bob. Zamonaviy boshqaruvda menejer etikasining nazariy asoslari. Menejment etikasining shakllanishi va ahamiyati Menejer etikasining qadriyatlar tizimi
Download 65.85 Kb.
|
diplom ishi
Buyuk Britaniya.
Murojaatlarda: «mister», «miss», «missis». Majlis yoki yig‘inda ;«Xonimlar va janoblar» deb murojaat qilish qabul qilingan. Lekin bunda «Buyuk Britaniya» va «Angliya» so‘zlarini chalkashtirish mumkin emas. t Aniqlik: inglizlar vaqtning qadriga yetishsa-da, lekin hamkorining ‘arzimas kechikishini tushunishadi. ’ Kiyinish: erkaklar klassik uslubdagi kiyimlami afzal ko‘radilar. Ayollar erkin kiyinishadi, lekin axloq chegarasidan chiqmaydilar. Qizlar ham shu qoidaga bo‘ysunadilar. So‘zlashuv taomili: angliyalik ishbilarmonlar vaqtni qadrlaydilar, o‘z hamkorlarini hurmat qilishadi, qaror qabul qilishni ham cho‘zmaydilar, lekin sababsiz shoshilmaydilar. Inglizlar shartnomalarni yaxshi aniqlab va boMajak natijalami bilgandan so‘ng imzolashga harakat qiladilar. Ular o‘z hamkorlariga ishonch bilan qarashadi va ularga ham shunday munosabatda bo‘lganlami hurmat qilishadi. Sovg‘alar: suvenirlami yoqtirishadi. Gul va kitoblarga ham yo‘q demaydilar. Ammo sovg‘alarga juda ehtiyotkorlik bilan qarashadi. Suhbatlarning borishi: Buyuk Britaniyaning tarixi va uning 0 ‘zbekiston bilan aloqasi haqida eslashni yoqtirishadi. Kundalik muammolar haqida suhbatlashishni yoqtirishadi. Lekin siyosiy mavzuga ham qarshilik bildirmaydilar. Takliflar: Inglizlarda shunday maqol bor: «Mening uyim - mening qasrim». Shuning uchun uyga taklif qilishlarini kutmang. Agar sizni o‘z uylariga taklif qilishsa, demak siz ularga yoqdim deb hisoblayvering. Siz ham taklifga javoban ulami zo‘r restoranga taklif qilishingiz mumkin. Polsha Murojaatlarda: «pan» (erkak kishiga nisbatan), «pani» (ayol kishiga nisbatan). Yaxshi tanish bo‘lgan hamkorlarga «sen»lab muomala qilishadi. Siz deganda xafa boMishadi. Aniqlik: ish yuzasidan, rasmiy uchrashuvlarda 5 daqiqadan ortiq kechikishlarni qabul qilishmaydi. Kiyinish: erkaklar kostyum kiyishadi. Ayollar bejirim kiyimlar kiyishni ma’qul ko‘rishadi. Sovg‘alar: agar sizni kechki ovqatga uyga taklif qilishgan bo'lsa, uy bekasi uchun guldasta va bolalar uchun shirinliklar olishni unutmang. Polshada, odatda, tug‘ilgan kunlarini nishonlamaydilar. Suhbatlarning borishi: hamkoringizning ayoli go‘zalligi haqidagi an’anaviy maqtovlar, Polshaning rivojlanish yo‘lidagi yutuqlari haqidagi suhbatlarni yoqtiradilar. Takliflar: Shahar tashqarisidagi restoran, qadimiy qasrlar va muzeylar sizning e’tiboringizga havola qilinadi. Download 65.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling