Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan
Download 1.03 Mb.
|
Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография Мажмуа
3.4.3. O‘chash noaniqligi
Dasturiy ta‘minot va dasturiy jarayonlar haqida miqdoriy ma‘lumotlar to‘plash jarayonida siz bu ma‘lumotlarni mohiyatini tushunish uchun ularni tahlil qilishingiz zarur. Ma‘lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilish va noto‘g‘ri xulosa chiqarish oson hisoblanadi. Siz shunchaki ma‘lumotning o‘ziga qaray olmaysiz, siz ushbu ma‘lumot olingan konteksni ham hisobga olishingiz zarur. Yig‘ilgan ma‘lumotlar har xil talqin qilinishiga oid bo‘lgan misolni ko‘rib chiqamiz. Bunda tizim foydalanuvchilari tomonidan qilingan o‘zgartirish bo‘yicha so‘rovlarning miqdori bilan bog‘liq holar ko‘riladi: Ish boshqaruvchi dasturiy mahsulotning foydalanishga qulayligi va yariqliligi bilan mijozlarning o‘zgartirish bo‘yicha so‘rovlari o‘rtasida bog‘liqlik mavjud deb faraz qilib, ushbu so‘rovlarning miqdorini kuzatishga qaror qiladi. U o‘zgartirish bo‘yicha so‘rovlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, dasturiy ta‘minot foydalanuvchilar talabiga shunchalik javob bermaydi deb o‘ylaydi. So‘rovlarni qayta ishlash va dasturiy ta‘minotni o‘zgartirish qimmatga tushadigan ish hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda tashkilot foydalanuvchilar ehtiyojini qondirsh va o‘zgarishlar narxini pasaytirish maqsadida o‘z ish jarayonini o‘zgartirishga qaror qiladi. Maqsad ushbu ish jarayondagi o‘zgarishlar nisbatan sifatliroq mahsulot va kam miqdordagi o‘zgartirish bo‘yicha so‘rovlarga olib kelishi hisoblanadi. Jarayon o‘zgarishlari dasturiy ta‘minot ishlab chiqilishida mijoz ishtirokini oshirish maqsadida boshlanadi. Barcha mahsulotlarning beta-testlanishi kiritiladi va mijoz so‘rovi sozlamalari yetkaziladigan dasturga kiritiladi. Ushbu o‘zgartirish natijasida hosil bo‘lgan dasturiy mahsulotning yangi versiyasi egasiga yetkaziladi. Ba‘zi hollarda o‘zgartirish bo‘yicha so‘rovlar miqdori qisqartiriladi. Ba‘zi hollarda esa oshiriladi. Ish boshqaruvchi bunday chalkashlikdan keyin mahsulot sifatiga jarayonni o‘zgartirishning ta‘sirini baholash mumkin emas degan xulosaga keladi. Ushbu holatdagi kabi ikki xil fikrlilikni nima uchun paydo bo‘lishini tushunish uchun siz foydalanuvchilarda o‘zgartirish bo‘yicha so‘rovlar paydo bo‘lish sabablarini tushunishingiz zarur: Dasturiy mahsulot yetarlicha yaxshi emas va dastur mijoz xohlagan ishlarni bajarishga imkon bermaydi. Shuning uchun mijozlar o‘zlari uchun zarur funksional imkoniyatlar kiritilishini xohlab o‘zgartirish bo‘yicha so‘rov jo‘natadilar. Boshqa tomondan dasturiy ta‘minot juda yaxshi bo‘lishi mumkin va shuning uchun juda keng qamrovli va ishlatish uchun og‘irlik qilishi mumkin. O‘zgartirish bo‘yicha so‘rovlar dasturdan foydalanuvchilarning ko‘pligi va ularda dasturiy mahsulot bo‘yicha yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishi sababli ham yuzaga kelishi mumkin. Shunday qilib, ish jarayonida mijoz ishtirokining o‘sishi, dasturdan norozi mijozlarning o‘zgartirish bo‘yicha so‘rovlari sonini kamaytirishi mumkin. Jaroyondagi o‘zgarishlarning samarali bo‘lganda dasturiy mahsulot qulayroq va foydalanuvchi uchun mos holatga keladi. Mobodo jarayondagi o‘zgarishlar ish bermasa, mijozlar ham muqobil boshqa tizimni qidirishlari mumkin. O‘zgartirishlar bo‘yicha so‘rovlar miqdori dasturiy mahsulot o‘zining bozordagi o‘rnini boy bergan bo‘lsa, ya‘ni undan kam foydalanilayotgan bo‘lsa ham kamayishi mumkin. Boshqa tomondan ish jarayonidagi o‘zgarishlar ko‘plab mijozlarni hursand qilishi va dastur yaratilish jarayoniga qatnashishni istagan bildirgan yangi mijozlar sonining oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ular o‘zgartirish bo‘yicha so‘rovlarni yuborishadi. Jarayondagi o‘zgarishlar o‘zgartirish so‘rovlarini qayta ishlash natijasida ko‘payishi mumkin. Agar kompaniya mijozlarga ko‘ngilchangroq bo‘lsa, ular o‘zgartirish so‘rovlarini ko‘p jo‘natishlari mumkin, chunki bu so‘rovlar inobatga olishini bilishadi. Ular dasturning keyingi versiyalarida o‘zlarining takliflari hisobga olingan bo‘ladi deb hisoblashadi. Asosiy fikrlar Dastur sifatli boshqarish dastur nuqsonlarini past holatga keltirishni o‘z ichiga oladi va u dastur faoliyatiga, ishonchliligi, kerakli zarur standartlarga ega bo‘ladi. Bu standartlar bilan to‘g'ri keldi deb ta'minlash uchun jarayonlarini va mahsulotlarni shuningdek jarayonlarni tashkil ishlash uchun standartlar aniqlashni o‘z ichiga oladi. Ta'riflar, Dasturiy ta'minot standartlari sifatini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan «Eng yaxshi amaliyotlari" mavjud. U dasturiy ta'minot ishlab chiqish, standartlar sifatli dasturiy ta'minot yaratish uchun mustahkam asos vazifasini bajaradi. Siz tashkiliy va sifatli qo‘llanmada sifat nazorati protseduralari majmuini hujjatlashtirishingiz kerak. Bu bir sifatli qo‘llanma umumiy modeliga asoslangan bo‘lishi mumkin, u ISO 9001 standarti bo‘lishi mumkin. Dasturiy ta'minot jarayoni natijalarini tadqiqotlari sifat standartlari bilan teng bo‘ldi, deb tekshirib hodimlar jamoasi natijani o‘zlariga oladi. Va bu sharx sifatini baholash uchun eng keng tarqalgan usul mavjud. Tekshirish dasturi, yoki tengdoshlari bilan ko‘rib, bir kichik guruh muntazam ravishda kodni tekshiradi. Ular batafsil kodni o‘qish va iloji boricha xatolar va kamchiliklar uchun mas'ul. Topilgan muammolar keyin kodni ko‘rib majlisida muhokama qilinadi. O‘lchash, Dastur yoki dasturiy ta'minot va dasturiy ta'minot jarayoni haqida miqdoriy ma'lumotlarni to‘plash uchun foydalanish mumkin. Biz mahsulot va jarayon sifati haqida xulosa qilish boryapmiz, dasturiy ta'minot ko‘rsatkichlar qiymatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Mahsulot ko‘rsatkichlarida sifati bilan bog'liq muammolar bo‘lishi , bu ayniqsa tabiiy bo‘lmagan komponentlarini ajiratish uchun foydalidir. Ushbu qismlarni keyin batafsil tahlil qilinishi kerak. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling