlatilgan. V.Vladimirsov m o'g'ullar haqida yozar ekan, tutukul 'yut qabilasidagi erkaklar tutukultay, ayollar tutukulchin deb atalganini ta’kidlaydi. Ayrim so‘zlar semantikasidagi o'zgarishlar qism nomining butun denotatni anglatishi va, aksincha, butun nomi bilan denotat qismini nomlash kuzatiladi. М., tam qadimgi turkiy tilda “devor”; “uyning ustki qismi”; “uy” ma’nolarida qo‘llangan (DLT.1,299). Bu m a’nolar hozirgi turkiy tillarda va shevalarda Saqlanib qolgan. Ayrim turkiy tillarda mazkur so'z farqli m a’nolarda qo'llanadi. Jumladan, qozoq tili shevalarining janubi-sharqiy qismida tam “yerto'la”, shimoli-g'arbiy qismida “qabr” m a’nolarida ishlatiladi. M o‘g‘ul tilida bu so‘zning “tubsiz chuqur” m a’nosi kuzatiladi. “Shajarayi tarokima”da tam va ev so‘zlari juft qoilanib. “shahar” tushunchasini ifodalagan; tam ev $aldi “shahar qurdi”54 . “Bobumoma”da tam ikki m a’noni: obyektni hamrjda obyektning qismini ifodalovchi leksik birlik sifatida qo'Ilangan, “uy” ;ina’nosida kelgan:. ...tamga va yigacqa osbu tislarini qoyub, zorlabyiqitur ((BN, 199,1); “uyning ustki qismi“, “kuzatish joyi” m a’nolarida qo‘llangan: Кип tusga yavuq tamdin tushtib, meniij qasumga kelib ay’tadurkim, Yusuf daruga keladiir (BN,99,II). Tam so'zi semantikasida o‘zgarish yuzaga kelib, hozirgi o'zbek adabiy tilida m a’no taraqqiyoti (sinekdoxa) asosida “uyning, binoning ustini bekitib turuvchi tepa qism r’ni ifodalaydi ( 0 ‘TIL,IV,139). “Uy” m a’nosi ayrim shevalarda saqlanib qolgan. Turkiy tillarda so‘zlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shm a, juft, takror ko‘rinishda bo‘ladi. Sodda so‘zlar: щйк - ozarb., uyg'., o'zb. inak, olt., gag., qirg'., tuv., turk, turkm., xak. inek; chuv. ene; yoqut. inah. Qadimgi turkiy tilda: itjak. ( Tuva tili shevalarida jalaij leksemasi to 'rt yoshdan oshgan qoramol uchun ishlatiladi. Quralay / kuralai: boshq. koralai, qoz. kuralai, o'zb. (dial.) kuralay. L. Budagov lug'atida “yovvoyi echki bolasi” m a'nosida qayd etilgan. Qo'shm a so'zlar: turk. sacli sigir “bizon”; turkm. dere sigin “bug'u”; turkm. mal gara “qoramol”; ozarb. dag kecisi, qirg'. to ecki “tog' echki si": kor sican; boshq. hukip siskan, gag. kelema sican “yumronqoziq”, qoz. mujima tiskan “kalamush”; yarkanat “ko'rshapalak”.

Leksikologiya, leksik sath haqida umumiy ma'lumot.



Download 45.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling