Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

bezori kishi ma’naviy nogiron degan so’z. Unga hech kishining ko’zi uchib turgani 
yo’q. O’zi uchun, qorni uchun yashab, nafs gadosi bo’lib yurganlar jamiyat uchun 
ortiqcha odamlardir.Bunday nusxalarning bor-yo’qligidan hech kimga hech 
qanday foyda yoki zarar yo’q. 
Komil inson esa hammasining joni.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
_________________________________________________________________ 
Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari 4 xil: 
1. Sodda olmoshlar: bu, sen, bari, ana.
Eslatma: 7-sinf darsligida kimdir, qaysidir, allakim, allaqanday kabi olmoshlar 
sodda yasama olmosh deb berilgan.
2. Qo’shma olmoshlar: mana bu, ana shu, har qaysi, hech narsa.  Ko’rsatish, 
belgilash, bo’lishsizlik va gumon olmoshlari qo’shma olmosh holida uchraydi.
3. Juft olmoshlar: sen-men, u-bu. Kishilik va ko’rsatish olmoshlari juft holda 
uchraydi.
4. Takroriy olmoshlar: uncha-muncha, shu-shu, o’sha-o’sha, nima-nima, hamma-
hamma,o’z-o’zi. Ko’rsatish, so’roq, o’zlik va belgilash olmoshlari takrorlanib 
ishlatiladi. Ba’zi olmoshlar takrorlanib, boshqa turkumga o’tib ketishi ham 
mumkin: o’z-o’zidan, o’sha-o’sha, shu-shu (ravish), manman (sifat)
Eslatma: Ba’zan boshqa so’z turkumlarining ma’nolari o’zgarib, olmoshga 
yaqinlashishi mumkin. M: Odamning ketgisi kelmaydi. (men, ot) Biri rasm 
chizadi, boshqalari kitob o’qiydi.(ba’zilari,son, sifat)  


67 
Fe’l 
Harakat va holat ma’nosini ifodalab, nima qildi?, nima qilmoqchi?, nima 
qilyapti? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi so’z turkumiga fe’l deyiladi. M: Talaba 
o’qidi (nima qildi?). 
I. Fe’lning morfologik xususiystlari: 
1.Fe’llar yasaladi: ikki-lan=ikkilan, ko’k-ar=ko’kar. 
2.Fe’l o’ziga xos munosabat shakllariga ega: ko’rdim , boray. 
3.Fe’lning nisbat, bo’lishli-bo’lishsizlik, sifatdosh, harakat nomi, ravishdosh 
shakllari bor. 
4.Fe’llarda o’timli-o’timsizlik bor. 
5.Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi mavjud. 
II. Fe’llarning sintaktik xususiyati: 
1.Kesim: Shu kuni ohang tug’ildi.
2.Ega: Bilgan topib gapirar.
3. Aniqlovchi: a)sifatlovchi aniqlovchi:Boshqaar qalbiga yaxshilik urug’ini ekkan 
odam chinakam insondir. 
b) qaratqich aniqlovchi:Bolani erkalashning uning tarbiyasiga qanday ta’siri bor? 
4.To’ldiruvchi:a)vositali:Xalqning sha’niga,ming yillar davomida to’plagan obro’-
e’tiboriga dog’ tushirishga hech kimning haqqi yo’q. 
b)vositasiz: Xalqing senga xayrixoh bo’lishini istasang, avval o’zing xalqqa 
xayrixoh bo’l.
5.Hol: Gapni bilib gapirish kerak.
1-topshiriq:Fe’llar ishtirokida gaplar tuzing va ularning gapdagi vazifasini 
aniqlang. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Fe’l qanday harakat holatni ifodalashiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi:
1. Yumush fe’llari: ishladi, ter to’kdi.
2. Tafakkur fe’llari: o’ylaydi, o’qidi, kashf qildi.
3. Sezgi fe’llari: sezdi, his qildi.
4. Ruhiy holat fe’llari: kuldi, xursand bo’ldi, qayg’urdi, iztirob chekdi.
5. Nutqiy fe’llar: gapirdi, ifoda qildi.
6. Ishora fe’llari: labini burdi, ko’zini qisdi.
7. Jismoniy holat fe’llari; og’ridi, istima qildi.
8. Tabiiy holat fe’llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi.
9. Ko’rish fe’llari: termuldi, boqdi.
Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra 2 xul:
1. Harakat fe’llari: yugurdi, yasadi,chopdi, yozdi.
2. Holat fe’llari:qizardi, gulladi, bo’zardi, sarg’aydi.


68 
F’ellarning ma’no guruhlari:
1. Nutqiy faoliyat fe’llari: yalinmoq, vaysamq.
2. Aqliy faoliyat fe’llari: fahmladi, fikrladi.
3. Jismoniy faoliyat fe’llari: chizmoq, qimirlamoq.
4. Holat fe’llari: semirmoq, isimq.
Fe’llar leksik-grammatik xususiyatiga ko’ra 2 xil bo’ladi: mustaqil va yordamchi.
Mustaqil fe’llar quyidagi xususiyatga ega:
1. Atash (leksik) ma’no bildiradi, gapda biror bo’lak vazifasida keladi: Dalalarda 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling