Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

ish boshlandi.
2. Biror so’zni boshqarib keladi: Ustoz tez-tez gapirdi.
3. O’timli, o’timsiz bo’ladi.
4. Fe’lga xos grammatik shakllarga, vazifadosh shakllarga ega bo’ladi: aytganman 
– o’tgan zamon, aniq nisbat, bo’lishli, xabar mayli, I shaxs birlik.
Yordamchi fe’llar. Mustaqil atash ma’no bildirmaydi, ularning quyidagi turlari 
bor:
1. So’z yasash uchun xizmat qiluvchi va bog’lama vazifasini bajaruvchi yordamchi 
fe’llar: bunyod etdi, javob berdi, sayr qildi.
2.Fe’llarga birikib, turli qo’shimcha ma’no yuklovchi yordamchi fe’llar: yozib 
qo’ydi, aytib berdi.
3. To’liqsiz fe’llar: edi, emish, emas, ekan.
Ko’makchi fe’lli so’z qo’silmasi
Nutqimizda fe’l+fe’l tarzidagi birliklar ham bor. Bunda 1-fe’l mustaqil ma’no 
anglatib, yetakchi fe’l ; 2-fe’l unga qo’shimcha ma’no yuklab ko’makchi fe’l 
hisoblanadi. Yetakchi va ko’makchi fe’lng birikuvidan ko’makchi fe’lli so’z 
qo’shilmasi(harakat tarzi shakllari) paydo bo’ladi.M:
o’qib chiqdi
o’qib boshladi
o’qib bo’ldi = o’qidi
o’qib tugatdi
o’qib o’tiribdi
o’qib yotibdi
Nutqimizda fe’l+fe’l tarzida qo’shma fe’llar ham uchraydi. Ularni ko’makchi 
fe’lli so’z qo’shilmasidan farqlash lozim. Qo’shma fe’llarda ikkita harakat,
ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasida esa bitta harakat bo’ladi. M: sotib olmoq 
(qo’shma fe’l)va sotib yubormoq (ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi). Buni 
quyidagicha aniqlash mumkin. M: Akam gul sotib oldiAkam gul sotdi. (Gapning 
mazmuni o’zgargan. Demak, qo’shma fe’l). Akam gulni sotib yubordiAkam gulni 
sotdi. (Gapning mazmuni o’zgarmadi, demak, ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi)
Eslatma: O’zbek tilida faqat ko’makchi bo’lib keladigan fe’llar yo’q.
Ko’makchi fe’l yetakchi fe’lga ravishdoshning –b,-ib va –y, -a qo’shimchalari 
yordamida birikadi. O’zbek tilida harakat tarzi shakllarida ba’zan ko’makchi fe’l 
birdan ortiq bo’lishi mumkin. Bunday holda ham har bir ko’makchi fe’l o’zidan 
oldingi fe’l bilan ravishdosh qo’shimchalari orqali birikadi: aytib berib tura qol.
Bunda yetakchi fe’lga avval -b, -ib qo’shimchali ko’makchi fe’l , keyin esa -y, -a 


69 
qo’shimchali ko’makchi fe’l qo’shiladi. Birdan ortiq ko’makchi fe’l qatnashgan 
shaklda har bir ko’makchi fe’l o’z ma’nosi bilan qatnashadi. Agar biror ko’makchi 
fe’l tushirilsa, unga xos ma’no ham yo’qoladi: aytib berib tura qol – aytib barib 
tur – aytib ber.
Agar yetakchi fe’llar uyushiq bo’lak vazifasida kelsa, ko’makchi fe’l uyushiq 
bo’laklarning oxirgisi bilan qo’llaniladi: u yozib, chizib, o’qib bo’ldi.
Eslatma. Yetakchi fe’l qo’shma fe’l shaklida bo’lishi mumkin: mutolaa qilib 
chiqdi, dod solib yubordi, taklif qilib ketdi.
Ba’zan yetakchi fe’l juft yoki takroriy shaklda bo’lishi mumkin: yelib-yugurib 
qoldi (juft), aytib-aytib qo’ydi (takroriy).
Eslatma. Harakatning bosqichlarini (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi) 
bildiradigan ko’makchi fe’llar: boshlamoq, yotmoq, yurmoq, turmoq, chiqmoq, 
bo’lmoq.
Harakatning tarzini (tezligi, imkonyati) bildiradigan ko’makchi fe’llar: olmoq, 
yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq.
Ko’makchi fe’llarning ma’nolari:
1. Harakatning boshlanishi: boshlamoq – aytib boshlamq.
2. Harakatning davomiyligi: yotmoq, yurmoq, turmoq – yozib yotibdi(yuribdi, 
turibdi).
3. Harakatni bajarishga imkoniyat: olmoq – tera olmoq.
4. Harakatning tez va oson bajarilishi: yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq – o’qib 
yubormoq.
5. Harakatning to’la yakunlanganligi: chiqmoq – sotib chiqmoq.
Nisbat va bo’lishli-bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’lga ham, ko’makchi fe’lga 
ham qo’shilishi mumkin. M: o’qib bo’lindi – o’qilib bo’ldi (nisbat), aytib 
qo’ymadi – aytmay qo’ydi (bo’lishli-bo’lishsizlik).
Zamon, shaxs-son qo’shimchalari, fe’lning vazifa shakllari ko’makchi fe’lga 
qo’shiladi. M: aytib qo’ydi, ayitib qo’yding, aytib qo’yish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling