bob. Zamonaviy boshqaruvda menejer etikasining nazariy asoslari. Menejment etikasining shakllanishi va ahamiyati Menejer etikasining qadriyatlar tizimi
Download 65.85 Kb.
|
diplom ishi
2. Imo-ishora va xatti-harakatlar 0 ‘zini tuta bilish - atrofdagi kishilarga hurmat bildirishning kiyinishda orastalik, muloqotda xushmuomalalik, odobli va andishali bo‘lish kabi usullaridan biridir. 0 ‘zini tuta bilishda odatlarning o‘rni juda katta bo‘lib, ular insonning qadr-qimmati, sha’nini belgilaydi yoki uning eng yaxshi xislatlari yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Ba’zan inson o‘zini notabiiy tutadi va natijada oldingi holatiga ko‘ra ko‘proq narsani yo‘qotadi. 0 ‘zini tabiiy tutish ishbilannon kishining asosiy xislatlaridan biri bo‘lib, o‘zini notabiiy tutish chetdan ko‘proq bilinadi. Imoishora va xatti-harakatlar imidjning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ko‘pincha aynan imo-ishoralar insonning o‘zi xohlamagan holda uning kayfiyatini ko‘rsatib qo‘yadi. Xatti-harakatlar tez va keskin bo'lmasligi kerak. Suhbat vaqtida ko‘zIami uzoq vaqt yerga qadab olish yoki bo‘shashgan holatda o‘tirish yaramaydi. Dam olish soatlarida bo‘shashish mumkin, biroq ish vaqtida rahbar o‘zini tuta bilishi shart. Agarda siz yoshi katta odamlar davrasida boisangiz, o‘zingizni hushyor, kamgap va kamsuqum tuting, muomalada odobli bo‘ling. Yurishingiz tetik boisin. Shu bilan birga, qoMlami keng siltash va katta qadam tashlash ham yarashmaydi. Eng yaxshi odat tik yurish va o‘rtacha tezlikda harakat qilishdir. Stulda o‘tirganda uning chekkasiga o‘tirmaslik, chayqalmaslik hamda unga suyanmaslik kerak. 0 ‘tirayotganda va turayotganda shovqin chiqarmasdan, stulni polda sudramasdan, uni orqa qismini ushlagan holda ohista ko‘tarib siljitish kerak. Oyoqlami tez-tez almashtirish, stulni quchoqlab olish va oyoqni ko‘tarib qo‘yish odobsizlik belgisidir. Bu suhbatni davom ettirishni xohlamaslikning belgisi sifatida qabul qilinishi mumkin. Suhbatlashayotganda oldinga egilmasdan, orqaga o‘zini tashlamasdan to‘g ‘ri o ‘tirish kerak. Ayollar uchun eng qulay yoki mos o ‘tirish holati: ikkala tizza bir joyda bo‘lishi, bitta tovon ikkinchisining oldiga qo‘yilgan yoki yaqin qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Muloqot jarayonida sochni qo‘l bilan to‘g‘rilash yoki boshni qashish zerikish alomati deb qabul qilinadi. Qo'llami ko‘krak oldida bir-birining ustiga qo‘yish noqulay hisoblanmaydi. Biroq bu harakat suhbatdosh tomonidan suhbatni to‘xtatish yoki norozilik alomati sifatida qabul qilinishi ham mumkin. Yelkaning ko‘tarilishi yoki boshni qisib o‘tirish zo‘riqishdan darak berib, gaplashishni xohlamaslik belgisi hisoblanadi. Suhbatdoshni o ‘ziga qaratish yoki uning diqqatini jalb etish uchun boshni bir oz yonga egish kerak. Boshning bir oz egilishi diqqat bilan eshitayotganlikni bildiradi. Suhbat davomida vaqtni cho‘zish uchun atayin qilinayotgandek harakatlardan (sigaret chekish, ko'zoynakni artish) saqlanish kerak. Ular javobdan qochish belgisi bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Agarda ayol kishi mashinaga o ‘tirsa, avval o ‘rindiqqa o ‘tirishi, so‘ngra oyoqlarini kirgizishi kerak. Mashinadan tushayotganda esa avval oyoqlari chiqarishi, so‘ngra o‘zi chiqishi kerak.
Download 65.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling