Bob XIX-XX asrlarda Estrada musiqa san’atining rivojlanishi


-80-yillarda zamonaviy o‘zbek estrada san’atining rivojlanishi


Download 59.19 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi59.19 Kb.
#1551521
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-20 asrlarda estrada musiqa san\'ati

1. 2. 1950-80-yillarda zamonaviy o‘zbek estrada san’atining rivojlanishi.
XX asrning 50-60-yillarida respublikamizda estrada jamoalari ishtirokida tornoshabinlar uchun konstert berish rasm bo‘la boshladi. 1954-yilda 0‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida «Estrada kvarteti» ansamblini tuzdi. 1954-yili « 0 ‘zbek davlat estradasi» tashkil etitdi va barcha jamoalar uning tarkibiga o'tkazildi. Asosiy maqsad estrada musiqani rivojlantirish edi. 1957-yilda, Moskva shahrida jahon yoshlari va talabalarining VI xalqaro festival! o‘tkazilish munosabati bilan Toshkentda «Yoshlik» milliy estrada ansambli tuziladi. Ansambl ikki guruhdan iborat bo‘lib, “Milliy estrada ansambli” va “Estrada ansambli” deb nomlanadi. Ansamblga yetakchi sozandalar bilan birga B.Zokirov, L.Zokirova, N.Zokirov, F.Sodiqova, R.Nomozov, N.Eshonxo‘jayev kabi xonandalar taklif etiladi. Jamoa ijro dasturida kompozitor E.Salixov va V.Dementevlar bastalagan yoshlik, do‘stlik, tinchlik mavzusidagi qo‘shiqlari o‘rin oladi. 0 ‘zbekiston yosh san’atkorlari o‘z san’atlarini jahon yoshlari oldida namoyish qildilar va festival diplomiga sazovor bo‘ldilar. Festivalda ilk bor xonanda Botir Zokirov o‘zining estrada qo‘shiqlari bilan ishtirok etadi va tomoshobinlar e’tiboriga tushadi. Uning ajoyib, noyob tembrga ega, betakror ovozi barcha tinglovchilarni maftun qildi va estrada xonandaligi faoliyatini belgilab beradi. So‘ngra o‘zbekistonda estrada ijrochiligiga alohida e’tibor sifatida 1958-yili 0 ‘zbekiston davlat estrada jaz orkestri tashkil qilinadi. Sh. Ramazonov badiiy rahbariligida kompozitor Anatoliy Kroll va dirijor Yevgeniy Jivayevlar faoliyatlarini boshlaydilar. Orkestr ijro repertuarida «Arabcha tango», afg‘on xalq qo‘shig‘i «О, karvonboshi», «Maro bebus» qo‘shilari, meksikancha «Xayr muhabbat», bir qator o‘zbek xalq qo‘shiqlari davrning ommabop qo‘shiqlariga aylanadi. 0 ‘zbek bastakorlari va kompozitorlari musiqa ijodiyotida, ayniqsa estrada janriga boigan e’tibor oshadi va xalq musiqasi ohanglariga asoslangan va zamonaviy qo‘shiq va kuylar yaratiiadi. Ushbu sohada bastakorlardan MMirzayev, E.Salixov, Sh.Ramazanov, Yan Frenkel, A.Nesterov, A.Malaxov, X.Izomov, S.Yudakov, M.Burhonov, MAshrafiy, Ye.Jivayev kabi kompozitorlar o‘z asarlarini yaratadiiar. «Ey mehribonim», «Namanganning olmasi», «Qahramon qizlar», «Toshkent haqida qo‘shiq», «Toshkent osmoni», «Muhabbat», «Mafitun bo‘ldim» kabi qo‘shiqlar, orkestr ijrosi uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Estrada guruhlari. Shu davrga kelib o‘zbek estra ijrochiligi san’atida jahon musiqa ijrochiligi andozalariga xos ijro an’analari kirib keladi. Jamoaviy ijro, ya’ni vokal-cholg‘u ansambllari shakllanadi. Buning keng rivojlanishiga 1970-yili yosh san’atkorlardan tuzilgan “Yaila” vokal-cholg‘u ansamblining faoliyati alohida o‘zining ta’sirini namoyon etdi. Estrada san’atida pop-musiqa, rok-musiqalarining vokal-cholg‘u guruhlari ustuvor o‘ringa,chiqib ketdi. «Yalla» vokal-cholg‘u ansambli o‘zinmg ilk konsert dasturini namoyishidan boshlab tomoshabinlar e ’tiboriga tushdi. Amaliyotda, yosh xonanda va sozandalarni birlashtirgan “Navo”, “Sado”, “Navruz”, ....... . kabi bir qator vokal-cholg‘is ansabllari tashki! etildi va o‘ziga xos yo‘nalishlarda faoliyat olib bordilar. 80-yillar o‘rtalariga kelib, ansambllar o‘rnini yakkaxon xonandalar ijodi egallaydi va o‘ziga xos ijodiy rivojlanish yangi bosqichi boshlanadi.



Download 59.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling