Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
Mo’yqalam sohiblari-rassomlar, salomatlik posbonlari-shifokorlar, baxtimiz
qomusi-konstitutsiya, o’rmon malikasi –archa, dala malikasi-makkajo’xori, charm qo’lqop ustasi-bokschi, oq oltin-paxta, kumush tola-ipak, oltin boshoq- bug’doy, po’lat ot-traktor, fasllar kelinchagi-bahor, yurt oqsoqoli-prezident, dunyo tomi-Pomir, ko’zimning nuri-farzand, qalbim quyoshi-ona, zangori kema- kombayn, baraka urug’i-chigit, po’lat etak-bunker, suyuq oltin-zaytun moyi. Tasviriy ifodalar deyarli ot so’z turkumi doirasida bo’ladi. Ularda ham omonimlik va sinonimlik hodisalari kuzatiladi. Aql gimnastikasi-matematika, shaxmat, krassvord(omonim), zangori ekran-oinai jahon-televizor(sinonim) 1-topshiriq:Berilgan tasviriy ifodalarning muqobilini toping. Ikki dunyosi________________________________________________________ Yomonliklar kaliti___________________________________________________ Oq ajal____________________________________________________________ Balog’at ostonasidan o’tmagan________________________________________ Taraqqiyot kushandasi_______________________________________________ Jamiyatga tushgan qurtlar____________________________________________ Hayot ko’zgusi______________________________________________________ Adolat qo’rg’oni_____________________________________________________ Barqaror birikmalarga (paremiologiya)quyidagilar kiradi: I.Iboralar.So’zlar uslubiy bo’yoqli yoki bo’yoqsiz bo’ladi. Iboralar esa har doim bo’yoqdor. Ibora o’zi ifodalagan tushuncha bilan so’zga teng, lekin bo’yoqdorligi sababli bu tenglik buziladi. Shuning uchun iborani so’z bilan har doim ham almashtirib bo’laydi. Ibora boshqa tilde aynan muqobilga ega emas. O’zlashma ibora bo’lmaydi. Iboralarni ko’p qo’llash til bilimi va nutqiy salohiyat yuqoriligidan dalolat beradi. Frazeologiya ma’nosi bir so’zga teng keladigan, ko’chma ma’noda qo’llaniluvchi so’z birikmasi yoki gap ibora deyiladi.Iboralardan nutqda tayyor holda ishlatamiz. Frazeologizmlar turg’un (barqaror) birikmalar hisoblanadi. Chunki ularni ajratib bo’lmaydi.Gapda iboralar bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta bo’lak vazifasida keladi.M-n: Tolib aka bu yigitning arpasini xom o’rganini bilib qoldi(nimani?, to’ldiruvchi). iboralarga misollar: pixini yorgan, qulog’i ding bo’lmoq, ko’nglida kiri yo’q, tuyog’ini shiqillatmoq, qildan qiyiq topmoq, qovog’i osilmoq, o’pkasini cho’pga ilgan, almisoqdan qolgan, tulki qiziga to’y berdi. Iboralar ikki xil shaklda bo’ladi: 1. So’z birikmasi shaklida:ko’ngli to’q, ichi qora, ishtahasi karnay. 2. Gap shaklida: yer bilan yakson qilmoq, taqdirga tan bermoq, aqli kirdi, dimog’i chog’ bo’ldi. Eslatma: Gaplardagi birikmalarning erkin birikma yoki ibora ekanligini gapning mazmunidan bilib olamiz. M-n: Shodiyor akaning bozordan avaylab olib kelayotgan tarvuzi qo’ltig’idan tushdi(erkin birikma). Bu xabarni eshitib, Rayimqulning tarvuzi qo’ltig’idan tushdi (ibora). 2-topshiriq:Quyidagi iboralarning ma’nolarini toping va ular ishtirokida gaplar tuzing.Iboralar gapda qaysi gap bo’lagi bo’lib kelganligini aniqlang. 42 Ko’z ko’rib, quloq eshitmagan; nomi ulug’, surpasi quruq; katta boshini kichik qilmoq; dami ichida qolmoq; suvdan quruq chiqmoq. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ II. Maqol va matallar. Maqol – xalq og’zaki ijodi janri, shu bilan birga, til birligi ham. U – ixcham, mazmuniy va ta’sirchanlik ko’lami baland ifoda. Maqollar biror nutq vaziyatiga xos bo’ladi, shuning uchun, ko’pincha,bir-birini inkor etadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling