Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
bilardi. 3.Olim musobaqada g’olib chiqdi. Bu hammamizni quvontiri.
2-topshiriq: Olmoshlardan foydalanib gaplarni davom ettiring. 1.Ko’chadan o’tayotgan sariq mashina hammaning e’tiborini tortdi. _____________________________________________________________ 2.Ona o’g’lining kitob o’qishidan juda xursand bo’ldi. ______________________________________________________________ 3.Qiz bo’layotgan voqealardan uyalib engashib oldi. ______________________________________________________________ Olmoshlarning morfologik xususiyatlari: 1. Olmoshlar yasalmaydi, lekin yasalish uchun asos bo’ladi: - lik: manmanlik, butunlik, o’zlik(ot); - sira: sensira, sizsira (fe’l); - si: mensi (fe’l); - bop: menbop, senbop, bizbop, sizbop (sifat); - cha: o’zicha (ravish); - la: sizla (fe’l); - day, -dek: menday, sizdek (ravish). 2.Olmoshlar otlarga xos kelishik qo’shimchalarini oladi, lekin ularda belgili qo’llaniladi. Eslatma: Ba’zan o’zlik va so’roq olmoshlarida belgisiz ishlatilishi mumkin. M: Hamma o’z(ning) tashvishi bilan band. Do’kondan nima(ni) olding. 3.Olmoshlarga kelishik qo’shimchalari qo’shilganda tovush tushishi va tovush 63 ortish hodisalari uchraydi. M: men+ni=meni, u+ga=unga Olmoshlarning sintaktik xususiyatlari. Olmoshlar gapda barcha bo’lak vazifasida kela oladi. M: Shunisi qiziqki, mening hech narsadan xabarim yo’q. Bizning talabimiz – shu. 3-topshiriq: Olmoshlar ishtirokida gaplar tuzing. Ularning gapdagi vazifasini aniqlang. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Olmoshlarning ma’no turlari: 1. Kishilik. 2. Ko’rsatish. 3.So’roq. 4.O’zlik. 5. Belgilash(birgalik-ajratish). 6. Bo’lishsizlik 7.Gumon I. Kishilik olmoshlari. Uch shaxsdan biriga tegishli olmoshlar kishilik olmoshlaridir: men, sen, u, biz, siz, ular. Nutq jarayonida ular quyidagicha guruhlanadi: 1) so’zlovchi I. men, biz 2) tinglovchi II. sen, siz 3) o’zga III. u, ular Kishilik olmoshlari egalik qo’shimchalarini olmaydi. Ba’zan 3-shaxs olmoshi otlashib, egalikni olishi mumkin: unisi . Kelishik qo’shimchalarini oladi va tovush tushishi va tovush ortishi hodisalari yuzaga keladi: se(n)ni, unda . Men olmoshi ko’plikni olmaydi. Sen olmoshi ko’plikni olsa, hurmatsizlik, mensimay qarash ma’nolarini bildiradi: senlar Kishilik olmoshining qo’llanilishi. Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida ham qo’llaniladi. Biz birlik ma’nosida qo’llanganda kamtarlik, bajargan ishida o’zini ta’kidlamaslik yoki biroz maqtanish, o’zini ko’rsatish ma’nolarini anglatadi: Mening uyim – Bizning uyimiz (kamtarlik), Bu uy kimninki? Bizniki-da! (maqtanish). Siz, ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini ham bildiradi. Sen kelding o’rniga Siz keldingiz . U gapirdi o’rniga Ular gapirdilar. Siz olmoshi ko’plikni bildirishi uchun unga –lar qo’shimchasi qo’shiladi. Sizlarga baxt tilayman (ko’plik). Sizga baxt tilayman (birlik). Bunday asoslarda, monologlarda shaxs ko’chishi ham uchraydi: Hayajonlanma, …! (I shaxs o’rnida II shaxs ishlatiladi). Eslatma. II shaxs kishilik olmoshlari badiiy asarlarda jonli va jonsiz narsalarga ham ishlatiladi: Vatan, sen bunchalar ko’rkamsan. Eslatma. Nutqimizda men kishilik olmoshi o’rnida kamina, kaminayi kamtarin, Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling