Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

nam-ho’l-shilta-shalabbo. 
 
Yuqoridagilardan tashqari shartli sinonimlar ham bor. Ma’lum gap yoki matn 
ichidagina vaqtincha sinonim bo’lgan so’zlar shartli sinonimlar deyiladi.Masalan: 
go’zal – oy – gul .
Nega kerak edi shu chiroy, shu o’t 
Shu yoniq yulduzni ko’zga yashirmoq
4-torshiriq: Ushbu baytdagi sinonim so’zlarni aniqlang. 
Aytdi: “Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?” 
Men dedim: “G’urbatda furqat bor ekan taqdirda”.
Antonimlar (zid ma’noli so’zlar). Qarama-qarshi ma’noli so’zlar antonimlar 
deyiladi: oz-ko’p, erta-kech, yaxshi-yomon.So’zlarning o’zaro zid ma’no asosidagi
birligi antonym juftlik deyiladi. Bunda ikki so’z bir xil so’z turkumiga oid bo’ladi: 
kun-tun (ot), oq-qorq (sifat), keldi-ketdi (fe’l), erta-kech (ravish).
Son va olmoshda antonimik hodisa bo’lmaydi. Ko’p ma’noli so’zlar har bir 
ma’nosi bilan ayrim so’zlarga antonym bo’lishi mumkin: qattiq-yumshoq,qattiq- 
saxiy, qattiq-ko’ngilchang.
Bir so’z o’zaro sinonim so’zlar bilan antonimik munosabatda bo’lishi mumkin: 
xafa-shod, xursand, quvnoq, xushnud.
Bir sinonimik qator boshqa sinonimik qator bilan antonym bo’lishi mumkin: 
chiroyli-go’zal-zebo-xushro’y-xunuk-badbashara-tasqara-ta’viya.
Antonimlar tub yoki yasama bo’lishi mumkin: uzun-qisqa (tub), issiq-sovuq, gulli-
begul (yasama), shirin-achchiq(tub-yasama).
Antonimlar 3 xil bo’ladi:
1.Leksik antonimlar: erta-kech.
2.Affiksal antonimlar:obro’li-beobro’.
3.Frazologik antonimlar:qo’y og’zidan cho’p olmagan-yerga ursang ko’kka 
sapchiydi,oq ko’ngil-ichi qora, ko’ngli joyiga tushdi-yuragiga g’ulg’ula tushdi
Agar bir so’z bilan ibora antonim bo’lsa, ular leksik va frazeologik antonimlar 
deyiladi: eski-ohori to’kilmagan.
Shartli antonimlar ma’lum bir matnning o’zida vaqtinchalik antonim bo’lgan 
so’zlardir: Do’st achitib gapirar, dushman kuldirib.
Badiiy adabiyotda zid ma’noli so’zlardan foydalanib tazod she’riy san’ati hosil 
qilinadi: Charxi kajraftorning bir shevasidin dog’man,
Ayshi nodon surib, kulfatni dono tortadur.
Agar antonimlar yonma-yon kelsa, ular orasiga chiziqcha qo’yiladi: urush-
tinchlik.
Eslatma: 1.Fe’llardagi bo’lishli- bo’lishsizlik antonim emas: bordi-bormadi, 
aytdi-aytmadi. 2.Til birliklarining uslubiy xoslanganik qonuniyati sinonimlar va 
antonimlarni o’zaro bog’lab turadi. 
5-torshiriq: Antonim so’zlarning har biriga beilgan so’zlardan sinonimlar toping. 
Yaxshi - yomon, ho’l – quruq, xavfli – xavfsiz, xursand – xafa, toza – iflos. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________


38 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Paronimlar (ohangdosh so’zlar). Faqat bir tovush bilan farqlanuvchi, bir-biriga 
yaqin aytiladigan, ammo ma’nosi boshqa-boshqa so’zlar paronimlar deyiladi:
1)ahl (bir soha odamlari)-ahil (inoq);
2) afzal(a’lo, yaxshi)-abzal(egar-
jabdug’);
3)adl(adolat)-adil(tik qomatli);
4)jodu(sehr)-jodi(o’t qirqadigan 
asbob)
5)nufuz(obro’)-nufus(aholi);
6)xosiyat(xususiyat)-hosiyat(atlas 
turi);
7)har- xar(eshak);
8)tib(meditsina)-tip(toifa);
9)qayd(ta’kid)-qayt(qusish);
10)qism(bo’lak)-qisim(siqim);
11)qurt(hasharot)-qurut(suzma 
qurutilgani);
12)izn(ruxsat)-izm(ixtiyor);
Paronomlap bir so’z turkumi doirasida ham, har xil so’z turkumi doirasida ham 
bo’lishi mumkin. Bir xil so’z turkumi doirasida: tanbur-tambur (vagonning 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling