Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

fe’lga ham qo’shilsa: o’qimay qo’ymadi (bo’lishlilik).
Eslatma: 1.Ritorik so’roq gaplarda bo’lishli shakli bo’lishsizlikni (Guli yo’q 
bog’ni bog’ deb bo’ladimi? –bo’lmaydi.), bo’lishsiz shakl esa bo’lishlilikni (Onani 
kim e’zozlamaydi? –hamma e’zozlaydi) ifodalashi mumkin. 2. Bo’lishli – 
bo’lishsizlik antonim emas.
Fe’lning munosabat shakllari. F’elning mayl, zamon, shxs-son qo’shimchalari 
fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi. Bu shakllarga ega bo’lgan har qanday 
fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Yuqoridagi ma’no va shakllardan xoli bo’lgan 
fe’l asosi fe’lning noaniq shakli hisoblanadi va bu shakl –moq qo’shimchasi 
yordamida ifodalanadi. Fe’l asoslariga qo’shilib, gapda kesim vazifasida 
qo’llanilishiga xoslovchi shakllari fe’lning munosabat shakllari deyiladi.
Fe’l mayllari. Fe’l ifodalagan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart, 
maqsad ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari mayl shakllaridir. So’zlovchining 
fe’ldan anglashilgan harakat-holatiga munosabatini bildirgan(ya’ni shaxsning 
harakat-holatga munosabati) fe’l shakllariga mayl shakllari deyiladi. Fe’l mayllari 
4 xil:
1. Xabar (ijro) mayli.
2. Buyruq-istak mayli.
3. Shart mayli.
4. Maqsad mayli.(6-sinf ona-tili darsligida maqsad mayli berilmagan.)
I.Xabar mayli. Harakat-holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi xabar , 
darakni bildiruuvchi fe’l shakli xabar maylidir. M: Ko’rdim. Do’stimni ko’rdim. 
Kecha yangi kino ko’rdim.
II.Buyruq-istak mayli. Harakat va holatni bajarish yoki bajarilmaslik haqidagi 
buyruq, istak, iltimos, maslahat ma’nolarini bildirgan fe’l shakli buyruq-istak 
mayli shaklidir. Qo’shimchalari: -(a)y,-(a)yin, -(a)ylik, -gin, -(i)ngiz, -sin, -sinlar.
Buyruq-istak maylining tuslanishi:
I. –y, -ay: o’qiy, boray (borayin) I. -ylik, -aylik: o’qiylik, boraylik
II. –gin: borgin, o’qigin II. –ngiz, ingiz: o’qingiz, boringiz
III.-sin: borsin, o’qisin III. –sinlar: borsinlar, o’qisinlar
Eslatma:1. Hurmat ma’nosini bildirgan buyruq-istak maylidagi fe’llarning II shaxs 
birligi –ng, -ing qo’shimchasini qo’shish bilan hosil bo’ladi. M: Opa, 


74 
daftaringizga yozing. 2. Fe’llarning 
zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi buyruq-istak maylini ifodalaydi: kel, 
ayt. Buyruq-istak mayli qo’shimchalarining har birining o’z ma’nosi bor:
- I shaxs istak-xiohishn, iltimosni bildiradi: Men boray. Ba’zan fe’lning ma’nosini 
kuchaytirish uchun –in qo’shimchasi qo’shiladi. M: o’qiyin, borayin.
– II shaxs sof buyruq, istak, iltimos, maslahatni bildiradi: Sen o’qigin.
– III shaxs buyruqni bildiradi: O’qisin.
III. Shart mayli. Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi 
uchun shart bo’lgan harakat va holatni, istak-xohishni bildirgan fe’l shakli shart 
mayli deyiladi. Qo’shimchasi: -sa. M: Jahl kelsa, aql ketadi.
Shart mayli edi, ekan kabi to’liqsiz fe’llar bilan kelganda orzu-istak ma’nosini 
bildiradi: Yomg’ir tezroq tinsa edi.
Eslatma: –sa edi ba’zan saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: Odam 
kamtarlikni odat qilsaydi.
Shart mayli kerak so’zi bilan kelganda taxmin-gumon ma’nosini bildiradi: U ko’z 
yoshi to’kib ariq qazisa kerak. Ba’zan -gan bilan yasalgan sifatdoshning o’rin-payt 
kelishigidagi shakli ham shart mayli ma’nosini bildiradi. M: Akam kelganda, 
Toshkentga borardik.
Shart maylidagi fe’llarning tuslanishi:
I yozsam I borsak
II borsang II borsangiz
III borsa III borsalar
Eslatma: –sa qo’shimchasi fe’lda so’z yasovchi, nisbat, bo’lishsizlik
qo’shimchasi bo’lsa, shu qo’shimchadan keyin keladi: tezlashsa, o’qittirsa, 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling