Bob XIX-XX asrlarda Estrada musiqa san’atining rivojlanishi


BOB XIX-XX asrlarda Estrada musiqa san’atining rivojlanishi


Download 59.19 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi59.19 Kb.
#1551521
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-20 asrlarda estrada musiqa san\'ati

BOB XIX-XX asrlarda Estrada musiqa san’atining rivojlanishi

1.1 O ‘zbekistonda milliy estrada san’atining bunyodga kelishi.

1917-1950-yillar xalqimizning ko‘p asrlik boy musiqiy merosi, an’analari negizida yuzaga kelgan ma’naviy dunyosi keng ommaiasha boshlandi. Shu davrda keng ommaning musiqa havaskorligiga jalb etish ishlari, havaskorlik to‘garaklarini tashkil qilish avj oldi. Musiqa folklori va og‘zaki an’anaviy professional musiqa deb yuritilgan xalq qo‘shiqlari va cholg‘u kuylari, mumtoz kuy va ashulalami targ‘ib etishda professional va havaskorlik jamoalari shakllana boshlandi. Shular qatorida bir va ko‘p ovozli uslubiy yo‘nalishda o‘zbek estrada san’ati ham bunyodga kela boshlandi. Turli milliy vokal-cholg‘u ansambllar, «jaz», «simfo-jaz» orkestrlari shakllandi va ularda ijro etuvchi havaskor va professional xonanda va sozandaiarning birinchi avlodlari yetishib chiqdi. «Estrada san’ati» shakllanishidagi ilk jarayon, bu san’at yo‘nalishini ifoda etuvchi va amaliyotda keng qo‘llanila boshlangan atamalar bilan bog‘liqligini e’tirof etish lozimdir. Jumladan: «Estrada» (fransuzcha ESTRADA, lotincha STRATUM) atamasi aslida taxtadan pol qurish yoki sahna qurish ma’nosini anglatadi. Shu bilan birga konstertlar o‘tkazish uchun maxsus qurilgan sahna(joy)ni bildiradi;


1. «Estrada konsterti» - bir xil yoki turli xil san’at namunalari yig‘indisidan tuzilgan konstert tomoshasi.
2. «Estrada san’ati» - musiqaning bir turi bo‘lib, ko‘p qamrovli, ko‘pincha yengil cholg'u va vokal musiqa asarlar yig'indisi.
3. «Estrada musiqasi» — turli mavzu va mazmunda bastalangan yengil, rang-barang, xilma-xil qo‘shiq, cholg‘u musiqasi, musiqa san’atining bir turi.
4. «Estrada bastakori (kompozitori)» - estrada musiqasini bastalovchi ijodkornmg nisbiy nomi.
5. «Estrada xonandasi yoki sozandasi» - ijrochi san’atkor, kasbiy mutaxassisning nisbiy nomi.
6. Estrada musiqa jamoalarinmg nomlari: «Estrada orkestri», «Estrada-simfonik orkestri», «Jaz orkestri», «Simfo-jaz orkestri», «Big-bend», «Estrada vokal-cholgu ansambli» va boshqalar.
7. «Pop musiqa» (inglizcha - popmusic) - G‘arb madaniyatida keng tarqalgan ommaviy musiqa tushunchasi. Uning turlari va uslubiy yo'nalishlari mavjud: «Rok. musiqa», «Xard-rok», «Disko», «Rep», «Xevi», «Blyuz» va boshqalar.
Bu atamalar XX asrning 50-yillaridan jahon musiqa olamiga kirib keldi. Hozirgi kunda “estrada qo‘shiqchiligi” ommaviy musiqa madaniyatining yetakchi yo‘nalishi sifatida e’tirof etish lozim. 0 ‘zbek estrada san’atining shakllanishi va rivojlanisfe jarayonlari. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalq orasida «estrada», «estrada konsterti», «estrada san’ati» kabi atamalar iste’molga kirib kela boshladi. Bu Turkiston oikasining shaharlariga Rossiyadan gastrolga kelgan konstert gumhlarining chiqishlari bilan bog‘liq edi. XX asrning 20-30-yillarida 0‘zbekistonda tashkil etiSgan «Ashula va raqs guruhi», «Mashshoqlar to‘dasi», «Musiqiy etnografik ansambl»laming xalq ommasiga ko‘rsatgan tomoshalarini «konstert», «estrada konsterti» deb e’lon qilish asta-sekin odat tusiga kirdi. Shu davrdan boshlab musiqachilar ahli va xalq orasida «konstert», «estrada», «ansambl» kabi atamalar xalq orasida ommalasha bordi. 1927-yili Ali Ardobus (Ibrohimov) Samarqand shahrida yosh havaskorlardan tuzgan «Ko‘k ko‘ylaklar» ansambi konstertini «estrada konsterti» deb e’lon qiladi. 0 ‘zbekistonda zamonaviy milliy estrada san’atini tashkil etilishi va rivojiga Tamaraxonim (1906-1987) o‘zining ulkan hissasini qo‘shadi. 0 ‘zbekistonda Yevropa uslubidagi estrada san’atining turli xillari XX asfning 40-yillaridan boshlab amaliyotga kirib keldi. Bn asosan Moskva va Leningrad shaharlarida bunyodga kelgan estrada orkestrlariga taqlid qilgan holda, rusiyzabon san’atkorlarning tashabbusi bilan respublikamizning yirik korxonalari madaniyat saroylarida paydo bo‘ldi. 1940-yili Tashkent shahrida M. Jolkov rahbarligida «Myuzik xoll» estrada jamoasi va 0’zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida 1942-yili estrada ansambiii, 1944-yili N. Zinin rahbarligida «Simfo-jaz orkestri» tuzdi. Ushbu ansambllarning ijro dasturi asosan rus kompozitorlarining qo‘shiq va cholg‘u musiqalaridan tuzilgan edi. Tamaraxonim ijodi haqida qarang: Tamaraxonim o‘z ijrochilik ijodiy faoliyatini Hamza Hakimzoda Niyoziy «Vostok» agilbrigadasida boshlaydi (1919). 1921-yil davomida Toshkent shahar rus balet maktabida tabsil oladi. 1922-yili Muhiddin. Qoriyoqubov ashula va raqs ansamblida o‘zbek musiqa san’atining yetuk namoyandalari Usta Olim Komilov, Yusuffon qiziq Shakarjonov, Hojisiddiq Islomov, To'xtasin Jalilov, Abduqodir Ismoilov kabi ustozlar bilan birga faoliyat olib boradi. Tamaraxonim o‘zbek va boshqa jahon xaiqlarining qo‘shiq, lapar, yalla va raqslarini o‘rganadi va mohiiiona ijrochisigi aylanadi. 1924-1925-yillarda Moskva shahar teatr texnikumida tahsil oladi. 1925-yilda Parijda o‘tkazilgan jahon xalqlari amaliy san’ati ko'rigining kontsert dasturida M. Qoriyoqubov bilan birga qatnashib, o‘zbek xalq qo‘shiq lapar, yalla va raqs namunalarini namoyish qiladi. Tamaraxonim o‘z ustozi Usta Olim Komilov bilan o‘zbek san’aiming rivojiga samarali ulush qo'shdilar. Ular hamkorlikda xalq musiqa merosida mavjud qo'shiq, lapar, yallalami betakror raqs harakatlari bilan uyg‘uniashtirib, yakka raqslami o‘zbekona milliy ko‘rimshda taiqin etadilar. Tamaraxonim ijro etgan asarlar, uning repertuaridagi «Oyijon», «Bo£g‘macha bilagim». «Tanavor», «Oromijon», «Dilxiroj», «Farg‘onacha jonon», «Yali-yali», «Gulyor», «Zavq», «Tasadduqman», «Ro‘molim», «Yana nima gaplar bor», «Joney» yoki «Olmani otdim otganga», «Qoraqosh», «La’K Badaxshom>, «Ililla yor», «Sanam uforisi», bastakor P. Rahimovning «Jon, jon O‘zbekiston», «Bizning davron» kabi qo‘shiq, yalla, laparlar hamda «Zang», «Sadr», «Gul o‘yin», «Pilla», «G‘ayratli qiz», «Buxorocha raqs», bastakor Orif Gannon(Toshmatov)ning «Andijon polbkasi» kabi raqslar xalq orasida keng ommalashdi. Ular 1930-yili Butunittifoq oiimpiadasida, 1932-yili 0 ‘zbekistonda o‘tkazilgan olimpiadada, 1935-yiIi Londonda o'tkazilgan Jahon xalqlari raqs san’afi festivalida faol qatnashib, o‘zbek musiqa san’atini dunyoga tanitdifar. 1940-yil 0 ‘zbekiston davlat filarmoniyasining tarkibida «Tamaraxonim» milliy estrada ansamblini tuzdi va o‘z ishini davom ettirdi. XX asming 60-70-yillarigacha mazkur ansambl estrada san’atini rivojlanishiga o ‘z hissasini qo‘shdi, Uning ijro repertuarida dunyo xaiqlarining qo'shiq va raqslari mavjud edi. Uning boy repertuaridan nafaqat xalq, balki zamonaviy komrpozitorlaming asarlari o'rin oldi. Masalan, «0‘zbekcha vals», «Yaxshi gul» (P. Rahimov.), «Go‘zal Farg‘ona» (M. Burhonov), «Mohi gul» (D. Soatqulov), «Toshkent piyolasi» (K. Jabborov), xalq qo‘shiq va laparlaridan «Qo‘qoncha», «Erta bilan», «Marg'iloncha», «Yallama yorim», «Farg‘onacha raqs», «Buxorocha raqs2», «Xorazm lazgisi», «Tom boshida»; turkmancha «Bibijon»: mo‘g‘ulcha «Arvin tavni sara» («Yangi oy»); gruzincha «Nikoh to‘yi»; ozarbayjoncba «Doyma dedi» («Eshikni taqirlatma»); qirg‘izcha «Parizod oy»; aimancha «Zangezur» va «Kim kelayapti»; tatarcha «Garmonchi suda, suda», va «Jiznikay»; yoqutcha «Kurules Kyuregora» («Bahor kunlari»); qozoqcha «Qora to‘rg‘ay»; uyg‘urcha «Qoshingni qorasi»; hindcha «Paglaxavar» («Shamol»), «Suriya asta» («Hosil») va «Mudji me dji» («Nilufar»); turkcha «Yor, yor omon» va «Gulizor»; indoneziyacha «Qaydasan qo‘zichog‘im», «Chando» («Aks-sado»); arabcha «Binti slmlabiya» («Xumor ko‘zlao>); yaponcha «Andzu-Banday-san» («Banday tog‘i»); atg‘oncha «Shirin zabon»; koreyscha «Yansando» («Cho‘pon o‘ymi») va «Toradi» («To‘quvchi»), ispancha «Torero» va boshqa xalqlaming qo‘shiq va raqslarini tabiiy tarzda, an’anaviy milliy ijrochilik harakatlarini musiqa ohangi bilan uyg‘unlashtirib ijro etishga erishdi. Tamaraxonim o‘z ijrochilik mahorati, uslubi bilan estrada san’atidagi o‘ziga xos maktab yaratdi.


Download 59.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling