Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

birlash, ikkilan (fe’l). Ba’zi sonlar hech qanday qo’shimchalarsiz ot vazifasida 
qo’llanishi mumkin: qirq, yigirma, yetti (marosim).
Sonning sintaktik xususiyatlari :
1. Sonlar, ko’pincha, otga bog’lanib aniqlovchi bo’lib keladi: Do’kondan to’rtta 
kitob oldim.
2. Sonlar deyarli o’ziga aniqlovchi olmaydi, ba’zan olishi mumkin: Ustozim semiz 
“4” qo’ydi.
3. Ba’zan son va sifat birgalikda otning aniqlovchisi bo’lib keladi. Bunda birinchi 
son, 
keyin 
sifat 
keladi: 
To’rtta 
qizil 
gul 
sovg’a 
qildim 
.
4. Son kesim vazifasida ham keladi: Hammamizning maqsadimiz bitta.
5.Otlashganda ega, qaratqich aniqlovchi va to’ldiruvchi vazifasida keladi. 
M:Uchalasi suvga ketdi.Mingning xohishi g’olib chiqdi. Birni kessang, o’nni ek.
1-topshiriq: Sonlar ishtirokida gaplar tuzing va ularning gapdagi vazifasini 
aniqlang.
Sonlarning ma’no guruhlari . Sonlar ma’no jihatidan 2 guruhga bo’linadi:
1. Miqdor. 2. Tartib


58 
I. Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko’ra sanoq, dono, jamlovchi
taqsim, chama,kasr sonlarga bo’linadi.
1. Sanoq sonlar narsa buyumning son-sanog’ini bildiradi.M-n: bir, yetti, to’qqiz.
Sanoq sonlar hisob so’zlar bilan birgalikda qo’llanadi: bir ho’plam, ikki 
shingil.Sanoq sonlar otlashish xususiyatiga ega. M-n: O’n to’qqizdan oshmay tur, 
go’zal.
Eslatma: O’zbek tilida faol qo’llaniluvchi 23ta tub son bor: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 
10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 100, ming, million, milliard.
2. Dona sonlar predmetning miqdorini donalab sanaydigan sonlardir. Dona sonlar 
sanoq sonlarga –ta qo’shimchasini qo’shish orqali hosil qilinadi. M-n: besh – beshta
Eslatma: Bir so’ziga –ta qo’shimchasi qo’shilsa, tovush almashinish hodisasi ro’y 
beradi va fonetik yozuv qoidasi bo’yicha yoziladi, ya’ni bir+ta=bitta
-ta qo’shimchasi hisob so’zlar bilan sinonim bo’lishi mumkin: uchta atirgul – uch 
dona atirgul, ikkita talaba – ikki nafar talaba, bitta olma – bir tup olma.
3.Jamlovchi sonlar predmetning miqdorini jamlab ko’rsatadi. Jamlovchi sonlar 
sanoq sonlarga –ov, -ala, -ovlon(eski shakli) qo’shimchalarini qo’shish orqali hosil 
qilinadi:beshala, yettovlon. Jamlovchi sonlarning xususiyatlari:
1) –ov, -ala qo’shimchalari 2dan 10gacha bo’lgan sonlarga qo’shiladi;
2)-ov qo’shimchasi bir soniga qo’shilsa gumon olmoshi hosil bo’ladi: birov;
3) –ala qo’shimchasi ko’proq 2dan 5gacha, kamroq 6,7 sonlariga qo’shiladi: uchala, 
ikkala;
4) ikki, olti, yeti sonlariga –ov, -ala, -ovlon qo’shimchalari qo’shilsa, tovush 
tushadi: ikkov, oltala,yettovlon
5) –ov qo’shimchasini olgan jamlovchi son asosan egalik qo’shimchasini qabul 
qiladi va otlashadi: Beshovimiz ham bordik. Ikkilasini ham uchratdik.
Eslatma: -ov qo’shimchasini olgan jamlovchi sonlar I shaxs birlik egalik 
qo’shimchasini olmaydi.
6) –ovlon qo’shimchasi juda kam ishlatiladi: to’rtovlon;
7) –ala qo’shimchasini olgan sonlar ham otlashadi: Ikkalasi ham birga ishlaydi.
4. Taqsim sonlar predmet miqdorini taqsimlab ifodalaydi. Tilimizdagi barcha 
sonlarga –tadan qo’shimchasini qo’shib taqsim son hosil qilamiz: Dugonalarim 
bilan to’rttadan kitob oldik.
Eslatma: Taqsim sonlar hech qachon otlashmaydi va hisob so’zlar bilan birga 
qo’llanmaydi.
Taqsim sonlar sonning ayrim turlarini takrorlashdan ham hosil bo’lishi mumkin: 
Bolalarga ikkita-ikkita daftar berildi – Bolalarga ikkitadan daftar berildi.
5.Chama sonlar predmetning taxminiy miqdorini ifodalaydi.Chama sonlar son 
asosiga –tacha, -larcha, -lab, -lar qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling