Bob XIX-XX asrlarda Estrada musiqa san’atining rivojlanishi


O’zbek xalq cholg’u asboblari -musiqa madaniyatining yuksak namunasi


Download 59.19 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi59.19 Kb.
#1551521
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-20 asrlarda estrada musiqa san\'ati

2.3 O’zbek xalq cholg’u asboblari -musiqa madaniyatining yuksak namunasi

O‘zbek musiqa madaniti va uning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan cholg‘ular va cholg‘u kuylari qadim qadimdan boy va murakkab tasviriy imkoniyatlarga ega. Eramizning birinchi asrlarga oid manbalar tarix navislar asarlari, badiiy adabiyot namunalari va O‘zbekistonda arxeolglar tomonidan topilgan qadimgi yodgorliklarda jumladan cholg‘u asboblari va cholg‘uchilar tasvirlangan (haykalchalar) devorlarga chizilgan badiiy rasmlar va boshqalar bundan dalolat beradi.


Bu yodgorliklarda tasvirlangan cholg‘ularning ko‘pchiligi keyingi asrlarda ham ishlatilganligi haqidagi ma’lumotlar o‘rta asr olimlari Abu Nasr Forobiy(X asr), Abu Abdullo Хorazmii (X asr), Abu Ali ibn Sino ( XI asr), Axmadiy (XIV asr), Abdurahmon Jomiy (XV asr) va boshqalarning musiqaga oid asarlarida uchraydi.
Ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441 – 1501) asarlarida ud, tanbur, chang, rubob, qo’biz, g‘ijjak rud nay, surnay, karnay, daff (yoki doira) kabi o‘rta asrlarda keng rasm bo‘lgan cholg‘ularning nomlari qayd etiladikiy ularning ko‘pi bizgacha deyarli o‘zgarishsiz yetib kelgan. Bu cholg‘ular o‘z tuzilishi va ijrochilik uslublarga qarab uch turga bo‘linadi.
1. Urib chalinadigan musiqa asboblari (doira, nog‘ora, safoil, qo‘shiq va boshqalar)
2. Puflab chalinadigan musiqa asboblari (nay, surnay, bulamon, qo‘shnay, karnay)
3. Torli cholg‘ular (qo‘biz, g‘ijjak, sato, tanbur, tor, dutor, do‘mbira, afg‘on rubob, qashqar rubob, ud, chang va boshqalar)
“ Cholg‘u" va ashula kuylariga jo‘r qilib chalinadigan usullar.
Yakka doirada (yoki ikki-uch doirada) chalinadigan,asosan raqs-larga jo‘r bo‘ladigan usullar.
Usullar o‘z tuzilishi jihatidan odatda ma’lum kuyning hususiyatlari hamda ashulada foydalanilgan she’r vazni bilan bog‘langandir. Shuning uchun ham she’r vazni va usul tuzilishi hamda ularning nazariy yoritish uslublarida umumiylik seziladi. Ma’lumki, she’riyatda aruz vazni asosini tashkil etuvchi qisqa va uzun bo‘g‘in birikmalarining turlarini o‘rta asr olimlari unlili va unlisiz undosh harflar birikmalari yordamida, she’r vaznini esa shu yo‘lda tuziladigan shartli formulalar (foilun, mafoilun v. b. k.) bilan belgilaganlar. Masalan, aruzning tarkibiy qismini tashkil etuvchilardan sug‘ra ikki undosh (biri unli, biri unlisiz) harflar bilan belgilanadi («men» so‘ziga o‘xshagan). Naqrlar (ritmik tuzilmalarning eng kichik bo‘lagi)dan iborat musiqadagi ritmik tuzilmalar ham unlili va unlisiz undosh harflar yordamida «tan» shaklida belgilanadi va bu yasama so‘z odatda cxor aktalik yoki sakkiztalik notaga tenglashtiriladi ( «tan» yoki «bum» bir xor aktavalik yoki bir sakkiztalikka, «tana» yoki «baka» esa ikkita sakkiztalik yoki ikkita o‘n oltitalik notalarga teng bo‘ladi).
Odatda jo‘r qilinib chalinadigan usullar ma’lum ritmik tuzilmalardan iborat bo‘lib, ijro etilayotgan kuy tugaganga qadar deyarli o‘zgarmasdan ko‘p marta takrorlanaveriladi. Faqat ayrim musiqa asarlaridagina usul o‘zgaruvchan bo‘ladi yoki yangi-yangilari bilan almashinib turadi.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Shu davrda keng ommaning musiqa havaskorligiga jalb etish ishlari, havaskorlik to‘garaklarini tashkil qilish avj oldi. Musiqa folklori va og‘zaki an’anaviy professional musiqa deb yuritilgan xalq qo‘shiqlari va cholg‘u kuylari, mumtoz kuy va ashulalami targ‘ib etishda professional va havaskorlik jamoalari shakllana boshlandi. Shular qatorida bir va ko‘p ovozli uslubiy yo‘nalishda o‘zbek estrada san’ati ham bunyodga kela boshlandi. Turli milliy vokal-cholg‘u ansambllar, «jaz», «simfo-jaz» orkestrlari shakllandi va ularda ijro etuvchi havaskor va professional xonanda va sozandaiarning birinchi avlodlari yetishib chiqdi. «Estrada san’ati» shakllanishidagi ilk jarayon, bu san’at yo‘nalishini ifoda etuvchi va amaliyotda keng qo‘llanila boshlangan atamalar bilan bog‘liqligini e’tirof etish lozimdir.
Hozirgi kunda “estrada qo‘shiqchiligi” ommaviy musiqa madaniyatining yetakchi yo‘nalishi sifatida e’tirof etish lozim. 0 ‘zbek estrada san’atining shakllanishi va rivojlanisfe jarayonlari. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalq orasida «estrada», «estrada konsterti», «estrada san’ati» kabi atamalar iste’molga kirib kela boshladi. Bu Turkiston oikasining shaharlariga Rossiyadan gastrolga kelgan konstert guruhlarining chiqishlari bilan bog‘liq edi.
R.Sharipova professional ijrochi sifatida ilk bor 0‘zbekiston kompozitorlari G‘. Qodirovning «Ayajonim koyimang» (S.Zunnunova), X.Izomovning «Kim o‘zi?» (E.Rahim) Sh. Ramazonovning «Gulchi qiz» (M.Qoriyev) kabi estrada qo‘shiqlarini ijro etib tinglovchilar e’tiboriga tushadi.
Botir Zokirov. Zamonaviy milliy estrada qo‘shiqchilik san’atining asoschilaridan biri, mohir xonanda. U 1936-yilning 26-aprelida Moskva shahrida san’atkorlar oilasida dunyoga keladi. Yoshlik davri ulug‘ ustozlari ko‘z oldida o‘tdi, ulaming san’atlaridan bahramand bo‘ldi.
Kozim Qayumov. «Navo» estrada ansamblining yana bir yakkaxoni 0’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kozim Qayumov o‘ziga xos, betakror, shirali ovozi bilan el-yurtga tanildi. Xonanda ijro etgan qo‘shiqlaming orasida l.Akbarovning «Omad lahzasi», E.Shiryayevning «Yoshligim» (H.Olimjon), A.Rasulovning «Jonona» (P.Mo‘min), V.Baramikovning «Charxpalak» (Sh.Boshbekov), D.Ilyosovning estrada-simfonik orkestr uchun qayta ishlagan o‘zbek xalq qo‘shig‘i «Yor keladi», «Yovvoyi lanavor», «Oromijon» va h.k. Nasiba Abdullayeva. 1978- yili Samarqand shahrida «Zarafshon» havaskor estrada ansamblida estrada xonandaligi faoliyatini boshlagan.
XX asming 90-yillarida o‘zbek estrada san’ati olamiga xonanda, 0 ‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zining keng nafasi, noyob ovozi va birgina o‘ziga xos ijrochilik yoli bilan kirib keldi.
O`zbek folklori kuylari zaminida simfonik asarlar paydo bo`lib ularning eng yaxshilari respublika musiqa hayotidan o`rin oldi. O`zbek romansi va kamercholg`u pesalar yaratishdagi birinchi tajribalar ana shu davrga to`g`ri keladi.


Download 59.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling