Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

dev, aql, xayol, go’zallik, qalb, tuyg’u, maqsad, hayo, baxt, orzu, sevinch, rashk, 
nafrat va hokazo. 
Turdosh otlar birlik shaklda bir turdagi predmetning o’zi yoki to’dasini bildirishiga 
ko’ra 2 xil bo’ladi:
1.Yakka otlar bir narsaning aynan o’zini bildiradi: odam, stol, daraxt, uy.
2.Jamlovchi (to’da) otlar birlik shaklda ham ayrim predmetlarning jamini bildiradi; 
armiya, xalq, to’da, uyur, ko’pchilik, olomon.
Sanalish sanalmasligiga ko’ra otlar 2 xil bo’ladi:
1. Sanaladigan otlar: olma, maktab, kitob, daraxt…
2. Sanalmaydigan otlar: soch, qum, havo, shamol, un, tuz… 
Otning grammatik shakllari 3ta: son, egalik, kelishik.
Eslatma: Otlar nutqda har doim son va kelishik skakllarida bo’ladi: bola – bosh 
kelishikda, birlikda. Egalik shakllari esa otning grammatik shakllanishida har 
doim ham qatnashavermaydi. 
Son shakllari 
Otlarda birlik,ko’plik ma’nolari hamda bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar 
tizimi son shaklini tashkil qiladi.Otlardagi birlikning maxsus ko’rsatkichi 
(qo’shimchasi) yo’q: bahor, ota, guldon. Ko’plik shakli esa –lar qo’shimchasi 
orqali hosil bo’ladi va bu morfologik usul deyiladi: guldonlar. Otning birlik yoki 
ko’plik sonda bo’lishi grammatik son (yoki ko’plik) deyiladi.
Otlarda ko’plik shakli boshqa usullar bilan ham hosil bo’lishi mumkin:
1.Semantik usulda shaklan birlikda bo’lgan otlar ma’no jihatdan ko’plikni 
bildiradi: omma, ozchilik.
2. Leksik usulda bir ot oldidan ko’plik ma’nosini bildiradigan so’z qo’yiladi:ko’p 
odam, bir qancha jurnal.
3. Sintaktik usulda otning oldiga biron raqam qo’yiladi: to’rtta kitob, uchta gul
4.Takroriy so’zlar orqali: etak-etak, qop-qop.
5.Leksik-morfologik usulda ko’plik ham so’z, ham qo’shimcha orqali hosil 
qilinadi: ko’p mashinalar
–lar qo’shimchasi ko’plik ma’nosidan tashqari quyidagi ma’nolarni bildiradi:


48 
-sanalmaydigan otlarga qo’shilsa, ularning xilini, turini, navini bildiradi: yog’lar 
(qo’y, mol)
-mavhum otlarga qo’shilsa, ma’no kuchayadi: tuyg’ular, nafslar;
-doim yakka holda bo’ladigan predmetlarga qo’shilsa, ma’no kuchayadi:boshlar, 
qorinlar. Boshlarim og’ridi.
- juft predmetni bildiradigan otlarga qo’shilsa, ma’no kuchayadi: qo’llar, ko’zlar. 
Ko’zlarimga ishonmayman.
–atoqli otlarga qo’shilib, jamlikni bildiradi: Behruzlar keldi.
–atoqli joy nomlariga qo’shilib kelsa, shu joy va uning atroflari, turli nuqtalariga 
ishora ma’nosini bildiradi: Toshkentlarda o’qigim keladi. Mirzacho’llar obod 
bo’ladi.
–qarindoshlikni bildiruvchi otlarga egalik qo’shimchasidan keyin qo’shilsa, hurmat 
ma’nosini bildiradi: Dadamlar, ayamlar.(Agar ko’plik qo’shimchasi egalik 
qo’shimchasidan oldin qo’shilsa ko’plikni bildiradi: xolalarim, opalarim)
–kinoya ma’nosini bildiradi: O’zlariyam kelibdilarda.
–planeta, yulduz nomlariga ko’plik qo’shimchasi, odatda qo’shilmaydi. Agar ular 
ko’chma ma’noda qo’llansa, ko’plikni olishi mumkin: Zuhrolarga o’xshataman 
yuzingni. Husning oldida oylar xijolat.
–noaniqlikni bildiradi: avvallari bu kitobni o’qiganman.
Yuqoridagi misollardagi –lar qo’shimchasi uslubiy ma’no (ko’plik)deyiladi.
Otlardagi ko’plik qo’shimchsi lug’aviy shakl yasovchilarga kiradi. 
4-topshiriq: -lar qo’shimchasi bilan kelgan otlarning qanday ma’no 
anglatayotganini aniqlang. 
1.Ko’zlarim hali harf tanimas edi, qalam ushlolmasdi hali qo’llarim. Kapalak 
izidan quvib tinmasdan, Yulduzlarni sanar edim tunlari.2.Shavkatlarning kattagina 
uzumzor bog’I bor. 3.dadamlar: - Xo’sh, qalay, bu yerlar oqdimi? Hamma yoq 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling