Bob XIX-XX asrlarda Estrada musiqa san’atining rivojlanishi


II- BOB . Estrada guruhlari


Download 59.19 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi59.19 Kb.
#1551521
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-20 asrlarda estrada musiqa san\'ati

II- BOB . Estrada guruhlari.
2.1 . Zamonaviy estrada san’ati o‘zbek kompozitorlari ijodiyotida.
0 ‘zbek estrada musiqasining ijrochilik amaliyotida milliy musiqaga yo‘naltirilgan, folklor musiqasiga asoslangan, mumtoz musiqasiga taqlidan ergashgan, kompozitorlik ijodida yaratilgan yangi namunalarga asoslangan qator yo‘nalishlar yuzaga keldi. Buni albatta, o‘zbek estrada musiqasining umumiy panoramasidagi turli milliy va professional yo‘nalishlar deb qabul qilish lozimdir.
Botir Zokirov. Zamonaviy milliy estrada qo‘shiqchilik san’atining asoschilaridan biri, mohir xonanda. U 1936-yilning 26-aprelida Moskva shahrida san’atkorlar oilasida dunyoga keladi. Yoshlik davri ulug‘ ustozlari ko‘z oldida o‘tdi, ulaming san’atlaridan bahramand bo‘ldi. 1953-1954-yili Toshkent davlat konservatoriyasida tahsil oldi. 1950-yillardan boshlab san’atda samarali faoliyat yurita boshlaydi va faoliyati davomida ulkan yutuqlarga erishadi. Zamonasining dongdor kompozitorlari bilan hamkorlik qilib so‘nmas asarlar ijro etadi va o‘zbek estrada musiqasi yo‘nalishida o‘z ijro uslubini yaratadi. Botir Zokirov ijrosida kompozitor Mutavakkil Burhonovning «Maftun bo‘ldim», Ikrom Akbarovning «Qaydasan», «Mahbubga» (T.To‘la), «Ra’no» (Sulton Akbariy), «Gazli», «Mahbubga», «Ketma, Nigor», «Qaydasan» (T. To‘la), «Eng gullagan yoshlik chog‘imda», «Xayolimda bo‘lding uzun кип» (H. Olimjon), «Qor yog‘ar» (S. Zunnunova), «Bahor fasli» (B. Zokirov), A. Muhamedovning «Bir oqshom» (S. Akbariy), Misr kompozitori Farid el Etrashning «Arabcha tango» va Meksika xalq qo‘shig‘i «Xayr muhabbat», X. Izomovning «Ko‘zi xumor» (Sh. Shorn uhamedov), E. Solixovning «Qurboning bo‘lay» (Q. Mahsumov), «Sog‘indi jon» (E. Vohidov), «Umid» (A. Muxtor) kabi qo‘shiqlarni maromiga yetkazib ijro etgan. Qayd etish kerakki, ushbu faoliyati bilan Botir Zokirov o‘zbek estrada musiqasining asosiy yoilaridan birini kashf etadi va xalq orasida namuna sifatida keng ommalashadi. Botir Zokirov o'zbek kompozitorlarining asarlari bilan birga chet el va ayniqsa sharq xalqlari estrada musiqa namunalarini alohida e’tibor bilan kuylaydi. Suriyalik bastakor O. Atxulla Sulaymonning «0‘tgan kun uchun уig'layman», Eron xalq qo‘shig‘i «Meni o‘p», bengal xalq qo‘shig‘i «Selling ovozingni hamma yoqda eshitaman», Livan xalq qo‘shig‘i «Оgub, fransuz tilida kompozitor J. Morening «Serste v nochi» va E.Masitasanning «Pesn о druge», arabcha qo‘shiq «Q‘tmishdan noliyman», afg‘oncha qo‘shiq «О provodnik karavana», Yugoslavcha qo‘shiq «Moviy ko‘zlar», italyan xalq qo‘shig‘i «Yashasin sevgi» kabi qo‘shiqlar shular jumlasidandir.
Ra’no Sharipova. 0‘zbekiston teleradiokompaniyasining Estrada-simfonik orkestrining yakkaxon xonandasi, sifatida faoliyat olib boradi. Xonanda R.Sharipova professional ijrochi sifatida ilk bor 0‘zbekiston kompozitorlari G‘. Qodirovning «Ayajonim koyimang» (S.Zunnunova), X.Izomovning «Kim o‘zi?» (E.Rahim) Sh. Ramazonovning «Gulchi qiz» (M.Qoriyev) kabi estrada qo‘shiqlarini ijro etib tinglovchilar e’tiboriga tushadi. So‘ngra u yillar davomida kompozitorlar shoirlar bilan hamkorlikda turli mavzularda rang-barang qo‘shiqlar yaratadilar. LHamroyevning «Rubobim» (O.Muxtor), Ye. Jivayevning «Dilbarim, dilkashim, dilbarim» (O.Muxtor), E.Shvarstning «Двое журавлей» (A.Faynberg); A.Berlinning «С новым годом» (R.Farhodiy), B.Umidjonovning «Oshiq» (Jomiy), «О, yulduzlar» (M.Qoriyev); D.Saydaminovaning «Seni o‘ylayman» (M.Muhamedov); ‘D.Ilyosovning «Seni o‘ylaganda» (S.Zunnunova), kompozitor E.Qalandarovning 30 dan ortiq qo‘shiqlarini ijro etdi. 0‘zbekiston teleradiokompaniyasining Estrada-simfonik orkestri ijodiy faoliyati keng ommalashadi. Bir qator xonandalar ijro amaliyotida estrada xonandalari sifatida dovriq qozonadilar. M. Shamayeva, R. Sharipova keyinchalik Pavel Borisov, Nadejda Churadayeva, Ra’no Sobirova, Malika Alimova, Leonid Makeyev, Kozim Qayumov va Shaxboz Nizamutdinov kabi xonandalar samarali faoliyat olib bordilar. Orkestrning birinchi rahbari kompozitor E. Salixov, so‘ng Yevgeniy Jivayev, Doni Ilyosov, Anor Nazarov va 1996-yildan buyon kompozitor Alisher Ikromov rahbarlik qilib kelmoqda. «Yalla» ansambli (VIA) 1970-yili tashkil qilindi. 1971-yilning 9-fevralida «Yalla» vokal-cholg‘u ansambli o‘zining ilk konsert dasturini tomoshabinlarga havola qildi. «Yalla” ansambli repertuarida qayta ishlangan o‘zbek xalq qo‘shig‘i «Yallamayorim»,bastakor Orif (garmon) Toshmatovning «Andijon polkasi» (Sayyor) va yosh kompozitor E.Salixovning «Qiz bola» (P.Mo'min) qo‘shiqlari tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga tortdi va xalq orasida keng ommalashdi. Tez orada «Yalla» o‘zining yorqin ijrochilik mahorati qiyofasiga, o‘ziga xos ijodiy uslubiga ega bo‘ladi, Ansambl repertuarini boyitishda qo‘shiqning milliy, sharqona boiishiga katta e’tibor berganliklari sababli, barcha yoshdagi tomoshabinlar ulaming konstert dasturlarini qizg‘in olqishlar bilan kutib oidilar. 1972-yili «Yalla» vokal-cholg‘u ansambliga Farrux Zokirov badiiy rahbar etib tayinlangandan keyin ansamblning mavqei yanada ortdi. Xalq orasida unutilib yuborilayotgan an’anaviy o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan «Yallama yorim», «Boychechak», «Handalak», «G‘ayra-g‘ayra», «Qilpillama», «Ganji qorabog4», «Sumalak», «Omonyor», «Torimning siri» (T.To‘la) kabi qo‘shiqlarga ansambl yangicha yondoshadi va zamonaviy ruhda tarqin etadi. F.Zokirov yaratgan «Andijonga boray dedim», «Men al-Xorazmiy», «Bolalik taronasi» (A.Xo‘jayev), «Uchquduq» (Yu.Ertin), «Shahrisabz», «Yurt ishqida yonaman», «Majnuntol», «Sendan go‘zali yo‘q» kabi original qo‘shiqlarni mohirlik bilan ijro etadi. 0 ‘zining faoliyati bilan, milliy an’analarni zamonaviy estrada talqinida alohida uslub yaratganligi va ijroda o‘mak bo‘lganligi sababli o‘zbek estradasining yetakchi jamoasiga aylanadi. 1979-yildan buyon «Yalla» ansamblida 0 ‘zbekiston xalq aitisti Farrux Zokirov rahbarligida, 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Aliyev Abbos, To‘xtayev Javlon, To‘laganov Alisher va musiqa rahbari Qo‘ziyev Sarvar kabi yuqori malakali san’atkorlar ijod qilib kelmoqdalar. Yosh kadrlar tayyorlash uchun 1978-yili « 0‘zbekkonsert» qoshida ikki yillik estrada-sirk san’at studiyasi, Hamza nomidagi Toshkent davlat musiqa bilim yurtida estrada bo‘limi tashkil etildi. Mazkur estrada bo‘limi 1990-yili bilim yurti tarkibidan chiqarildi va maxsus Estrada-stirk bilim yurti tashkil topdi. 1996-yilda esa O'zbekiston davlat konservatoriyasida estrada fakulteti tashkil qilindi. 1977-yilning ikkinchi yarmida 0‘zbekiston davlati tomonidan har yili estrada san’ati ijrochiligi bo‘yicha ko‘rik-tanlov o'tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qarorga asosan 1978-yildan boshlab har yili estrada san’ati bo‘yicha respublika tanlovini o‘tkazilib kelinadi.
Kozim Qayumov. «Navo» estrada ansamblining yana bir yakkaxoni 0’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kozim Qayumov o‘ziga xos, betakror, shirali ovozi bilan el-yurtga tanildi. Xonanda ijro etgan qo‘shiqlaming orasida l.Akbarovning «Omad lahzasi», E.Shiryayevning «Yoshligim» (H.Olimjon), A.Rasulovning «Jonona» (P.Mo‘min), V.Baramikovning «Charxpalak» (Sh.Boshbekov), D.Ilyosovning estrada-simfonik orkestr uchun qayta ishlagan o‘zbek xalq qo‘shig‘i «Yor keladi», «Yovvoyi lanavor», «Oromijon» va h.k.
Nasiba Abdullayeva. 1978- yili Samarqand shahrida «Zarafshon» havaskor estrada ansamblida estrada xonandaligi faoliyatini boshlagan. 1979-yili «Samarqand» nomli professional estrada ansambli bunyodga keldi. Mazkur ansambl 1980-yili Samarqand viloyat filarmoniyasiga 1994- yildan buyon ansambl Toshkentda faoliyat yutirmoqda. Estrada ansambli uchun aranjirovka qilingan xalq qo‘shiqlaridan: «Bari gal», «Tanavor», «Lazgi», «Sumbula», «Aylonay», «Dodarakam» (tojik xalq qo‘shig‘i), «Demadimmi» (tUrk xalq qo‘shig‘i): kompozitorlar qo‘shiqlaridan: U.Jivayevning «Samarqand» (H.Muhammad), N.Musayevning «Azizim onam» (Sh.Husanov), E.Salixovning «Sevgi bahori» (H.Muhammad), M.Leviyevning « 0‘rik gullaganda» (H.Olimjon), A.Rasulov musiqasi va so‘zi «Yoqasiz», «Muhabbat bormi dunyoda», «Yallama deyman» (LJiyanov), A.Xolmurodovning «Ko‘rgim kelar», «Umr bahori», «Taqdir qori» (B.Bobomurod), N.Muhamedovning «Qaldirg‘och» (K.Siddiqxo‘jayev), Sh.Tursunovning «Yaxshi odamlar» (M.Otajonova) kabi dilrabo qo‘shiqlari bilan xonanda tinglovchilar qalbiga ma’naviy ozuqa ulashib kelmoqda. Davlat rahbarining estrada san’atini rivojlantirish to‘g‘risidagi Farmoniga asosan « 0‘zbekkonsert» negizida «0‘zbeknavo» gastroi konsert birlashmasi tashkil topdi. Bu tashkilot zimmasiga 0‘zbekiston xaiqlarining musiqiy merosini, zamonaviy musiqa hamda raqs san’atlarini rivojlantirish, eng yaxshi yutuqlarni asrash va targ‘ibot qilish kabi ulkan vazifalar topshirildi. 1995-yildan boshfab har yili «O'zbekiston Vatanim manim» qo‘shiq festivali, 1997- yildan boshlab har ikki yilda Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o‘tkazish, shuningdek, 1999- yili «Sado» respublika professional yangi qo‘shiqlar festivali, 2000-yili bolalar san’at festivallari va har yili «Navro‘z» bayramini nishonlash to‘g‘risida qabul qilingan qarorlar amalda joriy etilmoqda. 0‘zbek estrada san’atini rivojlantirish jarayoniga tamal toshini qo‘ygan, kelgusida yuksak darajaga yetkazgan namoyandalar - Tamaraxonim, Botir Zokirov, Ra’no Sharipova, Yunus To‘rayev, Bahrom Mavlonov, Staxan Rahimov, Farrux Zokirov, Mansur Toshmatov, G‘ulomjon Yoqubov, Kozim Qayumov, Shaxboz Nizomiddinov, Kumush Razzoqova, Nuriddin Haydarov, Nasiba Abdullayeva, Sultonposhsha 0‘dayeva va boshqa estrada xonandalarining boshlagan ishlarini yangi avlod estrada san’atkorlari - Ilhom Farmonov, Ravshan Namozov, Azim Mullaxonov, Muhriddin Xoliqov, G‘iyos Boytoyev, Mavluda Asalxo‘jayeva, Ravshan Komilov, Shahlo Rustamova, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, Toshpo‘lat Matkarimov Tohir Sodiqov, Dilfuza Rahimova, Sevara Nazarxon, Izzatilla Ibrohimov, Dilnoza Ismiyaminovalar xizmat qilmoqdalar. Shular qatorida Rashid Xoliqov rahbarligidagi «Shahzod», Muhammadjon Ro‘zimuxamedov rahbarligidagi «Shofayz», Doniyor Mamedov rahbarligidagi «Bayram»,. Abdulla Shomag‘rupov rahbarligidagi «Nola», Tohir Sodiqov rahbarligidagi «Bolalar», M.Toshmatov tashkil qilgan «Setora» guruhi, Umid Shaxobov rahbarligidagi «Marjon» guruhi, Sevara rahbarligidagi «Sidriz» va «Xo‘ja», «Toj», «Sarbon», «Diyor», «Bunyod», «Safar» kabi estrada guruhlari zamonaviy estrada san’atining taraqqiyotiga munosib hissalarini qo‘shdilar.
Yulduz Usmonova. XX asming 90-yillarida o‘zbek estrada san’ati olamiga xonanda, 0 ‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zining keng nafasi, noyob ovozi va birgina o‘ziga xos ijrochilik yoli bilan kirib keldi. Shuning uchun bo‘lsa kerak uning turli mavzularda ilk bor yaratgan «Mayda-mayda», «Hamroz» kabi qo‘shiqlari bilan shoir I.Jiyanov so‘zlariga bastalagan «Tanhoman», «Nilufar gulim», «Yor bo‘lasizmi», «Ayol» (Sh.Salimova), «Ayol oshiq bo‘lsa» (B.Bobomurod) kabi lirik-dardli qo‘shiqlar bilan birga ijtimoiysiyosiy mavzuda yaratilgan «Hech kimga bermayman seni 0‘zbekiston», « 0‘zingdan qo‘ymasin xalqim», «Xalq bo‘l edim» (Muhammad Yusuf), kompozitor Anor Nazarov musiqasi «Men nechun sevaman 0‘zbekistonni» (Abdulla Oripov) kabi qo'shiqlari xalq orasida keng ommalashdi. 0 ‘zbek estrada san’atining shakllanishida, o‘ziga xos mazmun va mohiyat kasb etishi hamda janr sifatida alohida e’tirof etilishida bir qator kompozitorlarning yaratgan asarlari va ayrim xonandalaming betakror talqini ibratli darajada yosh avlod estrada xonandalari va ijodkorlari uchun namuna bo‘ldi. Jumladan, kompozitor M.Burxonovning E.Vohidov so‘ziga bastalagan “Go'zal diyorim” qo‘shig‘idir, Asami o‘z zamonasining dongdor xonandasi Yunus To‘rayev tomonidan ijro etilgan. Qo‘shlqning o‘ziga xos ohangi, tinglovchini qalban jo‘shqinlikka va shodon ruhiy olamga chorlaydigan xususiyati bilan tinglovchini o‘ziga jalb etadi. Kompozitor M.Burhonovning ajoyib iirik qo‘shiqlari orasida shoir Turob To‘la she’riga bastalangan «Maftuningman» nomli lirik qo‘shiq ilk bor simfonik orkestr jo‘rligida shu nomdagi badiiy kinofilmda traktorchi-xonanda Abdulla Abduraufov (kadr orqasida) ijrosida ijro etildi va xalq e’tirofmi hozirgacha qozonib kelmoqda. Kompozitor Ikrom Akbarov o‘zbek estrada musiqasiga ulkan hissasini qo‘shgan ijodkordir. Uning asarlarida o‘ziga xoslik bilan birga, rosmana o‘zbek milliy estradasining asl qiyofasi mavjudligini e’tirof etish mumkin. «Ra’no» (S.Akbariy), «Mahbubga», «Ketma, Nigor», «Qaydasan», «Gazli» (Turob ToTa), «Yor kel», «Qo‘shchinor» (H.G‘ulom), «Qor yog‘ar» (S.Zunnunova), «Bahor fasli» (B.Zokirov), «Azizim» (0 ‘.Rashid), «Lolazor chorlaydi» (J.Jabborov) kabi qo‘shiqlari shular jumlasidandir. Ayniqsa uning Sakbariy so‘ziga yaratgan «Ra’no» qo‘shig‘i estrada ijrochilarining etalon namunasiga aylangandir. XX asarda G‘arbiy Yevropa va Rossiya estrada san’ati ta’siri ostida 0‘zbekistonda ham azaldan amaliyotda keng ommalashib kelgan ommaviy musiqaning yangi yo‘nalishi, ya’ni estrada san’ati bunyodga keldi, shakilandi, rivojlandi, ommalashdi va ijodiy yutuqlarga erishdi. 0 ‘tgan yillar davomida respublikamizda turlituman havaskorlik va professional yo‘nalishiaridagi estrada guruhlari shakilandi va faoliyat olib bordi. Ayni paytda ulaming yo'nalishlari zamon zayli bilan kengaymoqda. Butun jahon miqyosida keng ommalashgan REP,ROK,JAZ va POP yo‘nalishlarida munosib ijod etayotgan yakka ijrochilar va guruhli ansambllar o ‘z ijodiy yo‘llarini topishga harakat qilmoqdalar. Bu borada yetarlicha yutuqlarni qo‘lga kiritib jahon sahnalarida nufuzli o‘rinlami egallab kelmoqdalar.


Download 59.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling