Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
Yaxshilik qil – umidvor bo’l. – Yaxshilik qil – unut.(Davom ettiring)
III.Hikmatli so’zlar (aforizmlar). Buyuk, taniqli shaxslarning ibratomuz fikrlari hikmatli so’zlar deyiladi. Tilimizning tovlanib turishida shoir uchun ne-ne bitmas- tuganmas xazina bor. (M.Shayxzoda) Leksikografiya Leksikografiya(yunoncha-“so’z yozmoq”)da lug’at va uning turlari o’rganiladi. So’zlarning ma’lum maqsad bilan to’plangan, tartibga solingan shakli lug’at deyiladi. Lug’atlar turli maqsadlarda tuziladi. Shunga ko’ra ular 2 katta guruhga bo’linadi: 1. Ensiklopedik (qomusiy) lug’atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o’z ichiga oladi. 2.Lingvistik (filologik, tilshunoslik) lug’ati ma’lum bir tildagi so’zlarni o’z ichiga oladi. Lingvistik lug’at turlari: 1.Izohli lug’atda so’zlarning ma’nolari izohlanadi. Agar so’z ko’p ma’noli bo’lsa, har bir ma’nosi izohlanadi va shunga misollar beriladi. O’zbek tilining izohli lug’ati 5 tomli bo’lib, 2006-2008-yilda Toshkentda yaratilgan. Bu izohli lug’atda 80 mingdan ziyod so’z va birikmalar izohlanadi. Eslatma. O’zbek tilining dastlabki izohli lug’ati Mahmud Qoshg’ariyning ,,Devonu lug’atit-turk’’ asaridir. 2.Imlo (orfografik) lug’atida so’zlarning to’g’ri yozilishi ko’rsatiladi. Yurtimizda imlo lug’ati bir necha bor nashr qilingan. Eng oxirgisi 2013-yilda chop etilgan imlo lug’atidir. Unda 85 000dan ortiq so’zning yozilishi qayd etilgan. 3.Orfoepik lug’atda so’zning to’g’ri talaffuz qilish qonun-qoidalari o’rganiladi. 1997-yilda U.Usmonova tomonidan yaratilgan. 4.Morfem lug’atda so’zning morfem tuzulishi (o’zak va qo’shichalar)o’rganiladi 1997-yilda A.G’ulomov ,N.Tixonov, R.Qo’ng’urovlar tomonidan tuzilgan. 5. Chappa (ters) lug’atda so’zlar teskari tomondan bo’lgan alifbo tartibiga ko’ra joylashtiriladi. Agar biz bir xil qo’shimchali so’zlarni yig’moqchi bo’lsak, shu lug’atga murojaat qilamiz. 1969-yilda R.Qo’ng’urov, N.Tixonovlar tomonidan tuzilgan va Samarqandda nashr qilingan. 6.O’zlashma so’zlar lug’atida o’zga tillardan kirgan so’zlar izohlanadi. 7. Sinonimlarning izohli lug’atida sinonimlarning ma’nolari izohlanadi 1974-yilda 43 A.Hojiyev tomonidan tuzilgan. 8.Frazeologik lug’atda iboralarning ma’nolari izohalanadi. 1978-yilda Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan. 9.Antonim lug’atda antonim so’zlarning ma’nolari izohlanadi. 1980-yilda Sh.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.Shukurovlar tomonidan tuzilgan. 10. Tarjima lug’atida bir tildagi so’zning 2-tilda qaysi so’zga teng kelishi ko’rsatiladi. 11.Dialektal lug’atda shevaga xos so’zlar izohlanadi. 12. Terminologik lug’atda atamalar izohlanadi. 13.Etimologik lug’atda so’zlarning kelib chiqish tarixi o’rganiladi. Eslatma. Lug’atlarda fe’llar harakat nomining –moq shaklida beriladi. Alisher Navoiyning asarlari bo’yicha F.Fozilov rahbarligida tuzilgan lug’atda 70.000 ga yaqin so’z, P.Shamsiyev, S.Ibrohimovlar tuzgan lug’atda 60000 ga yaqin so’zlar qo’llangani ko’rsatilgan. Agar o’zbek tildagi so’zlarning barchasi to’plansa 100-120 mingdan ortib ketadi. Grammatika Grammatika (yunoncha – ,,o’qish va yozish haqidagi bilim’’) tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, nutqda so’zlarning o’zgarishi, o’zaro birikib, gap hosil qilishi o’rganiladi. Grammatika 2 bo’limdan iborat: 1.Morfologiya. 2.Sintaksis. Grammatik vazifa –so’z birikmasi va gap tarkibidagi so’zlarni bir-biriga bog’lovchi vositalardir.Quyudagilar grammatik vazifa bajara oladi: 1.Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar: daftarga yozdi. 2.Yordamchi so’zlar: o’qish haqida suhbat. 3.Ma’no va ohang: sovuq havo. Sintaktik vazifa gap tarkibidagi so’zlarning bajaradigan vazifasidir. Gap tarkibidagi so’zlar quyidagicha sintaktik vazifa bajaradi: 1.Gap bo’laklari (ega, kesim, to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol). 2.Undalma. 3.Kirish so’z. Demak,mehnat hamisha insonni ulug’laydi. Morfologiya To’plam va tasnif tushunchasi.O’rganish uchun olingan turli narsa, voqea- hodisalar yig’indisi to’plam deyiladi.To’plamni o’xshash va farqli belgilar asosida ichki guruhlarga bo’lish tasnif deyiladi. Morfologiya (yunoncha ,,shakl haqida ta’limot’’) so’zning morfologik turkumlarini,grammatik kategoriyalarni, so’z shakllarini o’rganadi. Morfologiya so’zni grammatik birlik sifatida tekshiradi.Grammatik birlik sifatida so’z grammatik ma’no va grammatik shaklga ega bo’ladi. Grammatik ma’no so’zning u yoki bu turkumga mansubligini ko’rsatuvchi, shuningdek, so’zning ma’lum bir 44 grammatik shakli ifodalaydigan ma’nodir. Grammatik ma’no asosiy xususiyatiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1.Kitob, uy, bola kabi so’zlarning har biriga xos ma’no atash ma’nodir. Ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan ma’no, ya’ni predmetlik ma’nosi grammatik ma’nodir. Xuddi shu umumiy ma’no ularni bir turkumga birlashtiradi. 2.Shu so’zlarning atash ma’nosiga qo’shimcha tarzdagi ma’nolar ham grammatik ma’nodir. Bunday ma’no so’zning maxsus shakllari (lug’aviy va sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar) orqali ifodalanadi: kitobim,uylar, bolacha. Har qanday grammatik ma’no ma’lum grammatik shakl orqali ifodalanadi. Grammatik shakllar boshqa so’zning ma’lum bir grammatik ma’no ifodalovchi ko’rinishidir: Grammatik shakl Grammatik ma’no aytdi zamon qo’shimchasi maktabga kelishik qo’shimchasi ko’kimtir daraja qo’shimchasi kitob__ birlikda, bosh kelishik Grammatik shakllar. Quyidagi so’z turkumlarida grammatik shakllar mavjud: otlarda: son, egalik, kelishik; sifatlarda: daraja; sonlarda: sonning ma’no turini hosil qiluvchi qo’shimchalar; fe’llarda: nisbat, mayl, zamon, bo’lishli- bo’lishsizlik, shaxs-son. So’z turkumlari. So’zlrning so’rog’i va qanday umumlashgan ma’no ifodlashiga ko’ra guruhlarga bo’linishi so’z turkumlari deyiladi. So’z turkumlari ma’no va vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga turlarga bo’linadi. Ular quyidagilar: 1.Mustaqilso’z turkumlari 2. Yordamchi so’z turkumlari 3. Undov so’zlar 4. Taqlid so’zlar 5. Modal so’zlar Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling